Muxtasarul viqoya🍃
97 subscribers
980 photos
128 videos
2 files
153 links
إن مع العسر يسرا🍃

•14.09.2021
Download Telegram
#eslatma

Bu yilgi Baroat kechasi milodiy 17-mart payshanbadan 18-mart jumaga oʻtar kechasiga toʻgʻri kelmoqda!

Baroat kechasini zikr, duo va turli ibodatlar bilan bedor oʻtkazish mustahab amallardan sanaladi.

#hadis

Abu Muso Ashʼariy rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida rahmat nazari bilan qarab, shirk keltiruvchi va qalbida birorta musulmonga nisbatan gina-adovat saqlovchi kishilardan boshqa barcha maxluqlarini magʻfirat qiladi”.
Imom Ibn Moja, Imom Bayhaqiy rivoyati.

Alloh barchamizni magʻfirat qilsin 🍃

@muxtasarul_viqoya
#ayollarga #eslatma

«Nabiy sallallohu alayhi vasallam dedilar: «Qaysi ayol eri undan rozi bo‘lgan holda vafot topsa, jannatga kiradi» (Ibn Moja rivoyati).

Musulmon odamga turmushga chiqqan ayol eri oldidagi Islom dini ko‘rsatgan vazifalarni ado etmog‘i lozim bo‘ladi. Ular ichida eng muhimlari quyidagilar:

1. Erining hurmatini joyiga qo‘yib, unga itoat qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar insonga sajda qilish mumkin bo‘lganida edi, ayolni o‘z eriga sajda qilishga buyurgan bo‘lardim» (Nasoiy, Ahmad va Hokim rivoyati). Bundan murod eriga sajda qildirish emas, balki erning fazli va uning haqqi qanchalar ulug‘ligini bayon qilishdir.

2. Ayol erining mol-mulkini muhofaza qiladi.
«Sizlarga erkak kishi ega bo‘ladigan yaxshilik haqida xabar beraymi? U soliha ayoldir-ki, eri unga qarasa, surur baxsh etadi, buyursa, itoat qiladi va biror joyga chiqsa, uning mol-mulkini muhofaza qiladi» (Abu Dovud rivoyati).

3. O‘z go‘zalligini faqat o‘z eriga taqdim qiladi va o‘zini nomahram nigohlardan saqlaydi.
«Qaysi bir ayol erining uyidan boshqa joyda kiyimlarini yechsa, o‘zi bilan Alloh azza va jalla o‘rtasidagi hayo pardasini yirtibdi» (Ahmad, Ibn Moja, Hokim rivoyati).

4. Oilaviy sirlar hamda jinsiy munosabatlarni boshqalarga oshkor qilmaydi.
«Qiyomat kuni Alloh nazdida eng ulug‘ omonatga xiyonat qilish- bu bir inson ayoliga yaqinlik qilib, so‘ng uning sirini oshkor qilishidir» (Abu Dovud, Ahmad va Bayhaqiy rivoyati). Demak, er va xotin o‘rtasidagi sirni ochgan kimsa qiyomatda eng tuban darajada bo‘lish bilan birga, eng ahamiyatli omonatga xiyonat qilgan hisoblanar ekan.

5. Erining jinsiy ehtiyojini qondiradi.
«Agar erkak ayolini to‘shagiga chaqirsa-yu, u kelishdan bosh tortsa, farishtalar uni tong otguncha la’natlaydilar» («Fathul Boriy ’ala Sahihul Buxoriy»).

6. Erini behudaga g‘azablantirmaydi.
Hadislarning birida «Erini g‘azablantirgan ayolning to eri rozi bo‘lmagunicha namozlari qabul bo‘lmaydi va undan osmonga yaxshi amal ko‘tarilmaydi», deyiladi (Ibn Hibbon rivoyati). Ammo shariatda ta’qiqlangan ishlarda eriga itoat qilinmaydi va ushbu sabab bilan erini darg‘azab qilsa, gunohkor bo‘lmaydi.

7. Ayrim ishlar uchun eridan ruxsat oladi.
«Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz ro‘za tutishi va uning iznisiz uyiga birovni kiritishi halol emas» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilgan). Biroq, erning ham asossiz ravishda hali uni, hali buni ta’qiqlashga haqqi yo‘q.

Abu Muslim tayyorladi

@muxtasarul_viqoya
#erkaklarga #eslatma

Erning burchi nimadan iborat?

Erkakning o‘z ayoli oldida moddiy va ma’naviy burchlari bordir. Moddiy burchga to‘xtaladigan bo‘lsak, erkak kishi ayolining barcha ta’minotini hozirlab qo‘yishi lozim. Avvalo, ayol kishiga mahr berishi vojibdir. Mahr esa ayolning haqqidir. Erkak kishi bundan malollanmasligi va qochmasligi zarur. Payg‘ambarimiz bu amalni targ‘ib qilganlar. Shunday ekan mahrni o‘z o‘rnida ado etish lozim.

Shuningdek, oila qurilgandan keyin barcha moddiy ta’minot erkak kishining bo‘ynida bo‘ladi. Lekin bugungi kunda ba’zi erkaklar oilaning moddiy ta’minotidan qochmoqda, kerak bo‘lsa moddiy tomonlama barcha kamchiliklarni ayolining zimmasiga yuklab qo‘ymoqda. Bizni eng xafa qiladigan yana bir vaziyat – ba’zi otalar o‘z farzandining ta’minoti haqida butkul o‘ylashmaydi. Hattoki, ayoliga yuklab qo‘yganlari ham bor. Lekin Qur’oni Karimda va hadisi shariflarda oilaning ta’minoti erkak kishining zimmasida ekanligi aytilgan.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “O‘zing kiyganingdan kiydir, ichganingdan ichir, yeganingdan yedir. Mana shu ayolning senda bo‘lgan haqqidir”, deya marhamat qilganlar. Erkaklar bilishsinki, buning natijasida yelkalaridagi burch soqit bo‘ladi hamda ajrga ega bo‘lishadi. Shuning uchun ham bundan bo‘yin tovlamaslik kerak. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Ayolingni og‘ziga olib borgan bir dona luqma bilan ham ajr topasan”, deganlar. Ayol kishining barcha zaruriy ehtiyojlarini qondirgan erkak hech qachon buni minnat qilmasligi zarur. Chunki bu Alloh taoloning amridir.

Shu bilan birgalikda erkak kishi ayoliga nisbatan xushmuomala bo‘lishi lozim. Bu esa uning ma’naviy burchidir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Sizlardan eng yaxshingiz, ayoliga yaxshi munosabatda bo‘lganingizdir. Ichingizda ahli ayoliga nisbatan yaxshi bo‘lganingiz mendirman”, deganlar. Erkaklarimiz Payg‘ambarimizga ergashgan holatda o‘z ayollariga yaxshi muomala qilishlari kerak. Shu o‘rinda ba’zi erkaklar “Biz ularga yaxshi gapirsak, ayollar o‘zidan ketib qolishadi, erkalanib ketadi va boshga chiqib oladi”, degan gaplarni ham aytishdi. Ularning xayolida ayol kishiga qattiq turish kerak, degan tushuncha bor. Bu esa sunnatga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Zimmasida Islom dinini da’vat qilishdek buyuk vazifa turgan zot o‘z ayollariga yaxshi munosabatda bo‘lib butun mo‘minlarga go‘zal o‘rnak bo‘lganlar. Shuning uchun har xil bahonalar qilish umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ahli ayollariga shu darajada e’tibor qaratardilarki, bir kuni Oysha rodiyallohu anhaga “Ey, Oysha! Seni mendan qachon rozi bo‘lishingni ham, qachon norozi bo‘lishingni ham bilaman”, dedilar. Oysha onamiz hayron bo‘lib “Qanday qilib meni rozi bo‘lganimni va norozi bo‘lganimni bilasiz?”, deya so‘radi. Shunda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Qachonki, sen norozi bo‘lsang “Ibrohimning Robbisiga qasam” deb gapirasan. Agar rozi bo‘lsang, “Muhammadning Robbisiga qasam” deya gapirasan”, dedilar. Bu suhbatdan keyin Oysha onamiz “Bundan keyin faqat “Muhammadning Robbisiga qasam” deyman”, dedilar. Payg‘ambarimizning zukkoliklariga qarang! O‘z ayollarini gapirayotgan gapidan rozi yoki norozi ekanliklarini bilib olar ekanlar.

Hozirgi kunda ko‘pchilik erkaklar o‘z ayollariga qo‘pol munosabatda bo‘lishmoqda. Qur’oni Karimda esa ayollar bilan yaxshi munosabatda bo‘lib yashashga buyurilgan. Ya’ni, “Ahli ayolingiz bilan yaxshi yashashni yo‘lga qo‘ying”, deyilgan. Hattoki ajrashayotganda ham yaxshilik bilan ajrashishga buyruq qilingan. “Yo ayollarni yaxshilik bilan ushlab turing, yoki yaxshilik bilan qo‘yib yuboring” degan xitoblardan xulosa qila olamizki, er va xotin ajrashayotganda ham yaxshilik bilan ajrashishlari kerak.

Yana bir achinarli holatlardan biri shuki, ba’zi erkaklar o‘z ayolining yaqinlarini umuman hurmat qilishmaydi. Bundan tashqari qarindoshlari bilan muloqot qilishdan ham cheklab qo‘yishadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida sahobalardan biri o‘tirgan edi.
#eslatma

Boʻlajak jufti halolingizni internet tarmoqlaridan qidirmang...)

@muxtasarul_viqoya
Forwarded from JO'YBORI KALON.UZ
#eslatma

Ayoldan itoat, erdan masʼuliyat🍃

Alloh taolo Qur’oni karimning “Niso” surasida bunday marhamat qiladi:

“Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar” (34-oyat).

Rahbarlik doimo katta masʼuliyat talab etadi. Shuning uchun ham bu masʼuliyat nozik tabiat ayolga emas, ham ruhan, ham jismonan kuchliroq boʻlgan erkakka yuklatilgan. Bundan kelib chiqadiki, Alloh taolo ayollarni past sanagani uchun emas, balki ularning nozik jussalariga bu masʼuliyat qiyinchilik tugʻdirgani uchun ham erkakni rahbar etib tayinladi. Shu sababli er kishi rahbarlik ruhida yaratilgan va doimo rahbarlikka intiladi. Bunga javoban ayol itoatkor boʻlsa, risoladagidek oila tashkil topadi.
Ayol ayoldek, erkak erkakdek boʻlmogʻi lozim. Ayoldan itoat, erdan masʼuliyat talab qilinadi.
Baʼzida ayollar eplay olmasliklariga qaramay, oiladagi rahbarlikni oʻz qoʻllariga olishni istab qolishadi. "Mening aytganim aytgan, deganim degan boʻlishi kerak!" , deya talab qoʻyadilar. Hurmatli ayollar! Hoʻp sizga shunday imkoniyat berildi ham deylik, siz oilada rahbarsiz, bir joyda ikki rahbar boʻlmaydi va oila bundan mustasno emas. Shunday ekan siz rahbar boʻlsangiz, eringiz sizga itoat qilishi kerak boʻlib qoladi. Endi aytingchi sizga ayolga oʻxshash er kerakmi?

Erkaklar ham oʻz oʻrnida masʼuliyatli boʻlishilari kerak, axir sizlarga ham erkak shoda ayol kerak emasku!

Bundan kelib chiqadiki, hammasi oʻzingizga bogʻliq.

Jo'ybori Kalon ayol-qizlar oʻrta maxsus taʼlim muassasasi 2-kurs talabasi Zarnigor Mahmudova

@Juyborikalon
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
"Ummatimning birortasi doʻzaxda boʻlsa, rozi emasman" degan zotga ummat qilgan Allohga cheksiz hamd boʻlsin...)
Va ana oʻsha zotning oʻziga toʻxtovsiz salovatlar boʻlsin...)

Juma ayyomingiz xayrli amallarga toʻla boʻlsin🫀

#eslatma

Rosululloh solallohu alayhi vassalam: ,,kim menga juma kuni ko'p salovat aytsa Qiyomatta unga shafoatchi bo'laman'', deganlar.

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad🍃

@muxtasarul_viqoya
#eslatma

Faqirning oldida boyliging, mol-mulklaring haqida gapirma.
Bemorning oldida sog‘liging haqida gapirma.
Zaifning oldida kuch-quvvating haqida gapirma.
Baxtsizning oldida baxt-saodating haqida gapirma.
Mahbusning oldida hurriyating haqida gapirma.
Pushtsizning oldida bolalaring haqida gapirma.
Yetimning oldida otang haqida gapirma.🍃

@muxtasarul_viqoya🍃
#hadis

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Ey o'g'ilcham, (bir ishni koʻrsatib) bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni o'z hayotiga tatbiq etsa, batahqiq, menga muhabbat qilibdi. Kim meni yaxshi ko'rsa, jannatda ham men bilan birga bo'ladi”.


#kun_sunnati

Dushanba va payshanba kunlari roʻza tutish sunnat. Agar qodir boʻlsangiz ertaga siz ham roʻza tuting😊

#hadis #dalil

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam dushanba va payshanba kuni ro‘zasini topishga harakat qilardilar” (Termiziy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih).

#eslatma

Nafl ro‘zani har qanday kunda tutsa bo‘ladi. Ammo yolg‘iz juma kunini xoslab ro‘za tutishdan qaytarilgan. Yana iyd kunlari, tashriq kunlari ro‘za tutilmaydi. Sababi bu kunda musulmonlar bayram qiladi. Bayram yegulik va ichimliklarsiz bo‘lmaydi. Shu ma’noda bayram kunlarida ro‘za tutishdan qaytarilgan. Vallohu a’lam!


@muxtasarul_viqoya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma
"Biz barcha kitoblarimizda toʻliq "sollallohu alayhi vasallam" deb yozamiz"

•Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh.

Koʻp kanallarda ham ushbu salovat qisqartirib yoziladi. Bunga beeʼtibor boʻlmaslik kerak!

@muxtasarul_viqoya
#hadis

Қатода ибн Нўъмондан ривоят қилинади: “Мен Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Ким Арафа куни рўза тутса, келаси ва ўтган йилги гуноҳлари мағфират қилинади”, деганларини эшитганман”
(Ибн Можа ривояти. Ривоят санади саҳиҳ лиғойриҳий).

#eslatma
Ertaga arafa! Qodir boʻlsangiz roʻzadorlar safiga qoʻshiling😊


@muxtasarul_viqoya
#eslatma
Bugun har kungidan koʻproq salovat aytishni unutmang! Yana bir bor Juma muborak💐

#hadis
Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
" Kim menga bir marta salovat aytsa, Alloh unga 10 ta salovat aytadi, undan 10 ta gunoh oʻchiradi va darajasini 10 barobar oshiradi"
(Nasoiy rivoyati)

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad🫀🍃
#hadis #eslatma

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
“Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи васаллам: “Ким Ашуро кунида аҳли-аёлига кенглик қилса, Аллоҳ таоло унга йилнинг қолганини кенг қилади”, дедилар”.
Имом Байҳақий “Шуабул-иймон” китобида ривоят қилган.

Эслатма! Ашуро куни 2022 йилнинг 8 август, душанба кунига тўғри келади.

@muxtasarul_viqoya
#hadis

Ашуро куни рўза тутиш ўтган бир йиллик гуноҳларга каффорат бўлади. Бу ҳақда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ашуро кунининг рўзаси – Аллоҳдан умид қиламанки – бир йил олдинги гуноҳларга каффорат бўлади”, деганлар (Имом Муслим ривояти).

#eslatma
Ashuro kuni 8-avgustga toʻgʻri keladi. Faqatgina ashuro kuni roʻza tutish joiz emas. Shuning uchun yoki bir kun avval yoki bir kun keyin tutish kerak.

@muxtasarul_viqoya
#eslatma

Yolgʻonning umri qisqa! Barbir bir kun haqiqatlar oshkor boʻladi. Shunday ekan oʻzingizni noqulay ahvolga solib qoʻymaslik uchun ham yolgʻon gapirmang!

@muxtasarul_viqoya
#ayollarga #eslatma

«Nabiy sallallohu alayhi vasallam dedilar: «Qaysi ayol eri undan rozi bo‘lgan holda vafot topsa, jannatga kiradi» (Ibn Moja rivoyati).

Musulmon odamga turmushga chiqqan ayol eri oldidagi Islom dini ko‘rsatgan vazifalarni ado etmog‘i lozim bo‘ladi. Ular ichida eng muhimlari quyidagilar:

1. Erining hurmatini joyiga qo‘yib, unga itoat qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar insonga sajda qilish mumkin bo‘lganida edi, ayolni o‘z eriga sajda qilishga buyurgan bo‘lardim» (Nasoiy, Ahmad va Hokim rivoyati). Bundan murod eriga sajda qildirish emas, balki erning fazli va uning haqqi qanchalar ulug‘ligini bayon qilishdir.

2. Ayol erining mol-mulkini muhofaza qiladi.
«Sizlarga erkak kishi ega bo‘ladigan yaxshilik haqida xabar beraymi? U soliha ayoldir-ki, eri unga qarasa, surur baxsh etadi, buyursa, itoat qiladi va biror joyga chiqsa, uning mol-mulkini muhofaza qiladi» (Abu Dovud rivoyati).

3. O‘z go‘zalligini faqat o‘z eriga taqdim qiladi va o‘zini nomahram nigohlardan saqlaydi.
«Qaysi bir ayol erining uyidan boshqa joyda kiyimlarini yechsa, o‘zi bilan Alloh azza va jalla o‘rtasidagi hayo pardasini yirtibdi» (Ahmad, Ibn Moja, Hokim rivoyati).

4. Oilaviy sirlar hamda jinsiy munosabatlarni boshqalarga oshkor qilmaydi.
«Qiyomat kuni Alloh nazdida eng ulug‘ omonatga xiyonat qilish- bu bir inson ayoliga yaqinlik qilib, so‘ng uning sirini oshkor qilishidir» (Abu Dovud, Ahmad va Bayhaqiy rivoyati). Demak, er va xotin o‘rtasidagi sirni ochgan kimsa qiyomatda eng tuban darajada bo‘lish bilan birga, eng ahamiyatli omonatga xiyonat qilgan hisoblanar ekan.

5. Erining jinsiy ehtiyojini qondiradi.
«Agar erkak ayolini to‘shagiga chaqirsa-yu, u kelishdan bosh tortsa, farishtalar uni tong otguncha la’natlaydilar» («Fathul Boriy ’ala Sahihul Buxoriy»).

6. Erini behudaga g‘azablantirmaydi.
Hadislarning birida «Erini g‘azablantirgan ayolning to eri rozi bo‘lmagunicha namozlari qabul bo‘lmaydi va undan osmonga yaxshi amal ko‘tarilmaydi», deyiladi (Ibn Hibbon rivoyati). Ammo shariatda ta’qiqlangan ishlarda eriga itoat qilinmaydi va ushbu sabab bilan erini darg‘azab qilsa, gunohkor bo‘lmaydi.

7. Ayrim ishlar uchun eridan ruxsat oladi.
«Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz ro‘za tutishi va uning iznisiz uyiga birovni kiritishi halol emas» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilgan). Biroq, erning ham asossiz ravishda hali uni, hali buni ta’qiqlashga haqqi yo‘q.

Abu Muslim tayyorladi

@muxtasarul_viqoya
#erkaklarga #eslatma


Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Аввало, Қуръони карим ва Суннатдаги насиҳатларнинг кўпчилиги эркакларга қаратилганини эслатишимиз лозим. Аммо, шу билан бирга, алоҳида уларга қаратилган насиҳатлар ҳам мавжуд. Мазкур насиҳатлардан баъзиларини тақдим этишга ижозат бергайсиз.

«Сен эр ўлароқ, билки, аёлинг аёл бўлганлиги учун сендан бошқача услуб билан тафаккур ва тасарруф қилади, унинг нафсониятини фаҳмлашинг ва эҳтиромини қозонишинг учун қуйидаги насиҳатларга амал қилишинг керак бўлади:

1. У ҳам сен каби тасарруф қилиши керак деб ўйлама. Чунки у сендан бошқача яратилган.

