Muxtasarul viqoya🍃
100 subscribers
980 photos
127 videos
2 files
153 links
إن مع العسر يسرا🍃

•14.09.2021
Download Telegram
#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vassalam:
"Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi korgan boladi. Kimki meni yaxshi korsa, jannatda mening bilan birga boladi" deydilar.
(Termiziy, 4/2678).

#kun_sunnati

Hijoma ham sunnat amal😊

#hadis #dalil

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: Shifo uch narsadadir – asal ichishda, mehjam (hijomada ishlatiladigan asbob)ning tilishida (ya’ni, Hijoma qildirishda) va o’t bilan kuydirishda. Va (men) ummatimni o’t bilan kuydirib (davolanish)dan qaytaraman?». (Buhoriy: 5269)

#tibbiyot

Quyidagilar Hijoma amaliy ravishda qo’llanib, Alloh Taoloning izni bilan foydasi kuzatilgan hastaliklardir.
1 – Qon aylanish organlaridagi hastalik.
2 – Qon bosimi, yurak hastaliklari.
3 – Ko’krak og’rig’i, nafas qisishi.
4 – Bosh va ko’z og’riqlari.
5 – Bo’yindagi, qorin bo’shlig’idagi og’riqlar hamda muskullardagi bod (rematizm) kasalliklari.
6 – Ba’zi turdagi yurak, ko’krak hastaliklari hamda bo’g’inlardagi og’riqlar va boshqa koʻplab foydalari bor🍃

@islomiy_malumotlar_hadis_fiqh
#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vassalam:
"Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi ko'rgan boladi. Kimki meni yaxshi ko'rsa, jannatda mening bilan birga bo'ladi" deydilar.
(Termiziy, 4/2678).

Shu hadisga amal qilgan holda sizlar bilan har kuni bittadan sunnat oʻrganamiz in shaa Alloh😊

#kun_sunnati
Suvni oʻtirib ichish sunnat.
Hadisdan dalil
#hadis
Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinishicha Rosululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarni suvni tik turgan holatda ichishdan qaytarganlar.(imom Muslim)

#tibbiyot
Doktor Abdurazzoq Al Kilyaniyning “Islomdagi tibbiy dalillar”kitobida yozilishicha: “Ovqat va suvning o‘tirgan holatda yeyish va ichish sog‘liq uchun havfsiz va juda foydalidir. Bu holatda insonning oshqozoni tinch va bo‘shashgan holatda bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida suvni oshqozonga hech qanday to‘siqlarsiz to‘g‘ri kelib tushishini ta’minlaydi. Agar inson tik turgan holatda suvni ichsa, suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri 12 barmoq ichakka o‘tib ketadi. Aksincha, o‘tirib ichilganda suv avval oshqozonga tushib u yerda kislotali muhit bilan qorishadi, bu orqali organizmdagi mikroblarni tozalaydi, so‘ng 12 barmoq ichakka o‘tadi. Shu yo‘l bilan inson organizmi turli kasalliklardan himoyalanadi.

@muxtasarul_viqoya