Huquqiy targ`ibot
7.9K subscribers
1.84K photos
559 videos
11 files
2.37K links
Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot
Download Telegram
#Yurist

📚📜Dunyodagi mashxur yuristlar haqida xabardormisiz?

Mohandas Karamchand Gandi-1869-yil Gujarot viloyati Porbandar shahrida tugʻilgan. Hind xalqi uni „Mahatma“ („Buyuk qalb“) deb ataydi. Uning nomi bilan bogʻliq boʻlgan gandizm taʼlimoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston Milliy Kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi.
U 1887—1891-yillarda Angliyada huquqshunoslik boʻyicha maʼlumot oladi. 1891-yildan advokatlik vazifasida, 1893—1914-yillarda Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunos maslahatchi. Nataldagi olmos, koʻmir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib kelgan.

@iiv_huquqiy_targibot
#Yurist

📚📜Dunyodagi mashhur yuristlar haqida xabardormisiz?

Abraham Lincoln
-amerikalik huquqshunos va davlat arbobi.

🔷 1809-yil 12-fevralda Kentuckcy shtatining Hodgenville shahrida dunyoga kelgan.
🔷U kollejga bormagan, oʻzi oʻqib, huquqshunos boʻlib, Illinois shtati vakili va Illinois shtatidan kongressmen lavozimlarida faoliyat yuritgan.
🔷1854-yilda siyosatga qaytib va yangi tashkil etilgan Respublikachilar partiyasi yetakchisi boʻlgan.
🔷1858-yilda Stephen Douglasga qarshi munozaralar ortidan obroʻ qozongan.
🔷1860-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodligini ilgari surgan va gʻalaba qozongan.

@iiv_huquqiy_targibot