Nodirabegim
2.33K subscribers
3.9K photos
169 videos
37 files
2.12K links
Adiba va tarjimon Nodirabegim Ibrohimovaning ijodiy kanali.

@nodirabegim_bot
Download Telegram
Forwarded from Mutolaa olami
#AnnaDostoyevskaya
#xulosa

Asarni ikki kun oldin tugatdim. Ammo oʻshandan beri oʻzimni qadrdon boʻlib qolgan narsamni yoʻqotgandek his qilyapman. Avval boshda oʻqishni bas qilmoqchi boʻldim, chunki tabiatan odamlarning ochiqdan ochiq tahqiriga mutlaqo chidamsizman. Muallifga, uning turmush oʻrtogʻi - sevimli yozuvchimga nisbatan bu kabi davomiy tahqirlar asabimni anchagina egovladi. Shubhasiz, Dostoyevskiy Annaga qadar ham yaxshi asarlar yozgan boʻlishi mumkin, ammo bundan buyogʻidagi nihoyatda tang vaziyatda u bu qadar goʻzal asarlar yozolmas edi.

Asarda bir insonni butun kamchiliklari bilan qabul qilgan, uning tinchlanishi uchun moddiy zarar keltirishi tayin boʻlgan ishlarga daʼvat qilishdan ham chekinmaydigan kuchli ayol va uning buyuk yozuvchiga qanchalik dastak boʻlgani haqida hikoya qilinadi.

Muallif boshida oʻzining asar yozishda noʻnoq ekanligini aytib, oldindan uzr soʻragan boʻlsa-da, men bu kitobni Dostoyevskiyning oʻz asarlaridan kam hayajon bilan oʻqimadim.

Doimiy gap: har qanday buyuk erkak ortida büyük ayol turadi. Bu siyqa gap tuyilishi mumkin, ammo haqiqat. Umumlashtiradigan boʻlsak, har qanday buyuk inson ortida buyuk qoʻllab-quvvatlovchilar turadi. Jinsi farqsiz.

Hech kim oʻz-oʻzidan yuksalib qolmaydi, oʻz-oʻzidan mashaqqatlarni yengib oʻta olmaydi. Unga hech boʻlmasa, oddiy daldasi bilan kuch berib turadigan kimdir kerak.

Shoira Zulfiya aytgani kabi:

Suyanch boʻlmasaydi, odamzod albat,
Oʻzi kashf etardi kashf etganday baxt.

@mutolaa_olami