Andrology_uz 🔞
13.5K subscribers
1.84K photos
566 videos
3 files
3.18K links
Mazkur kanal jinsiy muammolarning ilmiy yechimi bo‘lib xizmat qiluvchi yagona kanaldur.
Farg‘ona viloya, Qo‘qon sh, Yangi hayot 56А; Qabul: Dushanbadan-Jumagacha 8.00-14.00
Eski 1-gor Bolnitsa yaqinida, Shahar IIB yaqinida.
📞+99890 174 1674 ⌚️(14.30-21.0
Download Telegram
📍Помидор ота бўлишга ёрдам беради

Помидорда ликотин деган модда бор. Ана шу ликотин моддаси эркаклик уруғини шамоллаш ва бошқа жароҳатлардан ҳимоя қилади.

❗️Ота бўлишни истаган эркакларга помидорни кўпроқ ейиш тавсия этилади.

▪️Бундан ташқари, помидор шарбати таркибида темир, кальций, С ва Е витаминлари юқори даражада бўлади

100 грамм маҳсулотнинг қуввати 21 ккалга тенг.

Натижага эришиш вақти беморнинг ҳолатидан келиб чиқиб 3-11йилни ташкил қилади

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Витамин Е-нинг эркакларга қандай фойдаси бор?

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#кулгитерапия 😂

Экминг ўнаккилар вахиманиям, онаизорга мехрниям жойига қўядида, бунақасини кундизи фонар ёқиб ҳам тополмайсиз!

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#фойдали_маълумотлар 🏥

Jinsiy rivojlanish buzilishida namoyon boʻluvchi belgilar
Bola dunyoga kelishi bilanoq tashqi jinsiy aʼzolardagi kamchiliklar pediatr tomonidan oson aniqlanadi. Bun kabi holatlar koʻpincha chala tugʻilgan, homiladorlik gipokisyasi va infeksiyasi kuzatilgan bolalarda uchraydi. Boshqa holatlarda jinsiy rivojlanishdagi kamchiliklar asosan bolalarning pubertat davrida aniqlanadi. Chunki pubertat davrida jinsiy belgilar shakllanadi va bola oʻz jinsiga monan oʻzgarishlarga uchraydi. Patologiya belgilariga aynan mana shu yoshda shikoyat qilinadi.

Bolalar jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi yoki aksincha oʻz tengdoshlaridan oʻzib ketishi mumkin. Bundan tashqari bunday bolalar tana tuzilishi nomutanosib koʻrinishda boʻladi. Ayniqsa baʼzi xromosoma kasalliklarining oʻziga xos tashqi koʻrinish shakllanadi.

Muddatidan erta jinsiy yetilish belgilariga oʻgʻil bolalarda jinsiy olat va moyaklarning erta yoshda kattalashishi, qiz bolalarda esa tashqi jinsiy lablar kattalashishi xos. Bunday bolalarda qoʻltiq osti va jinsiy aʼzolar sohasida tuklar yoshga xos boʻlmagan koʻrinishda paydo boʻladi. Bolalarning jinsiy yetilishida normal koʻrsatkichlar koʻpgina mualliflarda turlicha keltirilgan. Koʻpgina mutaxassislar pubertat davr oʻgʻil bolalarda 10 yoshda va qiz bolalarda 12 yoshda boshlanishi normal deb hisoblaydilar. Bu yoshdan kech jinsiy yetilishning boshlanishi kechikkan deb qayd etiladi.

Jinsiy rivojlanish buzilishi ichki va tashqi jinsiy aʼzolarning notoʻgʻri shakllanishi bilan ham kechadi. Yangi tugʻilgan qiz bolalarda klitor oʻlchamining kattalashishi, kam hollarda – jinsiy olat shakllanishi, oʻgʻil bolalarda esa germofroditizm, yaʼni ayollik jinsiy aʼzolari va erkaklik jinsiy aʼzolari bir vaqtning oʻzida shakllanishi kuzatiladi. Organizmda qarama-qarshi jins gormonlari taʼsiri boshlanganda qiz bolalarda hayz koʻrish kuzatilmasligi yoki hayz koʻrishning toʻxtashi, girsutizm (erkaklarga xos tuklar chiqishi) holatlari yuzaga chiqadi. Oʻgʻil bolalarda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo boʻlmasligi, tuklar chiqmasligi, ovoz tembrining oʻzgarmasligi, yaʼni bolalarnikiga xos boʻlib bolishi kuzatiladi. Bu kabi belgilarning barchasi bolalarda ruhiy-emotsional holatnwing buzilishi bilan namoyon boʻladi. Normal holatda ham pubertat yoshda bolalar emotsional labil boʻlishadi, jinsiy rivojlanishdagi patologiyalar esa jarayonni yanada ogʻirlashtiradi. Jinsiy farqlanish buzilishlarida esa psixoseksual muammolar kelib chiqishi mumkin.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#қисқа_фактлар 📌
#аёл 👸

1) Rossiya ayollarga eng boy mamlakat hisoblanadi. Bu yerda yashaydigan ayollar soni erkaklarnikidan 9 milliontaga ko’p.

2) Garchi garderob to’la kiyim bo’lsa ham, ayol umrining bir yilini kiyish uchun qaysi ko’ylakni tanlashga sarflar ekan.

3) Ayollarning yuragi erkaklarnikidan tezroq uradi.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#кулгитерапия 😂

Экминг саккизларни ўлдиришни ўзи бандаcигамсу 😂

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#фойдали_маълумотлар 🏥

☕️ Bir finjon qahvadan so‘ng organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

• 10 daqiqadan so‘ng: kofein yurak urishini tezlashtirib, qon bosimini oshiradi.
• 20 daqiqadan so‘ng: diqqatni oshirib, charchoq hissi kamayadi.
• 30 daqiqadan so‘ng: qonda adrenalin ko‘payadi, ko‘rish o‘tkirligi ortadi.
• 40 daqiqadan so‘ng: serotonin miqdori ko‘payib, mushaklar kuchi ortadi.
• 4 soatdan so‘ng: organizmda yog‘lar eriydi, oshqozon shirasi aktiv ajraladi.
• 6 soatdan so‘ng: siydik haydovchi effekti namoyon bo‘ladi, vitaminlarni yuvadi, organizmda disbalans yuzaga keladi.


Манбаа: Медицина уз

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jinsiy olatim 11sm shuni katta qilish yoʻli bormi?

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#фойдали_маълумотлар 🏥

Jinsiy rivojlanishning buzilishiga sabab boʻluvchi omillar

Jinsiy farqlanish embrionlik davridanoq boshlanadi, jinsiy yetilish esa pubertat davri tugaganidan keyin sodir boʻladi. Bu jarayonlar gipotalamo-gipofizar tizim, jinsiy aʼzolar va boshqa koʻpgina tashqi omillar tomonidan boshqariladi. Har qanday tizimdagi muammolar jinsiy rivojlanish buzilishining turli xil koʻrinishlariga sabab boʻladi. Patologiya qancha erta muddatlarda boshlansa shuncha koʻp normadan chetlashish kelib chiqadi. Eng avvalo, jinsiy rivojlanishga taʼsir etuvchi omillardan – homila ichi infeksiyasi, homila gipoksiyasi va homiladorlik vaqtidagi jarohatlarni keltirsa boʻladi. Bu kabi salbiy omillar markaziy (gipotalamo-gipofizar) va periferik (tuxumdonlar, urugʻdon va boshqa jinsiy aʼzolar) boshqaruv tizimlariga taʼsir etadi.

Homiladorlik vaqtida jinsiy rivojlanishning buzilishiga sabablardan biri – xromosoma anomaliyalaridir. Masalan, Shershevskiy-Terner, Klaynfenter sindromi. Bundan tashqari homiladorlik vaqtida radioaktiv nurlanish va infeksiyalarning salbiy taʼsiri ham jinsiy rivojlanishni buzib yuborishi mumkin. Kam hollarda gipotalamo-gipofizar tizimda hosil boʻluvchi gormonga talabchan oʻsmalar ham kasallik sababchisi boʻlishi mumkin. Jinsiy farqlanish va jinsiy yetilishda gormonlar muhim rol oʻynaydi. Shuni inobatga olib moddalar almashinuvidagi har qanday oʻzgarishlar ham jinsiy rivojlanish buzilishiga olib kelish ehtimoli bor.

Jinsiy rivojlanishning buzilishi periferik boshqaruv tizimidagi patologiyalar natijasida ham kelib chiqadi. Bunday patologiyalar tuxumdon va urugʻdonlarda kuzatiladi. Aynan jinsiy aʼzolar erkak va ayollarda jinsiy rivojlanish uchun muhim boʻlgan gormonlarni sintezlaydi. Bu gormonlar sintezlanishi embrional davridanoq boshlanadi. Har qanday patologiik holat u yoki bu gormonning koʻp miqdorda yoki kam miqdorda sintezlanishiga olib kelishi mumkin. Natijada jinsiy rivojlanish buziladi. Organizmda esterogen va androgen gormonlari nafaqat jinsiy rivojlanish, yetilishiga taʼsir etadi, balki bola jismoniy rivojlanishiga, yaʼni suyak-mushak tizimi normal rivojlanishiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Gipotalamo-gipofizar tizim faqatgina jinsiy aʼzolarga bevosita taʼsirini koʻrsatmay, balki bilvosita ham taʼsir etishi mumkin. Masalan jinsiy gormonlar buyrak usti bezida ham sintezlanadi. Markaziy tizimda kelib chiqadigan patologiya taʼsirida ichki sekretsiya bezlarida ham muammolar kelib chiqishi mumkin. Natijada jinsiy rivojlanish ham turli xil darajada buziladi. Bunda jinsiy farqlanish va rivojlanishning har xil bosqichlarida guruhli buzilish holati kuzatiladi.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Nima ham derdik ayol logikasi shunday murakkab ;)

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бўйдоқлар орасида ҳам простатит учрайди, сийдик томиб қолиши, охиригача чиқмаганлик аломатлари кузатилса дархол уролог-андрологга мурожаат қилишлари керак бўлади!

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#кулгитерапия 😂

Бир вақтлар шундай қўшиқчи ҳам бор эди 😂

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#табиий 🥬

Чойга қўшиладиган 6 ҳил фойдали қўшимчалар!

1 Арпабодиён ― томоғингизда қуришни сезсангиз, унинг меваларини чойга қўшиб ичишингиз фойдали. Бундай чойни йўтал бошланган заҳоти ичишни бошласангиз, тезроқ тузалишга муяссар бўласиз.

2 Ясмин ― бу ўсимлик организм толиққанда ёрдам беради. Қон босими тушганда уни кўтариш ва иштаҳани очиш хусусиятига эга.

3 Занжабил ― унинг илдизини қирғичдан чиқариб ёки бўлакларга бўлиб, чойга қўшиб дамлаш мумкин. Организмни тетиклаштиради ва моддалар алмашинувини фаоллаштиради.

4 Тирноқгул ― унинг уруғи бактерияларни ўлдирадиган хусусиятга эга бўлиб, шамоллаш ва ангинада шифо бўлади.

5 Лаванда ― тинчлантирувчи ҳамда оғриқ қолдирувчи ўсимлик ҳисобланади. Лавандали чой уйқусизлик ва нерв касалликларида ёрдам беради.

6 Ялпиз ― унинг хушбўй барглари қора чой билан дамланганда тинчлантирувчи ва бўшаштирувчи хусусиятларига эга. Ялпиз овқат ҳазм бўлмаганда, баланд иситмада ҳамда гриппда ёрдам беради. Ялпиз бронх шамоллаганда, томоқ қичиши ва йўтал каби асоратларнинг олдини олади.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gormon ukollar qabul qilib tosh koʻtarishni nega tibbiyot ta’qiqlaydi?!!!

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Ism: Yuldoshov tuyli
Manzil: Qashqadaryo
Mavzu: Chaqqalog'larda moyak tushishini qanday davolash.

Savol:
Assalomu alaykum aka, mening o'g'ilim tug'ilganda moyakgi katta bulib tug'ildi.3oylikda uroligga kursatgan edik aytdiki 70.80foizda suyuqligi surilib ketadi dedi. xozir 1.5yosh buldi Hali ham bor qancha vaqtda yuq bulib ketishi mumkin. javob uchun oldindan raxmat.

Javob:
Buni tezda bolalar jarrohida operatsya qildiring odatda sorilib ketmaydi lekin moyak ishini buzadi kelajagiga zarar

@andrology_uz
Ism: Madina
Yosh: 20
Manzil: Qo‘qon
Mavzu: Homila tushishi

Savol:
Assalomu alaykum bizda homila tushishi muammosi bor ho‘jayinim sizlarga borib analiz topshirgandi morfologiyasi 2chiqdi bu homila tushishiga sabab bo‘ladimi men uziga tushsam sog‘lom deyishyapti homila 6haftada tushib qolyapti

Javob:
bo'ladi analiz topshirgan bolsa davolansin hamda, mani qabulimga kirgan bolsa belgilagan ham bolishim kerakku. 

