O‘zKUFning Navoiy viloyat Kengashi
183 subscribers
1.97K photos
169 videos
17 files
708 links
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi.

Veb sayt: www.navoi.kasaba.uz
Facebook: fb.com/navoiyvkutb
Twitter: twitter.com/navoiy_kasaba

☎️ Ishonch telefonlari -1092
+998792260265

📍Manzil: Navoiy shahri, Memorlar 33 uy.
Download Telegram
#mehnat_muhofazasi

Yaqinda О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining viloyatdagi barcha vakillari ishtirokida seminar о‘tkazildi.
О‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengnashining Navoiy viloyati bо‘yicha mas’ul tashkilotchisi Bahodir Aslonov mazkur tadbirni ochish jarayonida biryо‘la mamlakat qishloq xо‘jaligini isloh qilish, tizimda davlat boshqaruvini yanada shaffoflashtirish, mehnat munosabatlarini tо‘g‘ri shakllantirish, mehnatga haq tо‘lashni bugungi kunga muvofiqlashtirish masalalarida batafsil tо‘xtaldi.

👉 Batafsil

🌐 Web | Facebook |Telegram |YouTube
#mehnat_muhofazasi

🗣 Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan boshlab 28 aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilinib, ushbu kunda dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida dunyo hamjamiyatini ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishining oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinib, turli mavzularda tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

🔵Yurtimizda ham xodimlar (har bir shaxs) xavfsiz va qulay, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashlarining huquqiy asosi sifatida amaldagi Konstitutsiyamizning 42-moddasida mustahkamlanib qo‘yilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda ro‘yobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunda, boshqa bir qator Qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarida belgilangan.

🔵Shuni ta’kidlash joizki, ishlovchilarni sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlashlariga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish muhim o‘rin tutadi. Sohadagi ishlarni olib borishda korxona, tashkilot va muassasalarning boshlang‘ich kasaba uyushmalari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillari va mutaxassislarini o‘rni beqiyosdir.

🔵Korxonalarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish uchun ular o‘z ustilarida doimiy ishlashlari va zamonga hamnafas tarzda faoliyat yuritishlari zarur.
O’zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikdagi aloqalari kuchayib, O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat huquqlarini xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiq ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy baza yaratildi, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi, bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi mamlakatimiz qo‘shilgan xalqaro konvensiyalar samarali amalga oshirilmoqda.

🌐 Web | Facebook | Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM