SFDU/СФГУ/O'KSF
588 subscribers
612 photos
57 videos
304 links
Канал Спортивной Федерации Глухих Узбекистана
Download Telegram
Как известно, 2-12 марта Узбекистан принял участие в XX зимних Сурдлимпийских играх в турецком Эрзуруме. Наши спортсмены участвовали в шахматном виде спорта. Вчера наши спортсмены вернулись домой и ограничились приведенными ниже результатами.

6 место в группе из 13 команд в командном зачете по классическому направлению среди мужчин.

7 место в группе из 13 команд в женском классическом командном зачете.

6 место в группе из 12 команд в командном зачете по рапиду среди мужчин и женщин.

Наши шахматисты также участвовали в индивидуальных соревнованиях. Узнать результаты XX зимних Сурдлимпийских игр по шахматам можно по этой ссылке.

Самое интересное, что наши девушки, принимавшие участие в женских соревнованиях, были самой молодой командой соревнований, а все три шахматистки были подростками.

👉 https://t.me/SFDUz 👈
Xabaringiz bor, 2-12-mart kunlari Turkiyaning Erzurum shahrida 20-Qishki Surdolimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan sportning shaxmat turi bo‘yicha ishtirok etishdi. Kuni kecha sportchilarimiz vatanga qaytishdi va quyida natijalar bilan cheklanishdi.

Erkaklar o‘rtasida klassik yo‘nalishida jamoaviy bahsda 13 jamoadan iborat guruhda 6-o‘rin.

Ayollar o‘rtasida klassik yo‘nalishida jamoaviy bahsda 13 jamoadan iborat guruhda 7-o‘rin.

Erkak va ayollar o‘rtasida rapid yo‘nalishida jamoaviy bahsda 12 jamoadan iborat guruhda 6-o‘rin.

Shaxmatchilarimiz individual bahslarda ham qatnashishgan. Shaxmat bo‘yicha 20-Qishki Surdolimpiya o‘yinlari natijalarini manabu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Eng qizig‘i, ayollar o‘rtasida bahslarda ishtirok etgan qizlarimiz musobaqada eng yosh jamoa bo‘lib, qatnashgan uchta shaxmatchi qizlarning barchasi o‘smir yoshidadir.

👉 https://t.me/SFDUz 👈
⚽️ LLF 3-LIGAнинг илк мавсуми тугади.

⚽️ 10 декабрь куни старт олган LLF 3-LIGAнинг илк мавсуми 17 мартда ўз ниҳоясига етди. Мусобақа 8та жамоа иштирок этди.

👉 Айрим сабабларга кўра, CHEKHOV 4-турдан сўнг ўз иштирокини тўхтатишга мажбур бўлди. Натижада TShTT ўрнига қўшилди ва бемалол айтишимиз мумкин, TShTTнинг қўшилиши Лигамизга янада кучли интрига олиб кирди.

TShTT жамоаси CHEKHOV 4та ўйинда қўлга киритган 1 очко билан мусобақани давом эттирадиган бўлди. Шунга қарамай, кетма-кет ғалабаларга эришиб, ҳатто чемпионлик пойгаси қўшилди.

👉 Лекин барибир маҳорат бобида бошқалардан устун кўринган GOV.RUK якунда биринчи ўринни тантана қилди.

⚽️ Ҳамма гап жамоаларда қолган, Лигамиз уларга ёққан бўлса, бундан хурсандмиз. Камчиликлар учун эса узр сўраймиз.🙏

Барчага катта раҳмат! Янги мавсумда кўришгунча...🔥

Manba: https://t.me/LLF3LIGA

👉 https://t.me/SFDUz 👈
⚽️ LLF 3-LIGA якунлари

🔥 Диёр Муротов - Энг яхши ассистент!

👉 LLF 3-LIGAда GOV.RUK футзалчиси Диёр Муротов "Энг яхши ассистент" совринини қўлга киритди. У мусобақа давомида 18 марта самарали тўп узатишни амалга оширди.

Ушбу эътироф билан Диёр Муротовни табриклаймиз! 👏

Manba: https://t.me/LLF3LIGA

👉 https://t.me/SFDUz 👈
Forwarded from MEDIA PLUS
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida karlar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha 2-Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim musobaqada O‘zbekistondan 16 sportchi, 3 ta murabbiy va 1 delegatsiya rahbari qatnashmoqda.

Mediaplus jamoasi taekvondochilarimizning Jahon chempionatiga tayyorgarlik mashg‘ulotidan lavha olgandi va siz obunachilarga havola qilmoqdamiz. Musobaqa yakunidan keyin umumiy natijani albatta ulashamiz. Terma jamoamizga esa omad tilab qolamiz!

#reportaj

👇Hamkorning ijtimoiy tarmoqlari.
Facebook SICA
Instagram SICA

@media_plus_uz
Forwarded from MEDIA PLUS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida karlar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha 2-Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim musobaqada O‘zbekistondan 16 sportchi, 3 ta murabbiy va 1 delegatsiya rahbari qatnashmoqda.
(imo-ishorada)

#reportaj

@media_plus_uz
Forwarded from A&T
O‘zbekistonliklar Jahon chempionatida ikkinchi!

Xabaringiz bor, Bishkek shahrida tashkil etilgan taekwondo WT bo‘yicha kar va zaif eshituvchi shaxslar o‘rtasidagi 2-Jahon chempionati o‘tkazilayotgani, unda O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham ishtirok etgani haqida yozib, tayyorgarlik jarayonidan reportaj olgandik va musobaqa yakunida umumiy natijani albatta ulashamiz, deb va’da qilgandik. Mana kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Karlar sport fedaratsiyasi vakillari, sportchilarning ota-onalari karnay-surnay sadolarisiz kamtarona kutib olishdi.

Joriy yilning 25– 30 mart kunlari Qirg‘izistonning poytaxtida taekvondo bo‘yicha kar va zif eshtuvchi shaxslar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi. 14 ta davlatdan jami 122 nafar sportchi qatnashgan mazkur musobaqada o‘zbekistonliklar taekvondo vatani bo‘lmish Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

To‘liq maqola: 👉 https://telegra.ph/Ozbekistonliklar-Jahon-chempionatida-ikkinchi-03-31

#yangiliklar

@media_plus_uz
Forwarded from MEDIA PLUS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonliklar Jahon chempionatida ikkinchi!
(imo-ishorada)

#yangiliklar

@media_plus_uz
Forwarded from MEDIA PLUS
Oltinlar bilan boshlangan yil!

10-15-aprel kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida dzyudo bo‘yicha eshitishida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida 2-Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 24 davlatdan 200 nafardan ortiq sportchi qatnashib, 15 komplekt medal uchun kurashdi.

O‘zbekistondan Bahodir Hojiyev qo‘l ostida ishtirok etgan Xumoyun Olimov 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shaxbozjon Shoimov o‘z vaznida musobaqada tengsiz ekanini isbotlab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu bilan joriy yil eshitishida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida tashkil qilingan ikkinchi yirik musobaqada ketma-ket oltin medallarni qo‘lga kiritishgani quvonarlidir.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy taekvondo bo‘yicha 2-Jahon chempionatida O‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgandi.

Oltin medallar seriyasi davomli bo‘lishini tilab qolamiz!

#yangiliklar

@media_plus_uz