O‘zKUFning Navoiy viloyat Kengashi
183 subscribers
1.96K photos
169 videos
17 files
708 links
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi.

Veb sayt: www.navoi.kasaba.uz
Facebook: fb.com/navoiyvkutb
Twitter: twitter.com/navoiy_kasaba

☎️ Ishonch telefonlari -1092
+998792260265

📍Manzil: Navoiy shahri, Memorlar 33 uy.
Download Telegram
#mehnat_muhofazasi

🗣 Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan boshlab 28 aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilinib, ushbu kunda dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida dunyo hamjamiyatini ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishining oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinib, turli mavzularda tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

🔵Yurtimizda ham xodimlar (har bir shaxs) xavfsiz va qulay, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashlarining huquqiy asosi sifatida amaldagi Konstitutsiyamizning 42-moddasida mustahkamlanib qo‘yilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda ro‘yobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunda, boshqa bir qator Qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarida belgilangan.

🔵Shuni ta’kidlash joizki, ishlovchilarni sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlashlariga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish muhim o‘rin tutadi. Sohadagi ishlarni olib borishda korxona, tashkilot va muassasalarning boshlang‘ich kasaba uyushmalari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillari va mutaxassislarini o‘rni beqiyosdir.

🔵Korxonalarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish uchun ular o‘z ustilarida doimiy ishlashlari va zamonga hamnafas tarzda faoliyat yuritishlari zarur.
O’zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikdagi aloqalari kuchayib, O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat huquqlarini xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiq ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy baza yaratildi, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi, bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi mamlakatimiz qo‘shilgan xalqaro konvensiyalar samarali amalga oshirilmoqda.

🌐 Web | Facebook | Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘oliblar saralandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston respublikasi sport vazirligi, va O‘zbekiston  respublikasi  yoshlar ishlari agentligining qaroriga asosan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasa (maktab)lari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Navoiy shahar maktab o‘qituvchilari o‘rtasida  “Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining shahar bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra stol tennisi baxsida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin 11-maktab o‘qituvchisi Sn. Eshmuradov, ayollar o‘rtasida 12-maktab o‘qituvchisi M. Eliyeva, shashka musobaqasi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin 11-maktab o‘qituvchisi G‘.Mustafoev, ayollar o‘rtasida 1-o‘rin 14-maktab o‘qituvchisi G.Safarova, Aql gimnastikasi hisoblangan shaxmat musobaqasida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin 2 -maktab o‘qituvchisi Sh.Shirinov, ayollar o‘rtasida  1-o‘rin 6- maktab o‘qituvchisi D.Shermamatova, Millionlar o‘yini bo‘lgan mini-futbol musobaqasida 1-o‘rin 8- maktab jamoasi, Voleybol musobaqasida 1 o‘rin 6- maktab ayollar jamoasi finalda g‘alaba qozonib, viloyat bosqichida ishtirok etishni qo‘lga kiritdi. Shuningdek,  musobaqa ishtirokchilari ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandi.

🌐 Web | Facebook | Telegram | YouTube
Joriy yilning 30-aprel kuni soat 10-00 da Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi o‘quv zalida Nogironligi bo‘lgan kitobxonlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon” ko‘rik – tanlovi Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Navoiy viloyati bo‘limi va Karmana tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida bo’lib o’tdi.
“Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovida faxrli birinchi o‘rinni NDPI o’qituvchisi Jalilov Mirsaid Bektoshovich qo’lga kiritdi.
Tadbir so‘ngida g’oliblar kasaba uyushmasi Kengashi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan munosib taqdirlandi.
Бироздан сўнг Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланади.

Давлатимиз раҳбарининг форум ялпи мажлисидаги нутқини Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📌XOTIN-QIZLAR HAMISHA E'TIBORDA

♻️Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining "Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o'rni va mavqeini yanada oshirishning muhim masalalari" mavzusida o‘tkazgan davra suhbatida Navoiy viloyat "Oqila ayollar harakati" yetakchisi, "Deputat ayollar klubi" a'zosi Anora Bobomurodova boshchiligida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha boshqarma, tashkilot, OTM va NNTlar, MTDP viloyat Kengashidan xotin-qizlar ZOOM orqali ishtirok etishdi.

♻️Suhbatda mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, gender tenglik masalalari atroflicha tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Барча ҳаракатларимиз – Инсон қадри учун”
Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси томонидан 9 май - “Хотира ва қадрлаш куни” умумхалқ байрами муносабати билан инсонлар саломатлиги йўлида жонларини фидо қилган тиббиёт ходимларини хотирлаш, уларнинг оиласи ва яқинлари ҳолидан хабар олиш ҳамда кўп йиллар соҳада фидокорона меҳнат қилиб, ҳозирги кунда пенсияда бўлган меҳнат фахрийлари, касаба уюшма фаолларининг кўп йиллик самарали, беминнат меҳнатларини қадрлаш, эътироф этиш мақсадида бир неча йиллардан буён “Барча ҳаракатларимиз – Инсон қадри учун” деб номланган АКЦИЯ эълон қилинган.
Шу муносабат билан соҳада самарали меҳнат қилиб обрў-эътибор қозонган, аввалги йилларда вафот этган ходимларни хотирлаш, шу билан бирга кўп йиллар давомида самарали фаолият юритган меҳнат фахрийлари ва касаба уюшма фаолларини қадрлаш, Республика кенгаши томонидан эълон қилинган Акцияда қатнашиш мақсадида Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмасининг Навоий вилояти кенгаши ва тармоқ бошланғич касаба уюшмаси раислари, иш берувчилари билан ҳамкорликда соҳада самарали меҳнат қилиб обрў-эътибор қозонган, ўтган аввалги йилларда (2021- 2023 йиллари Ёднома берилмаган) вафот этган соҳа ходимларининг 31 нафари учун Ёднома, тизимда меҳнат қилиб, ҳозирда нафақада бўлган фахрийларни кўп йиллик самарали, беминнат меҳнатларини қадрлаш, эътироф этиш мақсадида 70 нафари учун Қадрнома, кўп йиллар мобайнида соҳа ходимларини ижтимоий-иқтисодий ва меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилиб келаётган 46 нафар касаба уюшмаси фаолларини хизматлари эътироф этилиб, улар учун Қадрномалар топширилди.