Grow'n'Roll
354 subscribers
3 photos
6 videos
1 file
23 links
@yuridikyordamxizmati_bot - bepul yuridik yordam oling.
—————————
Kanal yuridik yordam, marketing, IT va shaxsiy rivojlanish haqida.
Download Telegram
Don't limit yourself

Garri Gudini dunyoga mashhur "sehrgar" sifatida tanilgan. Garri o'z ishiga shunchalik usta ediki, u ocholmagan qafas, u chuv tushurolmagan odam yo'q edi. Bir kuni u qamoqxonalardan biriga eng kuchli himoyalangan qafasdan ham bir soat ichida chiqib keta olishini aytib, ularni "challange"ga chorlaydi.

Bu voqeaga ko'pchilik qiziqish bildirgach, uni qamoqxonadagi qafaslardan biriga joylashtirishadi. Qafasga ishonch bilan kirib kelgan hamda yolg'iz qolgan Gudini kamariga yashirgan qayishqoq temir sim bilan eshikni ochishga harakatni boshlaydi.

Yarim soat o'tdi, bir soat o'tdi, ammo eshik ochilmayatgan edi. Gudinining qafasga kirgan vaqtdagi ishonchi yo'qolib borayotgandi. Eshikni ocha olmagach, taslim bo'lib eshikka suyanib yiqiladi. Ammo shu vaqt qafas eshigi ochilib ketadi, chunki qafas avval boshidan qulflanmagan edi...

Ammo Gudinining hayolida bu eshik yaxshi himoyalangan, zamonasining eng kuchli qulfsoz ustalari tomonidan yasalgan eshik edi. Gudinining hayolidagina shunday edi...

@grownroll
Noyob kombinatsiya

Eng zo’r odamlar bular — zo’r xarakter + zo’r qobiliyat egalari.

Zo’r xarakter — to’g’riso’zlik, shaffoflik va qilayotgan ishiga befarq bo’lmaslik.

Zo’r qobiliyat — Ishini tushunish va uni yaxshi bajara olish. Doim o’rganishga intilish.

Ikkalovidan biri bo’lmasa bu odam tashkilot uchun xavfli bo’lib qoladi.

Zo’r qobiliyat bo’lsa lekin xarakter yomon bo’lsa — doimiy konfliktlar, mensimaslik, orqadan gapirish ko’payadi.

Xarakteri yaxshi lekin qobiliyati yomon odamni esa, ishini bajara olmasa ham bo’shatish qiyin. Xarakteri yaxshi sababli hammaga yoqadi. Lekin zarari o’ziga va ishlayotgan joyiga ham tegayapti. Qobiliyatlilarni hafsalasini tushirayapti.

Ikkalovi ham bor bo’lgan odamlar noyob odamlar. Ularni qadrlash kerak. Shunday odam bo’lishga intilish kerak.

(c) Aziz Rakhimov

@grownroll
Har qanday loyihani rivojlantirsa bo'ladi. Buning uchun 2 ta narsa yetarli:
Yaxshi jamoa va yaxshi marketing

Bunda pul 2-darajali masala, chunki pul bo'lsa ham yaxshi marketing bo'lmasa, natija 0 ga teng. Yaxshi marketing bo'lsa ham yaxshi jamoa bo'lmasa natija yana 0 ga teng. Chunki marketing orqali olib kelingan auditoriya yaxshi jamoa boshqara olmasa, bu auditoriyadan tez orada mahrum bo'lasiz. Yaxshi pul bilan esa, doim ham yaxshi marketing olib borib bo'lmaydi. O'ylab ko'ring.

@grownroll
Bizdagi asosiy muammo, vaqtimiz ko'p deya o'ylashimizdir. Hayotimizni xuddiki boqiy yashaydigandek o'tkazamiz. Bu gapdan keyin, yo'q men vaqt qadrini bilaman, vaqtni behuda sarflamayman deya reaksiya bildirishingiz mumkin. Lekin ongosti esa odatdagiday ishlashda davom etadi. Chunki sizning hozirgi fikringiz reaksiyaga asoslangan bo'lsa, ongosti odatga asoslanadi. Hayotingizni esa odatlar o'zgartiradi. O'ylab ko'ring.

