Huquqiy targ`ibot
7.96K subscribers
1.84K photos
559 videos
11 files
2.37K links
Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot
Download Telegram
#Prezident

⚡️Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2024 йил 22 апрелдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

📖Qonunchilikka ko‘ra, 2024 yil 1 iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma’lumot “bazaviy me’yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste’molchilarga yuboriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
🌐Yuridik_lugʻat

AUDITORLIK TEKSHIRUVI-moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.

@iiv_huquqiy_targibot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi

⚡️Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasining yangi maʼmuriy binosi ochilish marosimida ishtirok etdi.

@iiv_huquqiy_targibot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Endi “ko‘mir o‘g‘rilari” javobgarlikka tortiladi

☝️ Qishning sovug‘ida odamlar jon saqlashi uchun eng yaxshi va arzon mahsulot bu ko‘mir. Afsuski ko‘mirni yetkazish va tarqatishda yoki ularni tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan foydalanishda yashirin ravishda oz miqdorda talon-taroj qilish holatlari uchrab turibdi. Bu esa odamlar haqqiga xiyonat!

@iiv_huquqiy_targibot
#2024_yil_1_maydan

🗓Qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi

@iiv_huquqiy_targibot
🌐Yuridik_lugʻat

AYLANMA KASSA MABLAG‘I MEʼYORI– moliya yilida respublika byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori.

@iiv_huquqiy_targibot
#OLIYMAJLIS

⚡️Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

🔷Ta’kidlanganidek, ma’muriy islohotlar doirasida davlat boshqaruvi organlari professional boshqaruv prinsiplariga asoslangan va samaradorlikka yo‘naltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarni o‘z ichiga oladigan ixcham, yaxlit tizimiga aylantirildi.

🔷 Majlisda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga «davlat boshqaruvi organlari» tushunchasini «respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari» tushunchasi bilan almashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

🔷Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
#Yurist

📚📜Dunyodagi mashxur yuristlar haqida xabardormisiz?

Mohandas Karamchand Gandi-1869-yil Gujarot viloyati Porbandar shahrida tugʻilgan. Hind xalqi uni „Mahatma“ („Buyuk qalb“) deb ataydi. Uning nomi bilan bogʻliq boʻlgan gandizm taʼlimoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston Milliy Kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi.
U 1887—1891-yillarda Angliyada huquqshunoslik boʻyicha maʼlumot oladi. 1891-yildan advokatlik vazifasida, 1893—1914-yillarda Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunos maslahatchi. Nataldagi olmos, koʻmir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib kelgan.

@iiv_huquqiy_targibot
☝️Инжилдаги кўпгина воқеалар ҳозир ҳам долзарб, масалан, Нуҳ пайғамбар қирқ кун мобайнида кемасини қўйишга жой қидириб юрган.

Сид Сизар
#Avtomobilsiz_kun

🚘 Toshkent shahrida har oy bir kun davomida "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

📌 Bunda shaxsiy avtomobillar harakatlanishi cheklanib jamoat transportidan foydalanish targ‘ib qilinadi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Tezkor

⚡️2024 yil 1 maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalari bo‘yicha e’lonlar beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
🌐Yuridik_lugʻat

SHAXSIY DAXLSIZLIK- insonni asosiy va begonalashtirilmaydigan shaxsiy huquqlaridan biri. Shaxsiy daxlsizlik tartiboti (instituti) jazo choralarini qo‘llashda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini nazarda tutadi. Shaxsiy daxlsizlikning konstitutsiyaviy kafolatlari qoidaga ko‘ra quyidagilardan iborat bo‘ladi:

🔷Jinoyat tarkibi oldin chiqarilgan qonun bilan aniqlanishi kerak;

🔷Ushlab turish ustidan sudga shikoyat arizasi bilan murojaat qilish mumkin va sud qarorisiz ushlab qolishning eng katta muddati belgilanadi;

🔷 Hibsga olish faqat sud buyrug‘i yoki prokuror ruxsati bilan amalga oshirilishi kerak;

🔷 Ozodlikdan mahrum qilish insonga uning aybi maʼlum protsessual kafolatlarga rioya qilib o‘tkaziladigan tergov va sud jarayonida aniqlangandan so‘ng beriladigan jazo bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
25-moddasida, “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas”, deyiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Yurist

📚📜Dunyodagi mashhur yuristlar haqida xabardormisiz?

Abraham Lincoln
-amerikalik huquqshunos va davlat arbobi.

🔷 1809-yil 12-fevralda Kentuckcy shtatining Hodgenville shahrida dunyoga kelgan.
🔷U kollejga bormagan, oʻzi oʻqib, huquqshunos boʻlib, Illinois shtati vakili va Illinois shtatidan kongressmen lavozimlarida faoliyat yuritgan.
🔷1854-yilda siyosatga qaytib va yangi tashkil etilgan Respublikachilar partiyasi yetakchisi boʻlgan.
🔷1858-yilda Stephen Douglasga qarshi munozaralar ortidan obroʻ qozongan.
🔷1860-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodligini ilgari surgan va gʻalaba qozongan.

@iiv_huquqiy_targibot
#Qaror

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasi hududida Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligoni tashkil etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Bolalarning yoshiga qarab ularning vazni va bo‘y normalarini bilib oling.

🔶 Jadvallarni tushunish uchun videoni oxirigacha ko‘ring.

🔶 Farzandingiz muddatdan avval tug‘ilgan bo‘lsa, o‘sha muddatni tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi yoshidan ayirib, keyin jadvalga qarang.

@iiv_huquqiy_targibot
📚📜Ichki ishlar vaziri o'rinbosarining 2024 yil 19 apreldagi 130-son farmoyishiga asosan joriy yilning 22-27 aprel kunlari ichki ishlar organlari tizimida "Kitobxonlik haftaligi" deb e'lon qilingan edi.
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Жисмоний шахсларга “яшил” ипотека кредитлари ажратилади


🔰 Фармонига мувофик, 2025 йил 1 январдан қурилиш ташкилотларига “яшил” уй-жой стандартлари талаблари асосида кўп квартирали уй-жойларни қуриш учун Марказий банкнинг асосий ставкасидан бир фоиз бандга юқори ставкада кредитлар ажратилади.

📄 2024 йил 1 октябргача “яшил” уй-жой стандартлари тасдиқланади.

✳️ 2025 йил 1 апрелгача “яшил” уй-жой стандарти талаблари асосида қурилган уй-жойларни сотиб олиш учун жисмоний шахсларга “яшил” ипотека кредитларини ажратиш амалиёти йўлга қўйилади.

@iiv_huquqiy_targibot
“2024 йилда ипотека кредитларини ажратиш механизмларини такомиллаштириш ва аҳолининг уй-жой шароитларини яхшилашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-70-сон, 30.04.2024 й.) қабул қилинди

Фармонга кўра, 2024 йил 1 июндан “маҳалла еттилиги” тавсияси асосида Камбағалликдан чиқариш дастурига киритилган ва уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлган шахсларга ипотека кредитларини ажратиш амалиёти жорий этилади.

🔘Бунда, ипотека кредитлари 120 миллион сўмгача миқдорда, 20 йилгача муддатга, Марказий банкнинг асосий ставкасидан тўрт фоиз бандга юқори ставкада якка тартибдаги уй-жойни қуриш, реконструкция қилиш ва таъмирлаш мақсадлари учун ажратилади.
#Биласизми

✔️ Қонунчиликка кўра, давлат қўриқхоналари буфер зоналари, миллий табиат боғлари, питомниклар (қўриқхонага айлантирилган зоналар бундан мустасно), ўрмон ва ўрмон-ов хўжаликлари, тоғли ва чўл ҳудудлари ҳамда сув объектларининг сувни муҳофаза қилиш зоналарида жойлашган ер участкаларини комплекс туризм хизматларини йўлга қўйган ҳолда туристик кластерлар ташкил этиш учун тадбиркорларга ажратилиши белгиланган.

@iiv_huquqiy_targibot