Muxtasarul viqoya🍃
100 subscribers
980 photos
127 videos
2 files
153 links
إن مع العسر يسرا🍃

•14.09.2021
Download Telegram
#oyat

Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga Biz amallarini ziynatlab ko`rsatdik. Bas, ular adashib-uloqib yuraverarlar.
(Naml surasi 4-
oyat)

@muxtasarul_viqoya
#oyat
Laylatul Qadr ming oydin yaxshiroqdir.
(Qadr surasi 3-
oyat)

@muxtasarul_viqoya
- Va qiyinchiliklar qanchalik og'ir bo'lmasin, osonlik bilan almashtiriladi. Bu Allohning va'dasidir va bu va'da bizga yetarli🍃

#oyat
إِنَّ مَعَ ٱلْعُسْرِ يُسْرًا
Albatta bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir.

Sharh surasi 6-oyat

@muxtasarul_viqoya
#oyat

Ey iymon keltirganlar! Koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Baʼzilaringiz baʼzilaringizni gʻiybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz oʻzining oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi? Ha, yomon koʻrasizlar. Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh tavbani koʻp qabul qiluvchi va rahmlidir. (Maʼlumki, kimning oʻyiga badgumonlik oʻrnashsa, u odam oʻsha gumonini tasdiqlash uchun hujjat va dalil qidira boshlaydi. Natijada gumon ostidagi odamning oʻziga bildirmasdan, aybini axtarishga tushadi. Buni esa, josuslik, deydilar. Odatda, josuslik deb birovga yomonlik yetkazish niyatida ayblarini va zaif joylarini oʻziga bildirmay yashirincha axtarishga aytiladi. Bu ish ham katta gunohlardandir. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odatlardan pok boʻlmogʻi zarur.)


Hujurot surasi 12-oyat


@muxtasarul_viqoya
#oyat

Эй иймон келтирганлар! Сабр ва намоз ила мадад сўранглар. Албатта, Аллоҳ сабрлилар биландир.

2:153

@muxtasarul_viqoya
#oyat

وَأَنْ يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌ لَهُنَّ ۗ 

Iffat talabida boʻlsalar oʻzlari uchun yaxshidir...

(Nur. 60)

@muxtasarul_viqoya
#oyat

فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg‘on deya olursiz?!
(Rohman surasi)

@muxtasarul_viqoya
#oyat

Boʻshashmanglar! Xafa boʻlmanglar! Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar.

(Oli Imron surasi 139-
oyat)

@muxtasarul_viqoya
#oyat
“Va agar yer yuzidagilarning ko‘plariga itoat qilsang, seni Allohning yo‘lidan adashtiradilar.”
(An’om surasi, 116-oyat)


@muxtasarul_viqoya
Aslida barchasi unchalik murakkab emas - Alloh toqatingizdan ortigʻini bermaydi. Qandaydir qiyinchilik berdimi? Demak, toqatingiz yetishini bilgan🍃

#oyat

"Hech bir jonga imkondan tashqari taklif boʻlmaydi"
(Baqara surasi 233-oyat)

@muxtasarul_viqoya
Sizga kimdir: "gunoh qilma", desa, "oʻzim javob beraman", demang!
Javob bera olmaysiz!

#oyat

“Kimki Allohga taqvo qilsa, uning yomonlik (gunoh)larini o‘chirur va uning mukofotini buyuk qilur” (Taloq surasi 5-oyat).


#hadis

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
“Qayerda bo‘lsangiz ham, Allohga taqvo qiling, agar birorta gunoh qilsangiz albatta, uning ortidan biror savobli ishni qilinki, qilgan gunohingizni o‘chirib yuborsin, insonlarga chiroyli xulq bilan muomala qiling” (Imom Termiziy rivoyatlari).


@muxtasarul_viqoya
#oyat

"Sizlarga Allohdan boshqa doʻst ham yoʻq, yordamchi ham yoʻq"
9:116

@muxtasarul_viqoya
#oyat

"Sizga salomlar boʻlsin! Xush keldingiz! Abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda unga kiringlar".

•Zumar surasi, 73 oyat.


Jannatga kirganda jannat ahliga qo'riqchilar aytadigan so'zlar mana shularidir. Allohim barchamizni Rayyon ila ne'matlantirsin, in shaa Alloh.

@muxtasarul_viqoya
#oyat


الا بذكر الله تطمئن القلوب
(١٣:٢٨)

Allohning zikri ila qalblar taskin topmasmi?

(Ra'd surasi 28-oyat)

Subhan Allah
Alhamdulillah
Allohu Akbar🍃

@muxtasarul_viqoya
"Eng ogʻir vaziyatlarda Qurʼonning taʼsiri oʻzgacha boʻladi. Oyatlar goʻyoki siz uchun nozil boʻlgandek''

@MubashshirAhmad

#oyat

"Guvoh oʻlaroq Alloh yetarli"

Fath surasi 28-oyat

@muxtasarul_viqoya
#oyat

“Ey, mo‘minlar! Ko‘p gumon(lar)dan chetlaningiz! Chunki ba’zi gumon(lar) gunohdir. (O‘zgalar aybini qidirib) josuslik qilmangiz va biringiz biringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni xohlaydimi?! Uni yomon ko‘rasiz-ku, axir! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir”.

(Hujurot surasi, 12-oyat)

@muxtasarul_viqoya
#oyat


«Albatta, (buzuq niyatlardan) bexabar, pokiza, mo‘mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la'natga duchor bo‘ladilar. Ular uchun ulug‘ azob bordir. U Kun(qiyomat)da qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham, qo‘lu oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur» (Nur surasi, 23-24).


@muxtasarul_viqoya
#oyat

Жин ва инсонни фақат Менга ибодат қилишлари учунгина яратдим.
(Зориёт сураси:56)

Alloh Qurʼoni Karimda isnonlarni faqat Unga ibodat qilishlari uchungina yaratgani haqida aytdi. Insonlarning baʼzisi, balki koʻprogʻi ibodatdan boshqa hamma narsa qiladilar.

@muxtasarul_viqoya
#oyat

22.Иш битиб бўлганда шайтон: «Албатта, Аллоҳ сизга ҳақ ваъдани қилган эди. Мен эса сизга ваъда бердим-у, ваъдамга хилоф қилдим. Менинг устингиздан ҳеч қандай ҳукмронлигим йўқ эди. Фақат даъват қилсам, ўзингиз менга ижобат қилдингиз. Бас, мени маломат қилманг, ўзингизни маломат қилинг. Мен сизларни қутқарувчи эмасман, сизлар ҳам мени қутқарувчи эмассизлар. Энди мен, албатта, илгари мени шерик қилганингизни инкор қиламан. Албатта, золимларга, ҳа, уларга аламли азоб бор», – деди.

23.Иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга киритилиб, Парвардигорларининг изни-иродаси билан у жойда мангу қолдилар. Уларнинг (жаннатдаги) салом-аликлари бир-бирларига тинчлик-омонлик тилашдир.
(Иброҳим сураси)


@muxtasarul_viqoya