Huquqiy targ`ibot
7.9K subscribers
1.84K photos
559 videos
11 files
2.37K links
Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot
Download Telegram
#OLIYMAJLIS

⚡️Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

🔷Ta’kidlanganidek, ma’muriy islohotlar doirasida davlat boshqaruvi organlari professional boshqaruv prinsiplariga asoslangan va samaradorlikka yo‘naltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarni o‘z ichiga oladigan ixcham, yaxlit tizimiga aylantirildi.

🔷 Majlisda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga «davlat boshqaruvi organlari» tushunchasini «respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari» tushunchasi bilan almashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

🔷Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.