Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
463 subscribers
10.7K photos
1.77K videos
69 files
4.94K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionati qo‘shnilarimiz uchun omadli kelmoqda

Futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati 14-senyatbrdan 6-oktyabrgacha O‘zbekistonning 3 ta shahri — Toshkent, Andijon va Buxoroda bo‘lib o‘tadi.

Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 ta terma jamoasi, jumladan, amaldagi gʻolib 🇵🇹Portugaliya, besh karra chempion 🇧🇷Braziliya, dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan hisoblanadigan 🇪🇸Ispaniya va 🇦🇷Argentina kabi jamoalar ishtirok etadi.

Eng qizig‘i ushbu musobaqada biz bilan birga yana 3 ta qo‘shnimiz ham qatnashadi. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan!

Ya’ni Yevropa nomidan 🇰🇿Qozog‘iston allaqachon yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan. Shuningdek, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqan 🇹🇯Tojikiston ham o‘z tarixida ilk marta Jahon chempionatida qatnashadi. O‘zi umuman Tojikiston terma jamoasi kattalar o‘rtasida ilk marta FIFA musobaqasida ishtirok etar ekan.

Ertaga 🇰🇬Qirg‘iziston va 🇦🇫Afg‘oniston o‘rtasidagi saralash o‘yinida kim g‘olib chiqsa, o‘sha jamoa ham o‘z tarixida ilk marta JCHda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘zbekiston yarim finalga chiqib, ushbu 2 nafar qo‘shnimizga JCHga chiqish imkoniyatini yaratib berdi.

Gap shundaki, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqan 4 ta jamoa JCHga chiqar edi. O‘zbekiston esa mezbon sifatida shundoq ham chiqib bo‘lgandi. Chorak finalda 🇻🇳Vyetnamni yutib, yarim finalga chiqqanimizdan keyin, chorak finalda yutqazgan jamoalar uchun yana 1 ta o‘rin berildi. Kecha o‘tgan saralash bahslarida Afg‘oniston Iroqni, Qirg‘iziston esa Vetnamni yutdi. Endi ertaga ikkalasi o‘zaro o‘yinda kim JCHga chiqishini aniqlab beradi.

XULOSA: yurtimizda o‘tadigan JCHda 4 ta qo‘shnilar qatnashishi aniq — 🇺🇿O‘zbekiston, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇹🇯Tojikiston hamda yoki 🇰🇬Qirg‘iziston yoki 🇦🇫Afg‘oniston.

Bu esa bizning mintaqada futzal qay darajada kuchayganidan isbot bo‘la oladi. JCHda eng avvalo o‘zimizga, shuningdek, qo‘shnilarimizga ham omad tilaymiz!

❗️Aytgancha, ertaga O‘zbekiston va Tojikiston Osiyo kubogi 3-o‘rinini aniqlash uchun maydonga tushadi. Kecha tojiklar mezbon Tailandga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Ularda ham asosiy o‘yinda xuddi bizniki kabi hisob 3:3 bo‘lgandi.

Yigitlarimizga omad tilaymiz. Navbatdagi bronza medalini qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
📌Harbiy prokuror Qoʻshrabot tumanida boʻldi.

🔹Samarqand harbiy prokurori O.Usarov tomonidan Qo‘shrabot tumanida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga jalb etilgan kuch tuzilmalarining faoliyati o‘rganildi.

🔸Jarayonda mudofaa ishlari, Milliy gvardiya, qo‘riqlash va favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga biriktirilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

🛂Shuningdek, qonunchilik talablariga, shu jumladan, texnika xavfsizligi yoki mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
🥉🇺🇿Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medallarini qoʻlga kiritdi

3-o’rin uchun bahsda qo’shnilarimiz 🇹🇯Tojikiston penaltilar seriyasida mag’lub etildi.

Eh, Eronni ham yutardik, salgina omadimiz kelmadi-da. Yigitlarga qoyil va rahmat! Shu o‘rinda terma jamoamizning ikki nafar futzalchilari Samariddin Berkinov Qo‘shrabot tumani Qo‘rg‘on mahallasi, Mehriddin Hudoyqulov Xonnazar mahallasida tug‘ilganligini qayd etishimiz lozim.

Xudo xohlasa, Jahon chempionatida ham terma jamoa va tumandoshlarimizdan medallar kutib qolamiz. Biz muxlislar esa zalni to’ldirib, qo’llab-quvvatlab turamiz.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
⚡️Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashining navbatdagi sakson uchinchi sessiyasi o‘tkaziladi.

Bu haqda Qo‘shrabot tumani hokimi qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman Kengashining navbatdagi sakson uchinchi sessiyasi 2024-yil 2-may kuni soat 11:00 da chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga bir qator muhim masalalar kiritilgan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Bu haqda “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida yana bir bor belgilandi.

Qarorda Bosh vazir Abdulla Aripovga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chirish, ularning ma’muriy binolaridan samarali foydalanish va ularni sotishdan tushadigan mablag‘larni ushbu hududda ma’muriy binolarni barpo etishga yo‘naltirish yuzasidan uch oy muddatda taklif kiritish topshirigi berildi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Samarqand_TV

Samarqand telekanalining “Nigoh” koʻrsatuvining navbatdagi sonida "Qo’shrabot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ullari ishtirok etishdi" sarlavhasi bilan videolavha efirga uzatildi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
📌BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT!

Hurmatli fuqarolar, ish qidiryapsizmi?  

Joriy yilning 1-may kuni soat 11:00 da Qo‘shrabot tuman Adliya bo‘limi va tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “VATAN TARAQQIYOTI UCHUN O‘Z HISSAMNI QO‘SHAMAN” shiori ostida "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasiga taklif etamiz.

Manzil: 👉Adliya bo‘limi binosi

👉Keling, ko‘ring, o‘zingizga mos ishni tanlang!


Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.

Ushbu anjumanga 84 ta davlatdan qariyb 2 ming 500 kishi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, BMT, YETTB, OPEK, SHHT kabi xalqaro tashkilotlardan yuqori martabali mehmonlar bor.

Davlatimiz rahbari forumni yuqori darajada tashkillashtirish, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini toʻla namoyon etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
3-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi oʻtkaziladi.

Maʼlumki, ushbu kengash jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda, Oʻzbekiston hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha maslahatlar beradi.

Bu galgi majlisda ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga doir dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 30-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 620,01 so‘m (– 42,00)
1 RUB 135,74 so‘m (– 1,91)
1 EUR 13 522,34 so‘m (– 71,59)

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊Карам экспорти 4 баробарга ошган. Мева-сабзавотлар экспорти статистикаси

🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, Ўзбекистоннинг 2024 йил январь-март ойларида мева-сабзавот маҳсулотлари экспорти ҳажми:

— Олхўри (қуритилган) – 5,8 минг тонна

— Узум – 5,1 минг тонна

— Узум (қуритилган) – 10,2 минг тонна


— Помидор – 8 минг тонна

— Карам – 94 минг тонна

— Пиёз – 103 минг тонна

— Мош – 22,1 минг тонна


— Сабзи – 36,7 минг тонна


— Тариқ – 5,1 минг тонна

— Бодринг – 2 минг тонна

— Ерёнғоқ – 3 минг тонна

— Қалампир – 2,1 минг тонна.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Futbol: U-23 Osiyo kubogi. Finaldagi raqibimiz aniq

23 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo kubogining yarim finalidan oʻrin olgan Yaponiya - Iroq uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Oʻyin yaponiyaliklar foydasiga 2:0 hisobi bilan tugadi.

Dastlab, Hosoya hisobni ochgan boʻlsa, Araki farqni ikkitaga oshirdi. Shu tariqa, Osiyo kubogining finaldagi raqibimiz Yaponiya boʻldi. Oʻyin 3-may kuni boʻlib oʻtadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X