Qaraqalpaqstan | Kun.uz
3.91K subscribers
4.84K photos
972 videos
4.98K links
Kun.uz’dıń Qaraqalpaqstan Respublikasına tiyisli xabar hám jańalıqlar rásmiy kanalı.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jiberiw ushın 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️ 13-iyun kuni Nukus tumanining «Taqirko‘l» va «Qutanko‘l» hududlarida soat 10:00dan 18:00gacha gaz bo‘lmaydi.

▪️ Xo‘jayli tumanida yo‘lni to‘smoqchi bo‘lgan 7 nafar shaxsning 2tasi 7 sutkaga qamaldi.

▪️ Nukus shahrida qidiruvda bo‘lgan shaxs YPX inspektori tomonidan qo‘lga olindi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qoraqalpog‘istondagi kiberjinoyatchilik holati haqida ma’lumot berildi

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Jo‘qarg‘i Kenges sessiyasida ma’lum qilishicha, kiberjinoyatchilikning dastlabki holatlari Qoraqalpog‘istonda 2020-2021-yillarda qayd etilgan.

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Amanbay O‘rinbayevning aytishicha, 2021-yilning 12 oyi davomida Qoraqalpog‘istonda bank plastik kartalaridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan yechib olish holatlari bo‘yicha jami 33 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shundan 11 ta jinoyat ishi ochilgan. 17 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi vaqtincha to‘xtatilgan. Qolgan 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Vazir Amanbay O‘rinbayevning qo‘shimcha qilishicha, 2022-yilning dastlabki 3 oyi davomida 5 ta kiberjinoyatchilik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda qasddan odam o‘ldirish jinoyati 100 foizga ortib ketgan tumanlar ma’lum qilingandi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonliklar Kegeylini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Hozirgacha qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

👉 https://kun.uz/84765353

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Nukusda elektr ta’minoti korxonasi xodimlaridan metallolom uchun pul yig‘ilayotgani ma’lum bo‘ldi

Nukus shahar elektr ta’minoti korxonasi injyeneri tomonidan qonunga xilof ravishda ishchi xodimlarning har biri 360 kilogrammdan qora metall va 15 kilogrammdan rangli metall olib kelishga yoki metallolom o‘rniga 250 ming so‘mdan pul yig‘ib berishga majburlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/uz/11556023

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziriga o'rinbosar tayinlandi

▪️ Mahmud Abdijaliyev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari etib tayinlandi.

🔺 Mahmud Abdijaliyev bunga qadar Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Zamonaviy feodalizm» - Kun.uz multfilm

Feodalizm bir qarashda tarixda qolgandek bo‘lsa-da, uning ko‘plab jihatlari hozir ham barhayot. Neofeodalizm insoniyatning bir qismini hamon taraqqiyotdan to‘sib turibdi. Bunday jamiyatlarda sanoqli odamlar boy, qolganlar esa u yoki bu shaklda ularga xizmat qiluvchilar bo‘lib qolmoqda.

🎞 Kun.uz'ning barcha multfilmlari

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Davlat organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xabar berdi.

👉 https://kun.uz/uz/72130364

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

Qoraqalpog'iston Respublikasiga oid yangiliklarni Kun.uz saytining Qoraqalpog'iston bo‘limida kuzatib boring.

☝️ O‘zbekiston va xorijdagi eng muhim yangiliklaridan boxabar bo‘lib borish uchun Kun.uz'ning asosiy Telegram-kanaliga obuna bo‘ling👇

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega Turkiyaga ketishadi?

SUBYEKTIVchilar yangi ko‘rsatuv olish uchun Istanbulga bordi. Xo‘sh, minglab hamyurtlarimiz yaxshi hayot izlab borayotgan shaharda ularni nimalar kutadi? Istanbulda ish topish, yashab ketish qanchalik oson, u yerdagi o‘zbeklar hayoti qanaqa?

Vatandoshlarimizning uylarida mehmon bo‘lib, shu kabi savollarga javob oldik va shanba oqshomingiz uchun doimgidek sifatli kontent tayyorladik.

🍿📹 TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Manzil”: Cho‘l o‘rtasida gaz qaziyotgan burg‘ilovchilar

Buxoro cho‘llari qa’riga 200 km yurib, qum barxanlari oralab kirib borsangiz, jazirama issiqda ishlayotgan insonlarni ko‘rasiz. Ba’zan 65°C issiq sharoitda ham ishlaydigan bu hamyurtlarimiz – “O‘zbekneftgaz”ning “O‘zneftgazburg‘ilash ishlari” korxonasi xodimlari – “Manzil” loyihasining navbatdagi qahramonlari.

👉 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga oid moddalarini o‘zgartirmaslik kerakligini aytdi

Nukusga yetib borgan prezident Shavkat Mirziyoyev, Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70-, 71-, 72-, 74-, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ta’kidladi.

Konstitutsiyani takomillashtirishga oid qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi 4 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

👉 https://kun.uz/uz/58764569

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Shavkat Mirziyoyev: Takliflardan kelib chiqib Konstitutsiya loyihasi o‘zgaradi va takomiliga yetkaziladi

Prezident Nukusdagi namoyish haqida gapirarkan, shunday dedi: “Xalqimiz hukmiga havola etilgan mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hali qabul qilinmagan, umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan, xolos. Yana bir bor ta’kidlayman: fuqarolarimizning xohish-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyiha o‘zgaradi va takomiliga yetkaziladi”.

👉 https://kun.uz/uz/48787233

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
“Osoyishtalikni buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga qonun doirasida qat’iy choralar ko‘riladi” — prezident

“Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonni albatta birgalikda quramiz! Shu sohadagi barcha islohotlarimiz, muhokamalarimiz, hech shubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oshirilishi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kengesdagi chiqishida.

Prezident fuqarolarni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish ko‘rishga, turli g‘arazli chaqiriqlarga berilmaslikka da’vat etdi.

👉 https://kun.uz/04999981

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonlik jurnalist: “Vaziyatdan tashqi kuchlar foydalanib qolishidan xavotirda edim”

Qoraqalpog‘istonlik taniqli jurnalist Hurliman Nurjanova tartibsizliklar avj olib ketishidan xavotirga tushgani, prezidentning so‘zlaridan keyin ancha xotirjam bo‘lganini aytdi. “Shunday vaziyatda odamlarning emotsiyasidan foydalanadigan kuchlar tashqaridan kelishi mumkin degan qo‘rquvim bor edi”, dedi u va boshqalarni ham xotirjamlikka chorladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusga borib, Qoraqalpog‘iston aholisi bildirgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70-75-moddalari o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Nukusdagi voqealarda bizni alohida-alohida xalqlar degan sovet targ‘ibotining ham o‘rni bor” — Alisher Qodirov

“Bizni alohida-alohida xalqlar, manfaatlari boshqa, taqdiri boshqa, orzu-havaslari boshqa-boshqa millatlarga aylantirish xohishi bilan olib borilgan sovet davrining maxsus ideologik eksperimentlari bugungi kunda xalqning qaysidir qismida o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti”, deydi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov.

📹 To‘liq suhbatni tomosha qiling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: “Qoraqalpoq xalqining roziligisiz birorta ham modda o‘zgarmaydi”
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Shamsuddin Bahauddinov aholini provokatsiyaga berilmaslikka va tinchlikning qadriga yetishga chaqirdi

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qiyin paytda prezidentning o‘zi kelishi bizga ishonch berdi” — Nukusda vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargani aytildi

Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari birlashmasi raisi Ulug‘bek Jalmenovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, prezidentning qoraqalpoq xalqiga murojaatidan keyin Nukusdagi tartibsizliklar to‘xtagan.

👉 https://kun.uz/uz/12820729

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abatbay Daniyarov qoraqalpoq xalqiga: “Vaziyatni bosiqlik bilan hal qilishimiz kerak”

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Abatbay Daniyarov xalqdan masalaga namoyishlar bilan emas, bosiqlik bilan yondashishni so‘radi.

👉 https://kun.uz/uz/74755856

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Qaltis paytdagi qat’iy va to‘g‘ri qadam

Konstitutsiya loyihasi e’lon qilinib, muhokamalar davom etarkan, rasmiylar aholi fikrini eshitishga tayyorligini aytib keldi. Biroq Qoraqalpog‘istonda avvaliga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan noo‘rin talqin yetarlicha tushuntirish berilmagani oqibatida kengroq yoyilib, ehtimoliy kuchlar qo‘llovi yordamida mitinggacha yetib bordi. Yuzaga kelgan vaziyatda prezident oqilona va pragmatik yo‘l tutdi, o‘z vaqtida keskinlik avj olishining oldi olindi.

👉 https://kun.uz/uz/46437040

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari