SFDU/СФГУ/O'KSF
587 subscribers
612 photos
57 videos
304 links
Канал Спортивной Федерации Глухих Узбекистана
Download Telegram
Forwarded from A&T
O‘zbekistonliklar Jahon chempionatida ikkinchi!

Xabaringiz bor, Bishkek shahrida tashkil etilgan taekwondo WT bo‘yicha kar va zaif eshituvchi shaxslar o‘rtasidagi 2-Jahon chempionati o‘tkazilayotgani, unda O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham ishtirok etgani haqida yozib, tayyorgarlik jarayonidan reportaj olgandik va musobaqa yakunida umumiy natijani albatta ulashamiz, deb va’da qilgandik. Mana kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Karlar sport fedaratsiyasi vakillari, sportchilarning ota-onalari karnay-surnay sadolarisiz kamtarona kutib olishdi.

Joriy yilning 25– 30 mart kunlari Qirg‘izistonning poytaxtida taekvondo bo‘yicha kar va zif eshtuvchi shaxslar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi. 14 ta davlatdan jami 122 nafar sportchi qatnashgan mazkur musobaqada o‘zbekistonliklar taekvondo vatani bo‘lmish Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

To‘liq maqola: 👉 https://telegra.ph/Ozbekistonliklar-Jahon-chempionatida-ikkinchi-03-31

#yangiliklar

@media_plus_uz
Forwarded from mediaplus.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonliklar Jahon chempionatida ikkinchi!
(imo-ishorada)

#yangiliklar

@media_plus_uz
Forwarded from mediaplus.uz
Oltinlar bilan boshlangan yil!

10-15-aprel kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida dzyudo bo‘yicha eshitishida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida 2-Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 24 davlatdan 200 nafardan ortiq sportchi qatnashib, 15 komplekt medal uchun kurashdi.

O‘zbekistondan Bahodir Hojiyev qo‘l ostida ishtirok etgan Xumoyun Olimov 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shaxbozjon Shoimov o‘z vaznida musobaqada tengsiz ekanini isbotlab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu bilan joriy yil eshitishida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida tashkil qilingan ikkinchi yirik musobaqada ketma-ket oltin medallarni qo‘lga kiritishgani quvonarlidir.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy taekvondo bo‘yicha 2-Jahon chempionatida O‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgandi.

Oltin medallar seriyasi davomli bo‘lishini tilab qolamiz!

#yangiliklar

@media_plus_uz