IBRATLI UMRLAR
884 subscribers
626 photos
587 videos
1.53K links
Va Eslating! Albatta, eslatish moʻminlarga manfaat berur. (Zoriyat surasi, 55)

Ma‘ruzalar to‘plami 👉 @ibratli_umrlar_media_bot

❗️Diniy savollarga javob berilmaydi

Reklama: @reklamaa_narxlari

®️ Kanaldan ma‘lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart
Download Telegram
12-Savol:
Nafas qisish oqibatida tomogʻiga aerozol sepsa, roʻzasi ochiladimi?

Javob: Tomoqdan ichkariga oʻtgan har bir narsa roʻzani ochadi. Aerozol sepilganda ham dori ichkariga oʻtadi, shu sababli roʻza ochiladi. Shuning uchun bunday kasallikka duchor boʻlganlar qishning qisqa kunlarida
aerozol ishlatmasdan roʻza tutishga qodir boʻlishsa, qazosini tutib berishadi. Agar qish kunida ham aerozol ishlatmay tura olishmasa, roʻza tutib, ehtiyot yuzasidan har kuniga fitr miqdoricha, yaʼni ikki kilogramm bugʻdoyni yoki uning qiymatini fidya qilib berib turganlari afzal.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
13-Savol:
Milki qonab, qoni ichkariga ketib qolgan
kishining roʻzasi ochiladimi?

Javob: Agar qon tomogʻidan oʻtib, ichkariga yetsa, roʻza ochiladi. Tishlari orasidan qon chiqib, xalqumida qolsa, ichkariga oʻtib ketmasa, roʻza ochilmaydi. Agar xalqumdan ichkariga ketsa, qon miqdori tupukdan koʻp yoki teng boʻlsa yoki qonning taʼmi sezilsa, roʻza ochiladi. Qon tupukdan oz boʻlsa, roʻza ochilmaydi.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
14-Savol:
Gʻusl vojib boʻlgan kishi burniga suv olganda suv ichkariga ketib qolsa, roʻzasi ochiladimi?

Javob: Gʻuslda burunning yumshogʻigacha suv yetkazish farz, qattiq joyiga suv yetkazish esa sunnat. Roʻzador roʻzadorligini bilaturib ogʻziga yoki burniga suv olsayu, suv ichkariga ketib qolsa, roʻzasi ochiladi, qazo lozim boʻladi. Agar roʻzadorligi esida boʻlmasa, roʻzasi ochilmaydi.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
15-Savol:
Sigaret, nos chekish bilan roʻza ochiladimi?

Javob: Sigaret chekish, tamaki va nosga oʻxshash vositalarni isteʼmol qilish bilan roʻza ochiladi.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
16-Savol:
Roʻzador odam tish pastasi bilan tishini tozalasa boʻladimi?

Javob: Roʻzador holatda tish pastasini ishlatish makruh. Lekin tomogʻidan ichkariga oʻtib ketmasa, roʻza ochilmaydi. Biror narsani ogʻziga solib, tatib koʻrish makruh, lekin bunda roʻza ochilmaydi (lekin tatib koʻrgan narsasini yutib yuborsa roʻza ochiladi).

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
17-Savol:
Ukol (infeksiya) qilish bilan roʻza
buziladimi?

Javob: Ulamolar mushaklar orasiga, yonboshga ukol qilish bilan roʻza buzilmasligiga ittifoq qilishgan. Teri orasidan ichkariga yogʻ kabi narsalarning kirishi roʻzani ochmaydi. Odatiy yoʻllardan boshqa joylar orqali terining orasiga narsa kirishi, masalan, ilon chaqib olishi (tomirdan chaqsa ham), sovuq suvda gʻusl qilish natijasida badan orasidan ichkariga suv oʻtishi roʻzani ochmasligiga barcha ulamolar ittifoq qilishgan.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
18-Savol:
Quloq yoki kindikka suv kirgizilsa, roʻza ochiladimi?

Javob: Kindikka suv kirgizish bilan roʻza
ochilmaydi. Quloqqa gʻusl paytida suv kirib ketsa ham roʻza ochilmaydi. Lekin qasddan kirgizilsa va miya tarafga yetib borsa, roʻzaning ochilish-ochilmasligida
ixtilof bor. Xulosa shuki, quloqqa dori tomizilsa roʻza ochilishiga, suv kirsa ochilmasligiga ittifoq qilingan.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
19-Savol:
Gʻargʻara qilish bilan roʻza ochiladimi?

Javob: Roʻzador kishining gʻargʻara qilishi makruh. Ichkariga suv ketib qolsa, roʻza ochiladi.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
20-Savol:
Esdan chiqarib yeb-ichgan odam esiga tushgach taomlanib qoʻysa, roʻzasi ochiladimi

Javob: 1) esdan chiqarib yeb-ichish bilan roʻza ochilmaydi.
2) Esdan chiqarib yeb-ichgandan keyin “Roʻzam ochildi” deb oʻylab taomlanib qoʻysa, qazo lozim boʻladi, kafforat vojib boʻlmaydi.
3) Esdan chiqarib yeb-ichib qoʻysa roʻza ochilmasligini bila turib taom yeb qoʻysa qazo ham, kafforat ham vojib boʻladi. Qayt qilishning hukmi ham shunday qayt qilgach, “endi roʻzam ochildi” deb oʻylab, taom yeb yuborsa, qazo lozim boʻladi, kafforat emas. Lekin bu ish roʻzani ochmasligini bilaturib taomlanib yuborsa, kafforat ham vojib boʻladi.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
21-Savol:
Gʻiybat qilsa, yolgʻon gapirsa roʻza ochiladi deb oʻylagan kishi gʻiybat qilib qoʻyib, qasddan taom yesa kafforat lozim boʻladimi?

Javob: shunday deb oʻylab, qasddan yeb-ichib yuborsa, qazo ham, kafforat ham vojib boʻladi.

📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Moʻminning
qalqoni” kitobidan

#Mominning_qalqoni

Ⓜ️anba》
@ibratli_umrlar

Yaqinlaringizga ham ulashing
Ajr-savoblarga sherik bo‘ling!!!🥀

○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○
Dunyo va oxiratingiz uchun foydali kanalga obuna bo‘ling! ⤵️

https://Telegram.me/ibratli_umrlar
○┈┈┈•❈•• 🌙 ••❈•┈┈┈○