Grow'n'Roll
356 subscribers
3 photos
6 videos
1 file
23 links
@yuridikyordamxizmati_bot - bepul yuridik yordam oling.
—————————
Kanal yuridik yordam, marketing, IT va shaxsiy rivojlanish haqida.
Download Telegram
Hozircha birinchi kitobda tushunganlarim:

1. Elitadagi xodimlar tez-tez o'zgartirib turildi, natijada tanish-bilish, urug'-aymoqchilik holatlari kamaytirildi.

2. Mentalitetga o'zgarish kiritishga harakat qilindi, bunga chet tilini o'qitish hamda umumiy maqsad tomon birga harakat qilish orqali erishildi.

3. Boshqarish uchun to'g'ri vaqtda to'g'ri shaxslar tanlandi.

4. Soliqdan qochish holatlarini kamaytirish orqali byudjet kirimlarini oshirishdi. Bunga soliq stavkalarini kamaytirish orqali erishildi.

@grownroll
Bolangizni maqtang

Hozir necha yoshdasiz, oila qurganmisiz yoki yo'q bilmadim. Lekin bir kun kelib Xudo inoyati bilan farzandli bo'lganingizda ularni maqtashni unutmang, zero mamlakat va din uchun qiladigan eng katta yaxshiligingiz katta muvaffaqiyatlarga erishgan, ilmi ziyoda, kuchli bilimli solih, soliha farzandlar yetishtirishdir.

Bolani arzimas bir bajargan ishi uchun maqtasangiz, unda o'zidan qoniqish hissi kuchayadi. Shu sababdan ham bolada yoshlikdan o'zida ishonch shakllanib, vaqt o'tgani bilan kuchayib boradi. Bolada ong osti bloklar umuman shakllanmaydi yoki shakllangan taqdirda ham uni buzib o'tadi. Bu esa har bir inson uchun muhim. Chunki sizni Marsga raketa uchirishdan men qila olmayman degan tushuncha ajratib turadi. Holbuki, bu ishni bajarayotganlar "qila olmayman" emas, "qilishim shart" degan tushuncha bilan yashaydi. Bolangizni maqtang.

P.S.: Bu maqtov sabab unda kibr shakllanib bormasligini nazorat qilish ota-ona vazifasi ekanligini unutmang.

@grownroll
Hayolparast bo'l

Atrofdagilaring hayoparast degan tushunchaga salbiy qarashadimi? Ularga ahamiyat berma. Sababi ular bir yo'nalishga tushib qolgan kimsalardir. Ular hayotni shunchaki yashab o'tish kerak degan fikrda yashashadi - ishga joylash, oylik maosh ol, oila qur, farzandlaring to'yini qil, pensiyaga chiq va shu bilan tamom. Sendan keyin sen haqingda balki avlodlaring eslar, lekin boshqa kimdir eslashidan umid qilma.

Hayolparastlik menga nima beradi deb o'ylayapsanmi? Tushuntiraman.

Sen hozir ega bo'lmagan yoki qilolmayotgan ishing senda pissimistik kayfiyat uyg'otadi, bu esa ish samaradorligini, o'zingga bo'lgan ishonchni tushuradi. Qo'shimchasiga o'zingni tuman orasiga tushib qolgan odamdek his qilasan. Qayerda ekanligingni, qayerga ketayotganligingni bilmaysan...

Hayol ehtiyoj sabab vujudga keladi. Hayol qilish orqali ehtiyojlaringni aniq ajratib olasan. Aniq tasavvur uyg'onadi. Qanday shaklda, qanday holatda bo'lishini bilasan.

Hayolparast bo'lish sendagi qolipli fikrlashni yo'qotadi. Bu orqali sen kattaroq narsalar haqida orzu qilishni boshlaysan, orzular maqsadlarga, maqsadlar harakatga, harakat esa natijaga olib keladi. Oxirida sen nimani hayol qilgan bo'lsang, o'shanga ega chiqasan. Unutma, dunyoni faqat hayolparast odam o'zgartira oladi. Ulardan biri bo'l.

@grownroll
Yomon odatlardan qanday qutulish mumkin?

Yomon odatlar odatda nafs sabab kelib chiqadi. Demak, urg'uni nafsga berish kerak. Nafsni kichik ehtiyojga aylantirish orqali uni bo'ysundirish mumkin. Ya'ni nafsni avval kichik ehtiyojga aylantirasiz, undan so'ng esa kichik ehtiyojdan qutulish siz uchun qiyin bo'lmaydi.

Masalan, fast food yeyishni kamaytirish uchun, avval har kuni iste'mol qilgan inson, haftasiga 2 marta, undan so'ng haftasiga bir marta, undan so'ng oyiga 2 marta va shu tarzda kamaytirib borib, oxirida umuman voz kechish darajasiga ham borishi mumkin. Bu uncha ko'p vaqt olmaydi.