@andrology_uz
Ism: Zafar
Yosh: 23
Manzil: Jizzax
Mavzu: Varekatsele va tuxumlar hajmi

Savol:
Salomalekum Zarifjon akasizga savolim bor edi. Yoshim 22da Man chap tuxumdan varekatsel ni oldirdim lekin muammo chap tuxum sal kichiroq ekan. Eshitishimcha tuxumlarning normasi soglom odamda 16 sm³dan katta bulishi kerak ekan lekin manda chapi 15.1  o'ngi 15.3 sm³ shuni norma qilishni iloji bormi
Yoki buning zalari yoqmi

Javob:
bu aytganlariz ham kichik hisoblanmaydi, gavdaga ham bogliq, undan shubha qilsez kelib korik tekshiruv qon analizlarini spermogramma topshirishiz kerak natijasiga qarab agar kichik bolsa chorasini qilamiz

@andrology_uz
#фойдали_маълумотлар 🏥

Onanizm (masturbatsiya, autoerotizm)

Onanizm kishining jinsiy mayl va xohishini qo'li yoki qo'lidagi biron predmet bilan qondirishidir. Kelib chiqishi haqida Injildagi personaj Onana o'zidan avlod qoldirmaslik uchun urug’ini erga to'kib yuborishidan degan fikrlar mavjud. Onanizm diniy qarash nuqtai nazaridan gunoh bo'ladi ba'zilar esa qilmagan ma'qul degan tushunchalar bor. Biz bu erda organizmga ta'sirini ilmiy taraflaridan baholaymiz.k

Insonda qarama qarshi jinsga qiziqish 6 – 7yoshdan boshlanadi. Va albatta bu ba'zi hatti-xarakatlar paydo bo'lishni boshlaydi bu yoshda ota-onalarga tushadigan vazifa ular hayolini jinsiga mos narsalar bilan band qilishdadir (masalan katta bo'lsang kim bo'lasan uning uchun nimalarga e'tibor berish kerakligini yosh bolalarga xos tarzda tushintirish kerak). Lekin onanizm beixtiyoriy ravishda odatda 13-14yoshdan boshlanadi.

Hattoki Gippokrat ham onanizmni qattiq qoralagan uning shu so'zlariga e'tibor qarataylik: «Bu kasallik insonni orqa miyasi(umurtqa kanalida joylashgan)dan rivojlanadi. Kasallik o'z his tuyg’ularini boshqaraolmaydiganlarni ko'proq zararlaydi. Ularda isitma bo'lmaydi, ishtahalari ham zo'r bo'ladi lekin ozib, zo'riqib ketishadi. Xuddi butun tanasida chumoli o'rmalayotgandek tuyuladi. Siydikda ham juda ko'p va suyuq urug’ chiqib ketishi kuzatiladi. Bunday erkaklar ayollar bilan yaqinlik qilish uchun yaroqsiz hisoblanishadi va ko'pincha uyalib ham qolishadi. Bir tekis yo'lda yurmaslik ularni holdan toyishiga olib keladi, boshda shovqin, quloqlarda shovqin va nihoyat yuqori ularni bitiradigan isitma boshlanadi».

Onanizmning 4 ta turi bor:

1. Odatdagi autoonanizm

2. Guruhlashgan onanizm (Bir necha kishi bir birinikini qo'zg’atish)

3. Aqliy onanizm (eng xavflisi faqat hayolida jonlantirib qo'li yoki predmetsiz bo'shalish)

4. Instrumental onanizm (biron instrument, buyum yordamida bo'shalish)

Onanizm qay usulda bo'lishidan qa'tiy nazar tabiiylikka mos emas shuning uchun juda ko'plab mualliflar tomonida quyidagi asoratlari yozilgan:

Birgina Puiye onanizmni keltirib chiqarishi va/yoki asorati bo'lishi mumkin bo'lgan 100dan oshiq kasalliklarni belgilarini sanab o'tgan. Xavelok Ellis esa juda diqqat bilan ko'rinishlarni sanab o'tgan: aqldan ozish, epilepsiya, ko'plab ko'z kasalliklari, ko'z usti va ensa sohasida og’riqlar, chakka sohasida uziga xos og’riqlari (Zavaj), turli ko'rinishdagi nevralgiyalar (Ansti, Xapman), yosh qizlarda ko'krak uchlarini sezuvchanligini oshib ketishi (Lakassan), astma (Peyer), yurakda shovqinlar (Zirli), yaralar, pufakchalar paydo bo'lishi (Baraduk), teri toshmalari (Klipson), ko'z qorachig’ini kengayib ketishi (Sken, Levi, Moraglia), g’ilaylik (Puiye), ko'z atrofini qorayishi, og’riqli menstruatsiya (Dj. Xapman), bachadon va qin katari (Vinkel, Puiye), jinsiy a'zolar gipertrofiyasi, jinsiy a'zodagi yiringli toshmalar, dermatitlar, teri rangini o'chishi, oqarishi (Levi, Moraglia), burun qizarishi (Gruner), sababsiz burundan qon ketishi (Joal, G.N. MakKenzi), burun shaklini patologik o'zgarishi (Flis), xurujli yo'tal (Gover), qizlarda beixtiyoriy siydik chiqib ketishi (Jirando), qizlarni qo'llariga so'gallar chiqib ketishi (Dyurr, Krixmar, fon Oye), gallyutsinatsiyalar (Grizinger, Levi), siydikdan indikan ajralishi (Xerter), qizlarda ta'riflab bo'lmaydigan darajada yoqimsiz terini hid ajratishi (Sken).