@grownroll
Motivatsiya 2 xil bo'ladi - tashqi va ichki. Tashqi motivatsiya qisqa muddat davom etadi va ko'pchlik buni uzaytirish yo'llarini qidiradi. To'g'rida, 5 daqiqada "supermen" bo'lib qolsang, bu uzoq davom etsa, hamma ishlaringni bitirib olarding. 😏

Ichki motivatsiya esa, nega? degan savolni berishdan boshlanadi. Nega bu ishni boshlading? Nega tugatyapsan? Nega hayotingni shunchaki yashab o'tyapsan? Axir hayot tug'ilishdan o'lishgacha shunchaki tirik bo'lib yashash emas, balki shu vaqt orasida yonib, rivojlanib, jamiyatga foydasi tegib yashash emasmi? O'ylab ko'r.

@grownroll
Yo'nalish

1, 2 yoki 3 yoshli bolada qaysidir xislatni ko'rsak - masalan, qo'lni qattiq qisishi, o'zini kattalarday tutishi, jiddiyligi, ko'zidagi shijoat va hk, bu bola katta bo'lsa Prezident bo'ladi, zo'r bokschi, zo'r biznesmen bo'ladi degan fikrlarni aytamiz. Chunki umid hali bor, bola yosh, hayot oldinda. Lekin 10, 20, 30 yildan keyin u bola rostdan ham Prezident, zo'r bokschi yoki zo'r tadbirkor bo'ladimi? Agar shunday bo'lganda hozir zo'r tadbirkor yoki bokschilar sanoqli bo'lmasdi.

Ho'p, boshida qilingan yaxshi niyat yoki prognoz nega o'xshamaydi? Chunki biz bolaga umid berib, uni yana tortib olishga o'rganganmiz. Bola miyasi yoshlikdan shakllanib borar ekan, uni o'z chegaralarimiz bilan belgilashga harakat qilamiz. O'zimiz yoki atrofdagilarimiz qaysidir ishni eplolmasa, bolalarimiz uchun ham "hukm" chiqaramiz. Shu yo'sinda bolani mentalitetning salbiy bog'lamlari bilan o'rab tashlashni boshlaymiz. Yana bir kun kelib nimadir xato ish qilib qo'ysa, ko'p hollarda bolani ayblaymiz. Nihol egri o'ssa, nihol aybdormi yoki bog'bon?

Qisqichbaqa nazariyasi bor. Unga ko'ra, chelakka solingan bitta qisqichbaqa chelakdan qutilib chiqishga harakat qilar ekan va uddalar ekan. Ammo, bir qancha qisqichbaqa bir vaqtda solinsa, hech biri joyidan siljimas ekan. Nega? Chunki biri chiqmoqchi bo'lsa, boshqalari chiqib ketishga yo'l qo'ymas ekan. Chelak = mentalitet. Qisqichbaqalar = xalq.

Xulosa shu - farzand tarbiyasida mahkam turing, uni o'ziga ishonch bilan o'stiring, har doim qo'llab-quvvatlab, uni aqlan, ruhan, jismonan rivojlantirishga harakat qiling. Asosiysi, jamiyatdagi ko'zga ko'rinmas arqonlar bilan uni bog'lab tashlamang. Kutilgan natijani albatta ko'rasiz.

"Qirol Richard" filmini ko'rgandim (Tavsiya qilaman). Olgan insight'larimni bo'lishdim.

P.S.: Zamon mentalitetga nisbatan tez o'zgarayotgan vaqtda yashapmiz, moslashmasak yutqazamiz. Nostandart qarorlar qiling.

Bo'lishing/a'zo bo'ling: 👉 @grownroll
Kichik eksperiment

Oxirgi vaqtlar bir eksperiment o'tkazdim. Shunchaki Instagramda ko'proq vaqt o'tkazdim, YouTube'da esa shou-biznesga aloqador intervyularni va har xil saviyasiz videolarni ko'ra boshladim. Natija kutganimday bo'ldi - oxirida ishga, o'qishga qiziqish so'nib qoldi, vaqtimni ko'proq bekor o'tkazishga o'rganib qoldim. Eng qizig'i, boshida shunaqa bo'lishini bilardim, lekin shu holatgacha kelganimdan bexabar qoldim. Sababi, miya allaqachon bunaqa hayot tarziga moslashib qolganligini tushundim. Moslashish shunchalik sekin amalga oshdiki, A holatdan B holatga o'zgarganimni sezmay qoldim.

Endi o'ylab ko'r, hozirgacha qanchadan-qancha insonlar vaqtini shunaqa behudaga o'tkazyapti ("Luiza Rasulova sharmanda bo'ldi" nomli clickbait videolar bekorga millionlab "просмотр" olmayatgandir), illuziyaga tushib qolganini his qilmayapti. Yana hayotlaridan nolib qo'yishadi. Yerga yopishib qolgan orqasini ko'tarmagunicha HECH NARSA O'ZGARMASLIGINI tushunishmaydi!

Muvaffaqiyat formulasi har kimda har xil bo'lishi mumkin, ammo umumiy jihati bor - kerakli va keraksiz narsani ajrata olish.
Muvaffaqiyatga kuzatilayotgan kontentning o'rni yetarlicha katta degan fikrimni tasdiqladim.

@grownroll
"Hech narsa o'qimaydigan inson, faqat gazeta o'qiydigan insondan yaxshiroq."
- Tomas Jefferson

XVII asr. Birinchi gazeta chop etilgandan buyon ko'p vaqt o'tdi. Yangiliklar e'lon qilib borishda asosiy vosita bo'lgan gazetalar, yaqin yillarda o'z o'rnini internetga bo'shatib berdi. Lekin bir narsa doim insonlarni "ahmoq" qilib keladi - yolg'on xabarlar. Mana 4 asr bo'ldiki, haligacha insonda yolg'on xabardan immunitet paydo bo'lgani yo'q. Hozirgacha ko'pchiligimiz tasdiqlanmagan, shov-shuv uchun chop etilgan yolg'on ma'lumotlarga berilib xulosa chiqarishga odatlanib qolganmiz. Yolg'on xabarlar bir ikki kishi ichida bo'lsa, katta ahamiyatga ega emasdir, ammo bir xalq miqyosida bo'lsa, tanazzulga olib kelishi mumkin. Hozirgi zamon bizdan xabarlarga e'tiborli bo'lishni, shoshib, yuzaki xulosa qilmaslikni, rasmiy manbalarga ishonishni talab qiladi.

@grownroll
Forwarded from Allaev Uz
Тошкентда бирор жойни арендага олмоқчи бўлсангиз, доим келиб кўриб кетган битта ока бор. Ўша ока кимлиги манга қизиқ. Ўн беш йил олдин квартира қидирганимда ҳам ўша ока кўриб кетгандилар, бугун китоб дўконга жой қидирганимда ҳам битта ока кўриб кетганликлари, тезроқ қароримни айтишим кераклигини айтишди.
Ман ҳам борича жавоб бердим: -Хавотир олманг, у битта ока ўн беш йилдан бери жой танлаёлмаяптилар.

Битта ока, етар, бас! Балки мани таъқиб қилишни тўхтатарсиз.


@allaevuzb
Qo'rquv?

Qo'rquvga sabab, ayni qo'rqayotgan narsangizga tayyor emasligingizda. Qo'rquvni yengishni xohlaysizmi? Juda oson - qo'rqayotgan narsangiz ustida ishlang, zaif tomoningizni kuchli tomoningizga aylantiring. Qo'rquv aslida yaxshi, u sizga siz sezmayotgan kamchiligingizni, ojizligingizni ko'rsatib beradi, shunga yarasha harakat qilish kerakligini eslatadi.

Be good enough at what you fear, then u will no have longer this fear!

@grownroll
254 kishi qolibdi, haliroq davom ettiramiz)

Postlarni foydali deb hisoblaysizmi?
Dolla dolla, bills, y’all!

Pulni sandiqqa yashirish pul jamg’arish uchun eng yaxshi vosita bo’lib ko’ringani bilan aslida unday emas. Pul doim harakatda bo’lishi kerak, doim bozor ichida oqib yurishi, aylanishi kerak. Shunda ko’payadi (bunda umuman pulsiz qolishingiz ham mumkin🙃).

1) Bunda aniq ajratib oling, siz nimada yaxshisiz? Nimani boshqalardan yaxshiroq qilasiz? Keyin shu sohaga investitsiya qiling - bilimni pulga sotish, shu sohaga oid biznesga kirish, bunda mediadan foydalanish va hk. Risk bor va xato sabab pulsiz qolishingiz mumkin.