2. Уни эътиборсиз қолдирма. Унга муҳаббат, меҳр ва омонлик ҳадя эт. Чунки у аёллик табиати ила мазкур нарсаларга муҳтождир.

3. Унинг шикоятларини эътиборсиз қолдирма. Аёл киши ҳар доим маънавий ва меҳрли қўлловни истайди.

4. Унга совғалар тақдим қилишда бахил бўлма, чунки аёл зоти бахил эрни ёқтирмайди.

5. Аҳлини зиёрат қилишига қарши бўлма, агар бунга қарши бўлсанг, унинг муҳаббатини йўқотасан. Аёллар ўз аҳлига кўпроқ боғлиқ бўлади.

6. Гоҳ-гоҳи рашк қилишингни билдириб тур. Бу унинг аёллик иззат-нафсини рози қилиб туради.

7. Унга лутф кўрсат, аёллигини қондириб тур.

8. Унинг айбларини юзига солма. У танқидни ёқтирмайди.

9. Ундан юз ўгирма. Аёл киши ўзига қулоқ тутганни яхши кўради.

10. Унга хиёнат қилма. Аёл учун энг оғир нарса эрининг хиёнат қилишидир.

11. Унинг ўзини ҳам, ҳис-туйғуларини ҳам масхара қилма, чунки у нозик хилқатдир, жароҳатни кўтара олмайди.

12. У сендан талаб қилган нарсани унутма. Акс ҳолда унда «қадр-қийматим йўқ экан» деган тушунча пайдо бўлади.

13. Ундан ёрдамингни аяма. Чунки аёл зоти доимо ўзи ишонадиган ва суянадиган шахсга муҳтождир.

14. Оилавий масъулиятларинг ва ваъдаларингни зинҳор эътиборсиз қолдирма. Уларга амал қилишинг аёлингга бўлган муҳаббатингни ҳис қилдиради.

15. Унинг иккингизнинг муаммоларингизни ҳал қилиш бўйича таклифларини эътиборсиз қолдирма. Агар ундай қилсанг, бу унга аҳамият бермаганлигингни билдиради.

16. Ундан муаммоларни оқилона ва мантиқий ҳал қилишини талаб қилма. Чунки аёл киши одатда кўпроқ отифага – ҳис-ҳаёжонга берилган бўлади.

17. Уйнинг майда-чуйда ишларига кўп аралашма. Бу борада унга ишон. Бу унга уйнинг ҳақиқий бекаси эканини сездириб туради.

18. Уни мақтаб туришдан ғофил бўлма. Унинг кийими, зийнати, пиширган нарсаларини, уй тутишини мақтаб тур. Бу унинг аёллик туйғусини рози қилади.

19. Аёл кишининг ҳомиладорлик, туғиш ва ҳайз каби оғир ҳолатларни бошидан ўтказишини асло унутма. Ўша пайтларда унинг ҳис-туйғуларини янада кўпроқ риоя қилиш лозим.

20. Унинг шахсий ҳурриятини кўп чеклама. Хусусан, ижтимоий алоқаларда.

©Islom.uz

@muxtasarul_viqoya
#tolibi_ilmga #eslatma

~Tolibi ilm bomdoddan oldin turmasa, unda hech qanday fazilat yoʻq.
Bomdodga ham oʻzi turmay, boshqa birov uygʻotgani esa juda uyatlidir!

@muxtasarul_viqoya
#eslatma

✓ Bolalarga Qur'on o'qishni o'rgating,
Qoʻshiq aytishni emas .

✓ Bolalarga masjidda namoz o'qishni o'rgating,
To'ylarda raqsga tushishni emas.

✓ Qizlaringizga hijob kiyishni o'rgating,
“Model"ga oʻxshab kiyinshni emas .

✓ Bolalarga Allohning ismlarini o'rgating,
“Mashhur"larning ismlarini emas.

✓ Bolalarga Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) va sahobalarning hikoyalarini aytib bering,
"Oʻ'rgimchak odam" haqidagi safsatalarni emas.



@muxtasarul_viqoya