Yuqorida sanab o'tilganlarni har doim ham faqatgina onatizm sababli deb o'ylash kerak emas. Balki turtki bo'lishi mumkin. Balki umuman aloqasi yo'q ham bo'lishi mumkin. Bundan tashqari oxirgi paytlar juda ko'p yoshlar orasida uchrayotgan shaxs o'zgarishlari (autizm)ni ham unutmaslik kerak.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#фойдали_маслаҳатлар 🏥

So‘ngi paytlarda shahsiy sahifamizga sildenafil qanday dori degan savollar ko‘p kelyabdi, shuni inobatga olib bugun sildenafil sitrat halq orasida viagra nomi bilan taniqli bo‘lgan preparat haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

Viagra (Sildenafil sitrat) haqida.

Foyda:
Ha, bunday dorilar jinsiy quvvatni vaqtinchalik oshirib erkak jinsiy a'zosini qattiqroq erektsiyasi (turishini) ta'minlaydi. Natijada siz o'z jinsiy quvvatingizni 3-5 martta oshirasiz. Bu esa Jinsiy aloqadan yorqinroq qoniqish olishingizga yordam beradi. Bunday - erektil disfunktsiyasi mavjud bemorlarga tavsiya etiladi.

Zarar:
Bu turdagi dori vositalari psixologik organishga olib keladi. Ya'ni siz keragidan ortiq dorilar yordamiga suyansangiz, tabiiy quvvatingiz bloklanib qoladi. Natijada dorisiz ishingiz bitmaydi. Viagara deb- ko'cha kuydan olayotgan dorilar sperma sifatini buzadi, jigarni zararlaydi, rak kelitirib chiqaradi, yurakka zarari tegib toxtashiga olib keladi, o'limga sabab boladi. Agar sizda jinsiy quvvat past bo'lsa ham dori qabul qilishga shoshmang...

Qisqacha ma’lumot:
Viagra, 1998-yili Amerika Qo'shma Shtatlari FDA (Food and Drug Adminstration) tomonidan tasdiqlanib bozorga qo'yildi. Yurak kasalliklarini davolash uchun, tavsiya qilingan nojoya ta'siri sifatida erektsiya kuzatilgan dastlab. Jinsiy quvvatsizlik, bu noqulayliklar uchun Viagradan foydalanish tavsiya qilingan, jinsiy aloqani erkak hayotida juda katta ahamiyati bor. Viagra aloqadan, bir soat oldin olinishi lozim, bu dori - jinsiy quvvatsizlikni bazi turlaridagina foydali boladi xolos. Viagra, dori vositasining 25, 50 va 100 mg dozalari dorixonalarda mavjud, eslatib o’tamiz bu dori vositasini shifokor maslahatisiz ist’emol qilish sog’liq uchun juda katta zarar.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
#табассум 😉

90 га кирган отахон, врачни олдига бориб:
— Мен фарзандлик бўлдим деса
Врач:
— Йўғе, бўлиши мумкин эмас — деса
Отахон:
— Нега бўлиши мумкин эмас? — Мен анча тетикман...
Врач:
— Майли, мен унда сизга бир воқеани айтиб бераман. Бир куни овчи овга чиқибди, овчи милтиқни оламан деб адашиб ўзи билан соябонни олиб олибди. Ўрмонда кетаётганида йўлидан бир катта айиқ чиқиб қолибди. Овчи шошилиб қўлидаги милтиқни бир босган экан, соябон очилиб кетибди ва айиқ ўлибди! — деса
Отахон:
— Йўғе, уни бошқа биров отиб қўйган бўлса керак! — деса
Врач:
— Ҳа, мен ҳам шуни тушунтирмоқчи бўляпманда сизга дермиш.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