Yomon odatlardan qutulish uchun bosqichma-bosqich yondashuv talab etiladi. Bu organizmning o'sha narsaga o'rganib qolgani bilan bog'liq. Birdan voz kechilsa, bu organizmga ma'lum bir zarar keltirishi mumkin.

@grownroll
Kitob o'qib zerikib qolyapman

Odatda motivatsiya to'lib kitob o'qishni boshlasak, kitobni oxirigacha yetkazmay zerikib qolish holatlari ko'p uchraydi.

Buni oldini olishni, vaqtni tejashni hamda ko'p kitob o'qishni bir ajoyib usuli bor - bir vaqtda turli kitoblarni o'qish.

Avval birinchi kitobni zerikkancha o'qi, zerikkanda ikkinchi kitobni ol, undan keyin uchinchisini. Keyin yana birinchi kitobga qaytasan. Shu orqali kitob zerikishdan qutulish mumkin.

P.S.: Albatta, har kimda har xil yondashuv bor.

@grownroll
Forwarded from Allaev Uz
Мен Ўзбекистон фуқаросиман, ватаним деб Ўзбекистонни биламан, қанақадир СССР ёки бирор бошқа давлатни эмас. Мен ватанпарвар сифатида шу юрт тинч, осойишта бўлишини, ривожланишдан тўхтамаслигини, аста-секин дунёнинг замонавий давлатлар сафига киришини хоҳлайман.
Умримнинг охиригача шу юртда яшамоқчиман. Келажакда Ўзбекистонни кучли иқтисодиётга эга, экологик томондан хавфсиз, мустақил ва дунёвий мамлакат сифатида кўришни орзу қиламан.

Қозоғистон воқеаларидан сўнг Россия ОАВси ва бошқа бир қатор Лукашенкога ўхшаган коммунаст советпарастлар чиқишлари мени хавотирга солмоқда. Ўйлайманки, ҳозир ҳукуматга ҳам ҳар доимгидан қийин. Энди, йилдан-йилга Россияда умумий сиёсий йўналиш ўзгармагунча босим ошиб борадиган кўринади. ЕОИИ ва ОДКБ га бизни қўшиш учун ҳамма карталар ишга солинади.

Бу мақсадда Россия пропагандаси ҳам кучли ишлайди. Шу учун ҳам ҳаммани ҳис-ҳаяжонга берилмасликка, совуққонликка чақираман. Рус ОАВси, айниқса телевидениеси томонидан бўладиган ҳар қандай пропагандага ишонмаслигимиз, ҳар бир маълумотни қайта-қайта текширишимиз жуда муҳим.

Мустақиллигимиз абадий бўлсин, тинчлигимизга кўз тегмасин.

@allaevuzb
Sulton Abdulhamid ba'zan do'stidan qarz olib turarkan. Sultonning kimdandir qarz olishi g'alati tuyulgan ma'mur bu hodiaga guvoh bo'lib, sultonning do'stidan nega sulton undan qarz olganligini so'radi. Shunda sultonning do'sti quyidagicha javob beradi.

Bir hadis bor, unga ko'ra kimdir birovdan yaxshi ishlarga sarflash uchun qarz olsa, u qarz qaytarilguncha Olloh qarzdor bilan birga bo'ladi. Hukmdorimiz Olloh u bilan bo'lishi uchun ora-orada mendan qarz olib turadilar...

@grownroll
Hissiyot bilan harakat qilib adolatsiz xulosa qilishdan saqlaning.

@grownroll
Birinchi kitobni ham tugatdim. Bu kitob ko'proq siyosat, iqtisodga qiziquvchilar uchun ajoyib kitob. Kitobdan olgan xulosalarim quyidagicha.

Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?

1) To'g'ri tashkil qilingan davlat boshqaruv tizimi

2) Kadrlar masalasida qat'iyatlilik (keskin qisqartirishlar, tez rotatsiya, shaxs sifatiga e'tibor berish)

3) Turli sohalarda, xususan, qonunchilikda murakkablik hamda mujmalliklardan chekinib soddalikka intilish

4) Davlat xizmatchilari prezident uchun emas, xalq uchun xizmat qilayotganini tushunishi

5) Keskin xususiylashtirish

6) Erkin raqobat yaratilganligi (biznes ochish va yuritish bo'yicha erkinlik masalasida Gruziya yetakchilar qatorida)

7) Korrupsiyaga qarshi islohotlar (bunisini kitobdan o'qib oling😉)

@grownroll
Dengizda...

Pessimist shamol kuchliligidan noliydi.
Optimist ob-havo o'zgarishiga umid qiladi.
Realist esa kemasiga yelkan quradi.

@grownroll
Nafs itin qilsang zabun, olamda yo'q sendek shujo...

Nega ayrim insonlar muvaffaqiyatli, nega boshqalar esa yo'q deyishadi. Sabab oddiy. Chunki ko'pchilik nafsini o'ziga xizmatkor qilish o'rniga, o'zi nafsiga qul bo'ladi. Nafs oxiri yo'q quduq - nima tashlasang ham u to'lmaydi. Nafsga erk berish, uni yana ham kuchayishiga olib keladi. Unga qarshi kurash boshladingmi, bir qadam ham chekinma. Zero janglarning eng oliysi nafsingga qarshi qilgan jangingdir.

@grownroll
Navbat Amerika va moliya dunyosiga - "Sarmoyador" Teodor Drayzer. 2/18
Gunohsiz o'tgan har bir soniyang baxt.

@grownroll
Sovuq qotyapsanmi? Kiyimlaringni yechib tashla. Shunda oldin ustingda bo'lgan 1 qavat harorat qadrini bilasan.

@grownroll
Davlatda ishsizlik kuchli deyishadi. Yo'q, aslida bilimsizlik kuchli!

@grownroll
Gunohsiz kun.

Gunohsiz hayotga erishmoqchimisan? Unda gunohsiz kundan boshla.

O'zing uchun talab qo'y - bugungi kunni gunohsiz o'tkazaman.

Birovni dilini og'ritma, zino qilma, vaqtingni behuda o'tkazma, yolg'on gapirma, g'iybat qilma, birovni haqqiga xiyonat qilma (va h.k).

Kuningni ko'proq savob ishlar qilishga sarfla. Bir kunni epladingmi? Tabriklayman, endi ikki kun gunoh qilmaslikka odatlan. Shu orqali kunlarni oshirib boraver va bu senga odatga aylanadi.

Har doim ham gunoh ishni o'zimiz xohlab qilmaymiz, sababi shunchaki odatga aylanib qolgan bo'lishi mumkin. Lekin har qanaqa yomon odatni yaxshisi bilan almashtirish mumkinligini unutma.

@grownroll
Jasorat o'ziga bo'lgan ishonchga bog'liq. Ishonch esa e'tiqoddan keladi.

@grownroll
O'zini toza musulmon hisoblab, kommentlarda o'ldirish kerak, suyish kerak deb gapiradiganlarni, har ikki gapidan birida so'kinadiganlarni ko'rsam g'ashim keladi. Bular juda mo'rt e'tiqodga ega insonlar bo'lib, har qanday propaganda ularni qo'zg'atishi mumkin. Ular xuddi porox to'ldirilgan bochka kabi - ozgina olov va bum!

P.S.: Islom mukammal, musulmon esa yo'q. Lekin bu bahona bo'lishi xato. Doim mukammallikka intilib yashash kerak.

@grownroll
Siyosatga kirmaganligi uchun oʼzini
aqlli deb hisoblagan odam, oʼzidan aqlsiz odamlar tomonidan boshqarilishi bilan jazolanadi.

(c) Platon

@grownroll
2022-yil uchun maslahatlar

1. Eng zo’r maslahatlar o’ta oddiy va amal qilish oson bo’ladi. Balki shuning uchun ham ularni tezda unutib qo’yarmiz. Mensimaymiz.

2. Meva sabzavotlarni ko’p iste’mol qil. 30-yoshli o’zing rahmat aytadi hali.

3. Haftada 3 kun badaningni qiynab tur. Suzish, yugurish, og’ir ko’tarish — farqi yo’q. Hozir qiynalmasa 40 dan keyin har kuni qiynalishni boshlaydi.

4. O’zingni sohang bo’lgan va bo’lmagan yo’nalishlarda har kuni 2 soat yangi narsalar o’rgan. Kitob, maqola, intervyu, seminarlar. Har kuni. 2 soat. 3 oy shunday ketsang — miyang o’rganib qolib, o’zi yangi dozani talab qilishni boshlaydi.

5. Har kuni bitta yangi odam bilan tanishishni odat qil. Chin dildan u odam hayoti, ishiga qiziq. Savollar ber. O’rgan. 1 yil o’tib ochilgan imkoniyatlarga o’zing ham hayron qolasan.

6. Duolarni ko’paytir. Kichik narsalarni ham so’rashni kanda qilma. Ko’zing yetmagan narsalarni ham. So’raganlaringni bir joyga yozib yur. Yillar o’tib, erishib, eski holatingni unutganinga, yodga solish uchun kerak bo’ladi.

(c) Aziz Rakhimov

@grownroll