Muxtasarul viqoya🍃
100 subscribers
980 photos
127 videos
2 files
153 links
إن مع العسر يسرا🍃

•14.09.2021
Download Telegram
#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vassalam:
"Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi ko'rgan boladi. Kimki meni yaxshi ko'rsa, jannatda mening bilan birga bo'ladi" deydilar.
(Termiziy, 4/2678).

#kun_sunnati

Misvok ishlatish sunnat amal.
Har bir sunnat amal borki, uning foydalari juda koʻp

#hadis dan dalil

Misvok borasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yuzdan ortiq hadis vorid bo‘lgan va u zot: «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lishini o‘ylamaganimda albatta ularni har bir namozdan oldin misvok qilish, ya'ni og‘iz va tish tozalashga buyurgan bo‘lardim», deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Sahobiy Hofiz ibn Hojar hamda Ibn Qayyum misvokning o‘ttizdan ortiq foyda va xususiyatlarini sanab o‘tishgan. Bular quyidagilar: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aslo tark etmagan sunnatlari - misvok Allohning roziligiga erishtiradi, og‘izdagi badbo‘y hidlarni ketkazadi, tishlarning chirishi va darz ketishining oldini oladi, milklarni mustahkamlab, qonashi va yiringlashini yo‘qotadi, balg‘amni ko‘chirib, ovozni, talaffuzni yaxshilaydi, yurak, me'da, ko‘z asablarini mustahkamlab, ko‘zni ravshan qiladi, uyquni qochirib, yuzni go‘zallashtiradi, farishtalarni mamnun, shaytonni mahzun qiladi, xotirani kuchaytirib, zehnni ochadi, hasanotlarni ko‘paytiradi va hokazo.

#tabobat

Arok daraxti shoxchalaridan olinadigan misvok haqiqatan ham shifobaxsh, foydali, zarur tish (og‘iz) tozalash vositasidir.
Zamonaviy tib ilmi xulosalariga ko‘ra, misvokning quyidagi foydalari bugunga kelib aniqlandi:

1. Tarkibida ftor moddasi bo‘lgan misvok tishlarning yemirilishi (karies)ning oldini oladi.

2. Misvokda xlor moddasi bo‘lgani uchun tishlardagi turli rang, kir-dog‘larni ketkazadi.

3. Uning tarkibidagi silikat moddasi tishlarni yaxshigina oqartiradi.

4. Misvokdagi fosfor moddasi tishni chirituvchi bakteriyalardan himoyalaydi.

5. Trimetilamin va darmondorilar milklarni yorilishdan asraydi, jarohatlarni tuzatadi va tishlar sog‘lomligini ta'minlaydi.

Shuning uchun musulmonlar tahorat vaqtida va Qur'on qiroatidan avval, uyquga yotishdan oldin va uyqudan turgach, ovqatdan avval va keyin misvok qilishlari mahbub amallardan hisoblanadi.

@muxtasarul_viqoya