Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.9K subscribers
17.4K photos
5.58K videos
138 files
11.1K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#SAMARQAND_TAJRIBASI

UCH VILOYATDAN SAMARQAND XALQ TA’LIMIGA 51 NAFAR OLIY VA BIRINCHI TOIFALI O‘QITUVCHI JALB QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi "Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash hamda "Yangi O‘zbekiston ustozlari" loyihasini hayotga tatbiq etish maqsadida
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.

Batafsil: bit.ly/3s1idQw

👉 A'zo bo‘ling: @samarqandvxtb
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқандга келди. Давлатимиз раҳбари Имом Бухорий мақбараси ва Биринчи Президент Ислом Каримов қабрини зиёрат қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Самарканд. Глава государства посетил мавзолей Имама Бухари, а также почтил память Первого Президента Ислама Каримова.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Вазир_жамғармаси
#Samarqand_Xorazm_Surxondaryo_Navoiy_Toshkent

VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI FAOLLIK BILAN O‘TKAZILMOQDA

Vazir jamg‘armasidan oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining ikkinchi bosqichida:

▶️ Samarqandda 163 nafar,
▶️ Xorazmda 179 nafar,
▶️ Surxondaryoda 66 nafar,
▶️ Navoiyda 160 nafar hamda
▶️ Toshkent viloyatida 106 nafar nomzod faollik bilan ishtirok etmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Kun_qahramonlari
#Samarqand

IJTIMOIY TARMOQLARDA QAHRAMONLIGI MUHOKAMA QILINAYOTGAN BITIRUVCHILARIMIZGA TIL O’RGANISH XARAJATLARI QOPLAB BERILADI


Bugun Samarqand viloyati Maktagacha va maktab ta’limi mas’ullari tomonidan 4 yoshli qizaloqni qutqarib qolgan bitiruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Qahramon bitiruvchilarimiz bilan uchrashuv davomida Shohrux Boborahimov, Murod Saidalov, Ozod O’tkirov va Jasur Eshnazarov qilgan ezgu amali, mardligi alohida e’tirof etilib, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

⚡️ Bundan tashqari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ularga sovg’alar berildi hamda qo’shimcha darslar va xorijiy tillarni o’rganishdagi xarajatlar qoplab berilishi ma’lum qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Иштирокчилар_билан_таништирамиз
#Samarqand_2023

⚡️TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI TA'LIM VAZIRLARI SAMARQANDDA UCHRASHADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-IYUN kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ta'lim vazirlarining VII yig'ilishi tashkil etilmoqda.

✔️ Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

📍Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston ta’lim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.
________

📣 EDUCATION MINISTERS OF THE ORGANIZATION OF TURKIC STATES WILL MEET IN SAMARKAND!

The VII meeting of education ministers of the member-states of Organization of Turkic States is being organized by the Ministry of Preschool and School Education on June 13-14 this year in Samarkand.

✔️ The goal of this event is to expand cooperation in the field of education and determine common priority tasks among the member countries of the Organization of Turkic States.

The ministers of education of Uzbekistan, Turkiye, Kyrgyzstan, Azerbaijan, Kazakhstan and the Secretary General of the Organization of Turkic States and Adviser to the President of the International Turkish Academy are expected to participate in this prestigious event.

Vazirlikning
rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TDT

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Ta’lim vazirlarining 7-yig’ilishi o’z nihoyasiga yetdi.

❗️ Ikki kun davom etgan jarayonlar bilan videolavhada tanishishingiz mumkin.
______


The 7th meeting of the Ministers of Education of the Organization of Turkic States has come to the end.


❗️ The two-days process of the meeting is in the video.

#Samarqand #TDT #MMTV

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Yashil_makon
#Samarqand

MaktablardaYashil makon" umummilliy harakati boshlandi

Bugun Samarqand viloyati Toyloq tumani 15-maktabning bir gektar hududida daraxt ko‘chatlari ekildi.

❗️Ko'chat ekish jarayonida maktab o‘quvchilari va nuroniylar ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Samarqand

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida xorijiy mehmon Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, o’quvchilar bilan suhbatlashib, ular yaratayotgan loyihalarga qiziqish bildirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand

Hilola Umarova: “Ta’lim sifatini oshirishga har birimiz mas’ulmiz”


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari hamda tuman,shahar bo‘limlari boshliqlari bilan uchrashdi.

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir ta’lim sifatini oshirish, sohada halol va vijdonan ishlash har bir ishchi-xodimning burchi ekanligini ta’kidladi.

Bu borada tizimda ishlayotgan rahbar xodimlarning zimmalarida ulkan mas’uliyat borligini qayd etib, zarur topshiriq va vazifalar berdi.

Shuningdek, Hilola Umarova yangi ochilgan Bilimlarni baholash markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hovlisida yaratilgan EKO hududga ijobiy baho berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM