Huquqiy targ`ibot
7.84K subscribers
1.84K photos
559 videos
11 files
2.38K links
Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot
Download Telegram
#Prezident_qarori

⚡️Yo'lkira haqqini to'lashda elektron to'lov tizimidan foydalanish rag'batlantiriladi

Davlat rahbarining "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 16-fevraldagi PQ—59-son qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra, yo'lkira haqqini kunlik yig'ish reja-topshirig'ini belgilash amaliyoti bekor qilindi.

📲Har bir avtobus yo'nalishi bo'yicha tashuvchilar elektron tender natijalari bo'yicha aniqlanadi.

📆2024-yil 1-iyungacha respublikaning barcha shaharlarida avtobus yo'nalishining yangi tarmog'i, avtomatlashtirilgan to'lov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati boshqichma-bosqich yo'lga qo'yiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Tayinlov #Prezident_qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-fevraldagi qaroriga asosan polkovnik Rahmonov Shavkat Navruzovich Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari - Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Rahmonov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

Prezident qaroriga asosan 2022-yil 10-dekabrdan boshlab amal qilayotgan AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz solig'ini "nol" stavkada qo'llashning amal qilish muddati 2023-yil 1-mart kuniga qadar davom etishi belgilangan edi.

Davlat rahbarining tegishli qaroriga muvofiq mazkur tartib 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilishi belgilandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Xalqaro shartnoma tasdiqlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida"gi (26.04.2023-y.) PQ—134-son qaror imzolandi.

🇺🇿🇰🇬Qaror bilan 2023-yil 27-yanvar kuni Bishkek shahrida imzolangan 2006-yil 3-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlandi.

Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Xalqaro shartnoma tasdiqlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida"gi (25.04.2023-y.) PQ—131-son qaror imzolandi.

🇺🇿🇰🇿Qaror bilan 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan 2000-yil 7-iyulda Ostona shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlandi.

Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi

“Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–128-son, 20.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Respublika markazi) tashkil etildi.

▶️ Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

Respublika markazi, jumladan:
🔹taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
🔹maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtiradi.

🏢 Respublika markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Respublika markaziga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

📌 Respublika markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablar maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslari uchun majburiy hisoblanadi.

📄 Qarorga koʻra, vakolatli davlat organlari maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslarini litsenziyalash, attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishni Respublika markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasi yaratiladi

Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (08.05.2023-y.) PQ–149-son qarori qabul qilindi

🏢 Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil qilindi.

🔰Milliy antidoping agentligi, jumladan:
🔸respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;

🔸Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi.

🗓 Qarorga muvofiq, vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq to‘lash tizimi joriy qilingunga qadar 2023-yil 15-maydan Milliy antidoping agentligi xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

▫️1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
▫️3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
▫️5 yildan 10 yilgacha – 0,8;
▫️10 yildan 15 yilgacha – 1;
▫️15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
▫️20 yildan yuqori – 1,5.

📝 Respublikada va xorijda o‘tkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

🔢 Shuningdek, antidoping nazorati va monitoringi sohalari raqamlashtiriladi. Bunda:
🔹doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimi joriy etiladi;

🔹sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasi yaratiladi;

🔹bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi joriy etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi

“Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–153-son, 11.05.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024-yil 1-yanvargacha to‘xtatib turiladi:

🔹eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalarini;

🔹shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni.

📌 Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur.

⚠️ Shuningdek, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga kiritildi (ilgari shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turi hisoblangan).

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi

Prezident tomonidan "2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" (08.05.2023-y.) PQ-150-son qaror imzolandi.

🏅2024-yil 1-yanvardan boshlab “Shaxmat stipendiyasi” ta’sis etiladi.

🏢2024-yil 1-yanvardan boshlab xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat to‘garaklarini tashkil etish va aholiga xizmat ko‘rsatish uchun davlat mulki obyektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara to‘lovlarisiz joy ajratiladi.

🔰Qurolli Kuchlar tizimida, shu jumladan harbiy ta’limga yo‘naltirilgan tashkilotlarda, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarida shaxmatni yanada rivojlantirish maqsadida:

🔹shaxmat bo‘yicha trener va mutaxassislarni jalb qilgan holda harbiy xizmatchi va xodimlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o'tkaziladi;

🔹harbiy xizmatchi va xodimlar uchun shaxmat bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanadi;

🔹QK harbiy tuzilmalari, harbiy ta’limga yo‘naltirilgan tashkilotlar va jazoni ijro etish muassasalari shaxmat bo‘yicha o‘quv qo‘llanma, shaxmat taxtasi, figuralari, soati va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlanadi;

🔹harbiy xizmatchi va xodimlar uchun mashhur shaxmatchilar ishtirokida mahorat darslari, uchrashuvlar, seminar, trening va o‘quv darslari tashkil etiladi;

🔹QK harbiy tuzilmalari, harbiy ta’limga yo‘naltirilgan tashkilotlar va jazoni ijro etish muassasalarida yil davomida tizimli ravishda shaxmat bo‘yicha turnirlar va musobaqalarni tashkil qilinib, g‘olib va sovrindorlar rag‘batlantiriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi.

A.Urunov mazkur lavozimga tayinlandi.

2023-yilning 1-iyulidan boshlab Jahon savdo tashkiloti qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

@iiv_huquqiy_targibot
​​#Prezident_qarori

⚡️Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yengil avtotransportlarni olib kirishda bojxona bojlari kamaytiriladi

"Aholining yengil avtotransport vositalariga bo'lgan ehtiyojini qondirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2026 yil 1 yanvargacha, O'zbekiston bojxona chegarasini kesib o'tish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yangi yengil avtotransportlarni (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari qo'llaniladi:

🔹 dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - nol stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);

🔹 dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - 5 foizli stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).

Shunga ko'ra, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo'lgan avtomobillar uchun bojxona to'lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo'lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️28-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida" 2023-yil 19-iyundagi qarori imzolandi.

🎉Qarorga ko'ra, yurtimizda 2023-yil 28-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

❗️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Qurbon hayiti xalqimizning milliy an’ana va qadriyatlariga mos ravishda o‘tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Xalqaro shartnoma tasdiqlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2023-yil 8-iyunda Rim shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida ichki ishlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi

“Aholiga pensiya tayinlash bo'yicha ko'rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–353-son qaror (31.10.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan:
🔸fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qo'shimcha ravishda ularning xohishiga ko'ra DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;

🔸fuqarolar pensiya tayinlanganidan so'ng shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'larini YIDXP yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin bo'ladi.

Bunda, Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limlari tomonidan shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.

☑️ 2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunda belgilangan yoshga to'lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg'armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma'lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.

Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.

📲 2025-yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga ta'sir qiluvchi qo'shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Favqulodda vaziyatlar vazirligiga portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini nazorat qilish vazifasi yuklandi

“Yonish va portlash xavfi yuqori bo'lgan kimyoviy moddalar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-357-son, 06.11.2023-y.) qabul qilindi

🏢 Qarorga ko'ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yonish va portlash xavfi yuqori bo'lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo'q qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu sohada belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklandi.

📁 Vazirlikda yonish va portlash xavfi yuqori bo'lgan kimyoviy moddalar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'limi hamda bo'linmalari tashkil etiladi.

🗓 2024-yil 1-yanvardan:
🔹 respublikaga olib kirilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilgan kimyoviy moddalar va ularni olib kiruvchi subyektlar to'g'risidagi ma'lumotlar Bojxona qo'mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Vazirlikka real vaqt rejimida taqdim etib boriladi;

🔹 kimyoviy moddalar faqat favqulodda vaziyatlarning (yong'inlarning) oldini olish va sanoat xavfsizligi talablariga javob beradigan omborlarda saqlanishiga ruxsat beriladi.

🌐 Respublikaga kimyoviy moddalarni olib kiruvchi subyektlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilgan kimyoviy moddalar va ularni saqlash joylari to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish imkoniyatiga ega bo'lgan axborot platformasi yaratiladi.

🗒 2024-yil 1-yanvardan O'zbekistonga kimyoviy moddalarni olib kirish, tashish, saqlash, ulardan foydalanish va yo'q qilishda belgilangan talablarga rioya etilishini doimiy nazorat qilishning quyidagi tartibi joriy etiladi, jumladan:

Bojxona qo'mitasi kimyoviy moddalarni bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazadi hamda 1 kun muddatda Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kimyoviy moddalar turi, miqdori va ularni olib kiruvchi subyekt to'g'risidagi ma'lumotlarni Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markaziga taqdim etadi;

kimyoviy moddalarni olib kiruvchi subyektlar ushbu moddalar bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilgan kunning o'zida axborot platformasi orqali kimyoviy moddalarning saqlanadigan joyi (ombor) haqidagi ma'lumotlarni Milliy markazga taqdim etadi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

🚰Suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratiladi

“Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 05.01.2024-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko'ra:
🔹suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlar bekor qilinadi;

🔹Suv xo'jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo'limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;

🔹Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.

🔹suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

📅2024-yildan:
🔸suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;

🔸suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o'zida to'liq miqdorda ajratiladi.

💵Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.

🌳Sug'oriladigan yerlarda yangi bog'lar, uzumzorlar va boshqa ko'p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

“Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 05.01.2024-y.)

@iiv_huquqiy_targibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_qarori

⚡️Tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot