Huquqiy targ`ibot
7.9K subscribers
1.84K photos
559 videos
11 files
2.37K links
Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️“Zoʻravonlikka qarshi faol 16 kun” aksiyasi doirasida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

🔰Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda elektroshok qurilmalarini qo'llash huquqiga ega:

🔹fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

🔹jinoyatga yoki ma'muriy huquqbuzarlikka chek qo'yishda;

🔹ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko'rsatilishiga chek qo'yishda;

🔹jinoyatni sodir etishda yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko'rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;

🔹ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo'riqlab borish va qo'riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o'ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;

🔹zo'ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

❗️O‘limni qayd etish tartibi

📄 Oila kodeksining 223-moddasiga asosan, o‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o‘limni qayd etish sudning mazkur qarorida ko‘rsatilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Hayotining birinchi haftasi davomida o‘lgan bolalarning tug‘ilganligi va o‘limi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.

O‘lim sodir bo‘lganligi haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.

❗️O‘limni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan marhumni dafn qilish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

⚡️Фамилия ва ота исмини ўзгартириш  тартиби

🔹  Оила кодексининг 28-бобига биноан, ҳар бир фуқаро фамилия, исм ва ота исмини ўзгартириш ҳуқуқига эга.
Ўн олти ёшга тўлган шахс фамилия ва исмини ўзгартириш ҳақида ўзи яшаб турган жойдаги ФХДЁ органига  ариза бериши лозим.
Аризага туғилганлик ҳақидаги гувоҳнома, паспорт нусхаси, ота она никоҳ қоғози, ота она паспорти нусхаси, 1 дона (3х4 ўлчамли) фотосурат илова қилинади.
Ҳужжатлар ФХДЁ томонидан Ички ишлар бўлимига юборилиб, Ички ишлар органи тақдим қилинган ҳужжатларни 20 кун мобайнида ўрганиб чиқади, ариза берувчининг фамилияси, исми, ота исмини ўзгартириш хусусида асосланган хулоса тузади ва уни ФҲДЁ органига ахборот тизими орқали тақдим этади. Шу хулоса асосида ФХДЁ бўлими томонидан янги фамилия ёки исм берилади. Ариза берилган кундан бошлаб бир ой мобайнида, узрли сабаблар (ишни расмийлаштириш учун зарур бўлган далолатнома ёзуви нусхаларининг бошқа ФҲДЁ органларидан, ички ишлар органлари хулосасининг кечикиб олиниши ва бошқалар) мавжуд бўлганда ФҲДЁ органи мудири ушбу муддатни ўн беш кундан кўп бўлмаган муддатга узайтириши мумкин.
❗️ Фамилия ва отанинг исмини ўзгартириш рад этилганда суд тартибида шикоят қилиниши мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

🔰Qaysi holatlarda yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun 50 va 70 foizlik chegirmalar qo'llanilmaydi?

♻️Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga asosan, jarima to'lashdagi imtiyozlar quyidagi holatlarda qo'llanilmaydi:

🔴transport vositalarini mast holda boshqarish;

🟠 kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi;

🟡 transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi;

🟢 mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish;

🔵jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

🟣bir xil huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.

yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, muddatdan qat'iy nazar chegirmalar qo'llanilmaydi.
#Bilasizmi

❗️Xodimni mеhnat shartnomasi bеkor qilinayotganda ish bеruvchi u bilan to'liq hisob-kitob qilishi kеrak!

📄 Amaldagi Mеhnat kodеksining 172-moddasiga asosan, mеhnat shartnomasi bеkor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kеrak.

❗️Hisob-kitob xodimga quyidagilarni to'lashni o'z ichiga oladi:

oxirigacha olinmagan ish haqini;

xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo'shimcha ta'tillar uchun kompеnsasiyalarni;

❗️Agar xodim bilan ish bеruvchi o'rtasida tuzilgan yoki mеhnatga oid boshqa hujjatlarda boshqa hol bеlgilanmagan bo'lsa,

Ish bеruvchi tomonidan xodimga tеgishli bo'lgan barcha summalarni to'lash xodim bilan mеhnat shartnomasi bеkor qilingan kunda amalga oshiriladi.
#Bilasizmi

🔰 Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi bo'lgan shaxslar tibbiy ko'rsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar) mablag'lari hisobidan reabilitasiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan ta'minlanishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

📜 Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bo‘yicha yetkazilgan zararning miqdori quyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:

☑️ Oz miqdor - bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdor.
☑️ Ko‘p bo‘lmagan miqdor - bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor.
☑️ Ancha miqdor - bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor.
☑️ Ko‘p miqdor - bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor.
☑️ Juda ko‘p miqdor - bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor.

📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-196-son Farmoni bilan bazaviy hisoblash miqdori oyiga 340 000 so‘m etib belgilangan.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

Maxsus xizmatlarni (Ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqalar) qasddan aldab chaqirganlik uchun javobgarlik bor

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
199-moddasiga ko'ra:

➡️ Ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka koʻra, sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish:

🔹BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (132 mln soʻmdan 165 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;

🔹muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🔹5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra agar jabrlanuvchi pora talab qilinganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan bo'lib, tеzkor tadbir davomida jabrlanuvchining mulkidan pora prеdmеti tariqasida foydalanilgan bo'lsa, ushbu mulk Jinoyat-prosеssual kodеksi 211-moddasining 4-bandiga asosan jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim, boshqa holatlarda pora prеdmеti sud hukmi bilan davlat egaligiga o'tkaziladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

🔰Reklamada ota-onalar va tarbiyachilarni obro'sizlantirish mumkin emasReklamada ota-onalar va tarbiyachilarni obro'sizlantirish mumkin emas

🚫 Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste'mol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi:

🔹voyaga yetmaganlarning iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste'mol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish;

🔹xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o'z sog'ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;

🔹voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga da'vat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash;

🔹haqiqiy yoki o'yinchoq quroldan foydalanish;

🔹ota-onalar va tarbiyachilarni obro'sizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bo'lgan ishonchiga putur yetkazish;

🔹voyaga yetmaganlar olishi yoki iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan telekanallarda, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

❗️Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi

🔰 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foizda quyidagilar uchun ajratilishi belgilangan:

🔹oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

🔹chorvachilik, baliqchilik,
quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala do'konlari” qurish va ko'chma muzlatkichlarni o'rnatish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilga;

🔹bog'dorchilik, uzumchilik va limonchilik,
issiqxona qurish, qishloq xo'jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;

🔹oilaviy mehmon uylari, xostellar,
o'tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta'mirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha;

🔹“Hunarmand” uyushmasi a'zolariga
asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 18 oygacha;

🔹charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va mo'ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

‼️ Pedagoglarga olis hududlarga borib ishlagani uchun 50 foizgacha ustama beriladi

     Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib quyidagi maxsus ustamalar miqdorlari belgilanadi:

     👉 6 oydan — 3 yilgacha 10 foiz;

     👉 3 yildan — 5 yilgacha 20 foiz

     👉 5 yildan — 10 yilgacha 30 foiz

     👉 10 yildan — 15 yilgacha 40 foiz

     👉 15 yildan ortiq 50 foiz.

     🔴 ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-sonli qaroriga 2-ilova

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

⚡️ Korrupsiya haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘maklashganlar mukofotlanadi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

💵 a) korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning uch baravari miqdorida;

💵 b) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning o‘ttiz baravarigacha bo‘lsa:

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning besh baravari miqdorida;

uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning yetti baravari miqdorida;

og‘ir jinoyat uchun — BHMning

o‘n baravari miqdorida;

o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning o‘n besh baravari miqdorida;

💵 v) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lsa:

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun-BHMning o‘n baravari miqdorida;

uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning o‘n besh baravari miqdorida;

og‘ir jinoyat uchun — BHMning yigirma baravari miqdorida;

o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning yigirma besh baravari miqdorida;

💵 g) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:

ancha miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatining o‘n besh foizi miqdorida;

ko‘p yoki juda ko‘p miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatining o‘n foizi miqdorida.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

✔️Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini har qanday turdagi ma'muriy javobgarlikka tortish mumkin emas faqatgina...

🔰Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya
oddiy askarlari, boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 16-moddasiga muvofiq:

🔹ijro hujjatini ijro etmaganligi;

🔹sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni;

🔹yo‘l harakati qoidalarini;

🔹ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini,

🔹bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

✔️Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qanday huquqlari bor ?

🔰O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 294-moddasida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning quyidagi huquqlari mavjud :

🔹 ish materiallari bilan tanishib chiqishga;
🔹 izohlar berishga;
🔹dalillar keltirishga;
🔹o‘z iltimosini bayon etishga;
🔹ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga;
🔹o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga;
🔹 ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

📖Qonunchilikka ko‘ra, 2024 yil 1 iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma’lumot “bazaviy me’yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste’molchilarga yuboriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Bolalarning yoshiga qarab ularning vazni va bo‘y normalarini bilib oling.

🔶 Jadvallarni tushunish uchun videoni oxirigacha ko‘ring.

🔶 Farzandingiz muddatdan avval tug‘ilgan bo‘lsa, o‘sha muddatni tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi yoshidan ayirib, keyin jadvalga qarang.

@iiv_huquqiy_targibot