2) Agar nimaga investitsiya kiritishni bilmasangiz bilimga investitsiya kiriting. Bu esa 1-punktga yo’l ochib beradi. Bu doim o’xshaydi, siz istisno emassiz.

@grownroll
Atrof-muhit

Agar o’zingni o’zgartirish qiyin bo’lsa, atrofdagi muhitni o’zgartir. Shunda o’z-o’zidan o’zingni yaxshilangan versiyangni ko’rishni boshlaysan. Atrofdagi tanishlaring, eng ko’p muloqot qiladigan o’rtoqlaring seni kim ekanligingni va kim bo’lishingni belgilab beradi. Bu haqida ko’p marta aytilgan va unutilgan.

200.000 forsga qarshi jang qilgan va g’olib bo’lgan 2000 musulmonda bo’lgan umumiy xislat - ruhiyati yuqori ekanligi, Ollohga ishonganligi bo’lgan. Unutma, atrofingda ruhiyati baland, optimizm va realizmni balansda ushlaydigan, pozitiv va taqvodor insonlarni yig’. Natijani ko’rish esa uzoq kuttirmaydi.

@grownroll
Hayotning oddiy qoidasi

Bilim bu - kuch.
Bilim bu - qadr.
Bilim bu - hurmat.
Bilim bu - o’ziga bo’lgan ishonch.

Senda yuqorida sanab o’tilganlar yo’qmi? Demak, biliming yo’q. Nima qilish kerak? Shunchaki qiziqqan sohang bo’yicha bilim olishing kerak va sen yuqorida aytilganlardan ham ko’proq narsaga ega bo’lasan. Bu hayotning oddiy qoidalaridan biri.

@grownroll
Lifehack

Bugun pul jamg’arish haqida ajoyib bir lifehackni bo’lishaman.

Misol uchun oyiga stabil 6 mln topasan. Shundan doimiy xarajatlarni (ijara haqi, kredit va hk) ayirib tashla. Ijara haqi misol uchun 500 ming so’m. Kredit esa 1 million. Umumiy 1.5 mln so’m doimiy xarajatda. Bundan tashqari yo’l haqi - odatda ishga borib kelish uchun kuniga 10 ming so’mdan umumiy 20 ming so’m taksiga. Uyga bozorlik uchun 500 ming so’m xarajat qilasan. Shunda stabil yo’l haqi uzog’i 600 mingni 500 mingga qo’shsak 1.1 mln bo’ladi.

Demak, 6 million bor edi, shundan 2.6 mln doimiy xarajat. Senda 3.4 mln qoldi. Shuni 30 ga bo’l. Natija deyarli 114 ming so’m (3.4 / 30 = 113.3). Bu narx seni kunlik limiting. Shundan ortiq ishlatishing minusga kirishingga sabab bo’ladi. Pilusga kirish uchun esa 114 mingdan 44 mingni ayirib ko’r. O’sha 44 mingni esa qaytib 30 ga ko’paytir. Natija esa 1.3 mln so’m. Ya’ni senda oyiga 1.3 mln va undan ko’p jamg’arish imkoni yuzaga keladi. Albatta bu misollar aniqmas va daromading hamda xarajatingga qarab shakli o’zgaradi, lekin mazmuni va ishlash prinsipi o’sha holatda qolaveradi. Foydali bo’ladi degan umiddaman.

@grownroll
Daraxtning baland bo’y cho’zishi u joylashgan yerga, arofdagilarning unga bo’lgan munosabatiga va albatta o’sgandan so’ng quyoshdan nur olishiga to’sqinlik bo’lmasligiga bog’liq.

Unumdor yerga ekilgan, yaxshi parvarish qilingan, quyoshdan doim nur olib turgan daraxt ko’klarga bo’y cho’zadi.

Inson ham shunday. E’tibor ber, atrof-muhit seni o’stira oladimi, yo’qmi? Tanishlaring, do’stlaring va yaqinlaring senga motivatsiya beryaptimi yoki umidsizlik? Va nihoyat natijaga erishganda kibrga berildingmi yoki yo’q?

Atrof-muhit seni o’stiradigan bo’lsa, yaqinlaring doim seni qo’llab-quvvatlasa, muvaffaqiyatga erishganingda ham kibrga berilmay hammasi Ollohdan ekanligini esingdan chiqarmasang va doim shukr qilsang, muvaffaqiyatlaring bardavom bo’ladi. Bu hayoting yozilmagan qoidalaridan biri.

@grownroll
Bir kuni zavodlarda ish o’rnini robotlar egallashi yaxshilikka bo’lishi mumkin deb o’ylayman. Oddiy ishlarni robotlar bajarsa, robotlar bajara olmaydigan, yuqori intellekt talab qiladigan ish o’rinlariga raqobat kuchayadi. Bu esa umumiy ta’lim sifati va aholi savodxonlik darajasi yanada yaxshilanib borishiga xizmat qiladi. Bu esa siyosiy va iqtisodiy institutlar rivojlanishi, yakunda farovon jamiyat qurilishiga olib keladi. To’g’ri, bu o’zgarish qurbonlarsiz bo’lmaydi - aholining ma’lum qatlami iqtisodiy jihatdan bir muddat qiynalishiga to’g’ri keladi.

@grownroll
Jamiyatdagi asosiy muammolar va siyosiy tizim xalq mentalitetidan kelib chiqadi. Xalq faqat siyosat ustidan shikoyat qilishi noto’g’ri, chunki siyosat mentalitetimiz ustiga quriladi. Demak, muammo aniq. Yechim-chi? Yechim oddiy - mentalitetni o’zgartirish kerak. Mentalitet o’zgarishi globalizatsiya natijasida yuz beradi, xalq ongli ravishda taaluqlilikni his qiladi, shunda loqaydlik kamayib, davlat sohalarda rivojlanadi. Bitta zamonaviy dunyoqarashga ega inson o’z oilasidagi kamida 3 kishiga bu dunyoqarashni singdiradi. Natijada zanjir reaksiyasi vujudga keladi. O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoriga kiradimi? Albatta. Bu uchun 100 yil kerak emas.

@grownroll
video.mp4
74.8 MB
💯
Tanqid foydami yoki zarar?

Ayrim blogerlar va shaxslarning davlat tuzumini haddan tashqari yomonlab, FAQAT qora tomonini ko’rsatishi fuqarolarning davlat hokimiyatiga nisbatan legitimligini tushirishda va oxir-oqibat xaos yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

Insonlar noroziligi yuzaga chiqa boshlaydi, qaysidir sohada jiddiy kamchilik kuzatiladi va bum! Xalqaro jamoatchilik uchun davlat ichki ishiga aralashishiga yaxshi bir bahona tug’iladi va muammolar ikki karra ortadi.

Xo’sh, ayrim bloger va shaxslar faqat muammo haqida gapirayotganda bu haqida o’ylashadimi? Bu dramatizm emas. Yuqoridagilarni o’qib tanqidni qoralayapti deb o’ylayapsizmi? Yo’q, o’rinli tanqid, albatta, rivojlanish mevasi va buni tan olmaslik ahmoqlik. Muammo ularning judda hissiyotga berilishi va radikal munosabatini keng jamoatchilikka o’ylamay olib chiqishlarida.

Hop unda nima qilish kerak? Auditoriya katta mas’uliyat ekanligini tushunishsin. Tanqid qilishsin, faqat o’rinli, asoslangan tanqid qilishsin, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tekshirilsin. Tanqid qilinganda yechim ham taklif qilishsin.

Tanqid bilan birga erishilayotgan yutuqlar ham bir o’rinda ko’rsatib o’tilsin. Shunda “six ham, kabob ham kuymaydi.” Fuqarolarning davlatga nisbatan legitimligi ham kamaymaydi, kamchiliklar o’rinli tanqid qilinib muammolarga barham berila boshlaydi.

So’z erkinligi davlat rivoji uchun juda muhim vosita, ammo tanqidiy fikrlash, hozirgi axborot asrida iste’mol qilinayotgan ma’lumotlarni “factcheck” qilish undan ham muhimroqdir.

P.S. Yuqoridagi tred o’rinli tanqid qilib, yechim taklif qilib borayotgan, auditoriya mas’uliyatini his qiladigan blogerlar haqida emas.

@grownroll