Kun.uz | Rasmiy kanal
120K subscribers
65.3K photos
7.04K videos
45K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz
Download Telegram
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish

Aprel oyi mersisaydliklar uchun juda yomon o‘tmoqda.

📹 👉 https://kun.uz/89216934

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di

O‘zbekistonga kirib kelgan sovuq antitsiklon sababli tunda Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Qamchiq dovonida qor yog‘ib o‘tgan.

👉 https://kun.uz/06007878

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning sheriklari qamaldi

40 yoshli ayol bungacha ham 12 marta sudlangani ma’lum bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/54735260

Kun.uz rasmiy kanali
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi

Avvalroq Tojikiston TIV so‘nggi bir necha hafta ichida mamlakat fuqarolarining Rossiyaga kirishiga ommaviy to‘sqinlik qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

📹 👉 https://kun.uz/61082483

Kun.uz rasmiy kanali
Hududlarda tabiiy resurslardan qarzdorliklarni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan mas’ullar ushlandi

Andijonda elektr tarmoqlari korxonasi elektromontyori, Toshkentda suv ta’minoti tashkilotining inspektori, Samarqandda “Hududgaz” xodimi ushlagan.

👉 https://kun.uz/33977113

Kun.uz rasmiy kanali
«MY» autsayderni yengolmadi, VAR «Chelsi»ni gollardan mahrum qildi. Kun o‘yinlari

Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/71719808

Kun.uz rasmiy kanali
G‘azo sektoridagi shifoxona hududidan ommaviy qabrlar topildi

Uchta birodarlik qabrida 392 kishining jasadi aniqlangan. BMTga ko‘ra, ayrim qurbonlarning qo‘llari bog‘liq holda bo‘lgan. Falastin va Isroil bir-birini ayblamoqda.

👉 https://kun.uz/60504494

Kun.uz расмий канали
RF armiyasining navbatdagi raketa zarbasi Xarkivdagi psixiatriya shifoxonasiga yo‘llandi. Urush suratlari

Urushning 794-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/32528469

Kun.uz расмий канали
Sirdaryoda yong‘in sodir bo‘lgan uydan qotillik alomatlari bilan ayol va ikki bolaning jasadi topildi

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/02804910

Kun.uz расмий канали
Energetika islohotiga birinchi qadam qo‘yildimi? Otabek Bakirov bilan suhbat

1 maydan maishiy iste’molchilar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha ijtimoiy norma kuchga kirib, yangi differensial tariflar amal qila boshlaydi. Kun.uz muxbiri bu jarayonda paydo bo‘layotgan qator savollarni iqtisodchi Otabek Bakirov bilan muhokama qildi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi

Unga shuningdek xizmat libosi va faxriy yorliq berilgan.

📸 👉 https://kun.uz/40738494

Kun.uz расмий канали
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi

Ocheretino qishlog‘i hududida mudofaa chizig‘i yorib o‘tilishi Ukraina qurolli kuchlari uchun deyarli butun Donetsk oblastidagi mag‘lubiyat xavfini tug‘diradi. RF qurolli kuchlari AQSh yordami frontga yetib kelmasidan kattaroq yutuqqa erishishga harakat qilmoqda.

👉 https://kun.uz/37373379

Kun.uz расмий канали
Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yubordi

Jabrlanuvchi ayolning jarohatlari jiddiy bo‘lishiga qaramasdan IIB profilaktika inspektori uning ota-onasidan bemorni shifoxonadan olib ketishni talab qilgan.

👉 https://kun.uz/66742897

Kun.uz расмий канали
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?

Entoni Blinkenning Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvi global beqaror geosiyosiy fonda yuz berdi. Uchrashuvlar yopiq tarzda o‘tgan bo‘lsa-da, asosiy muhokama mavzulari haqida mujdalar bor. Xo‘sh, Si Jinping «qizil chiziqlar» deganda nimani nazarda tutdi?

📹 TO‘LIQ VIDEONI KO'RING
Qatar Airways Doha-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Shu yilning 2 iyun kuni Doha-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/07951419

Kun.uz rasmiy kanali
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda

Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga yurishini ortga surish uchun Isroil va Hamas o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga erishishga urinishlar davom ettirilmoqda.

👉 https://kun.uz/18547489

Kun.uz расмий канали
O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi meva-sabzavotlar eksporti statistikasini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/63516079

Kun.uz rasmiy kanali
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi

Bir qator OAV xabarlariga ko‘ra, «GUR» va «SBU»ning rasmiy botlari, Ukraina janubi bo‘yicha koordinator bot va dronlarni kuzatish uchun havo hujumidan mudofaa botlari bloklangan. «GUR» boshqa platformalarda bot funksiyalarini tiklayotgani haqida xabar berdi.

👉 https://kun.uz/30194479

Kun.uz rasmiy kanali
Tbilisida namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi

«Chet el agentlari» haqidagi qonunga qarshi minglab kishilarning navbatdagi namoyishi ishtirokchilari hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi mitingi uchun tayyorlangan sahnani qo‘riqlayotgan politsiya xodimlari bilan to‘qnash keldi. Rasmiylar maxsus kuchlarni chaqirtirgan.

📸 👉 https://kun.uz/97438004

Kun.uz rasmiy kanali
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi

Bir kun avval pichoqlanishi tufayli halok bo‘lgan ikki Ukraina fuqarosi yaralanganidan keyin reabilitatsiyada bo‘lgan harbiy xizmatchilar edi, deb xabar berdi Ukraina TIV.

👉 https://kun.uz/35779945

Kun.uz rasmiy kanali