Andrology_uz 🔞
13.8K subscribers
1.83K photos
562 videos
3 files
3.16K links
Mazkur kanal jinsiy muammolarning ilmiy yechimi bo‘lib xizmat qiluvchi yagona kanaldur.
Farg‘ona viloya, Qo‘qon sh, Yangi hayot 56А; Qabul: Dushanbadan-Jumagacha 8.00-14.00
Eski 1-gor Bolnitsa yaqinida, Shahar IIB yaqinida.
📞+99890 174 1674 ⌚️(14.30-21.0
Download Telegram
#фойдали_маълумотлар 🏥

Нима учун эркаклар аёлларга нисбатан камроқ умр кўради?

Эркакларнинг аёлларга нисбатан камроқ умр кўришининг асосий сабаби - уларнинг ўз саломатлигига бефарқ муносабатда бўлишида. Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ)нинг нима учун аёллар эркаклардан узоқроқ яшашига оид ҳисоботида шундай баёнот берилади.

"Фарқ - соғлиқни сақлашга бўлган муносабатда. Эркаклар ва аёллар бир хил касалликка чалинганда, эркаклар аёлларга нисбатан камроқ шифокорга мурожаат қилади. Масалан, ОИВ эпидемияси бўлган мамлакатларда эркаклар ОИВга тест топшириш эҳтимоли жуда кам, шунингдек, антиретровирус терапиядан ўтиш ҳам уларга малол келади ва шу тариқа, эркаклар аёлларга нисбатан кўпроқ ОИТС билан боғлиқ касалликлардан вафот этади", - дейилади ҳисоботда.

ЖССТда таъкидланишича, Ер юзида энг кенг тарқалган 40 касалликдан 33 таси аёлларга қараганда кўпроқ эркакларнинг ҳаёт давомийлигига салбий таъсир кўрсатар экан.

Бундан ташқари, эркаклар аёлларга нисбатан кўпроқ ўз жонига қасд қилиши маълум қилинган: ўз жонига қасд қилган эркаклар улуши аёлларга нисбатан 75 фоизга кўп. Йўллардаги ўлим ҳолати бўйича ҳам эркаклар кўрсаткичи аёлларникидан икки карра устун, қотиллик натижасидаги ўлим ҳолатлари бўйича эса тўрт баравар юқори.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИДА ЕТТИ ЗАҲАРДАН ЭҲТИЁТ БЎЛИНГ:

1. Бир бирига солиштириш.
Болани бир бирига солиштириб, ажратиш унинг ҳаётини барбод қилади;

2. Жисмоний қўполлик, уриш ёки қўпол, уят сўз ишлатиш. Булар боланинг ўзига бўлган ишончини барбод қилади;

3. Масхаралаш. Доим масхара қилинган бола ўзини ҳурмат қилмайдиган бўлиб қолади;

4. Ортиқча эркалатиш. Кўп эркалатилган, талтайиб кетган бола масъулиятсиз бўлиб қолади;

5. Ортиқча тергаш. Доимий назорат ва ортиқча изоҳ талаб қилиш бошқалар фикрини қабул қилиш хусусиятидан маҳрум қилади;

6. Бепарволик. Боланинг дардига қулоқ солмаслик, у билан мулоқотга вақт ажратмаслик ундаги хотиржамлик ҳис туйғусини барбод қилади;

7. Шижоатлантирмаслик. Рағбатлантирилмаган бола янгилик яратишдан, ижод қилишдан маҳрум бўлиб қолади.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#кулгитерапия 😂

Бу илмий изланиш учун нимага ҳалигача Нобел берилмаган?

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Наъматак (шиповник) 🏆

Наъматак ўзида кўплаб витаминлар сақлайди, айниқса витамин С миқдори бўйича етакчилик қилади (лимонга нисбатан 50 баробар кўп).

Юқумли касалликлар мавсумида тез-тез наъматак дамламасини ичиб туриш тавсия қилинади.

Қўлланилиши:
— авитаминозда
— камқонликда
— иммунитет сустлигида
— шамоллаш касалликларида
— грипп ва ЎРИ ларда

Тайёрланиши: 10–12 та қуруқ мевасини 0,5 литр сувда бир қайнатилади ва дамлаб қўйилади.
Илиқ ҳолда кун давомида ичилади. Асал қўшиб ичса янада яхши!

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand jinsiy o'g'il bo'lishligini sababchisi erkak, ayol emas.

Bu videoda to'liq tushintirib berilgan.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Ism: Гайрат
Yosh: 24
Manzil: Кыргызстан
Mavzu: Errektil disfunksiya.

Savol:
2yildan oshti.Errektil disfunksiyaga chalinganman.Bo'ydoqmanSe*sga,ayollarga qiziqishim ham qolmagan.Uyquham yaxshi emas.Asbob qo'zgalishida muammolar bor.Erreksiya bo'lsaham juda tez so'lib qolmoqda.X videolargaham turmayapti.Urolog bazi bir dorilarni yozib beruvdi,Yarmini olib ichtim,foydasi bilinmadi.Sog'lom t-tarziga qaytsam izig'a tushadimi?

Javob:
yozganlariz yoshizga nisbattan juda ham jiddiy, buni kelib korik tekshiruvdan otib davolanmasez bolmaydi, har doim soglom turmush tarzi kerak lekin

@andrology_uz
Ism: Umar
Yosh: 25
Manzil: Qaraqalpaqistan
Mavzu: Jinsi aza

Savol:
2 3 kundan beri mende suyuqlik aqyapdi bunga nima sabab j uchun rahmat

Javob:
sababini siz bilasiz, eng kop ozidan ozi boshlashi begona bilan jinsiy alqoadan keyin boshlaydi birdaniga

@andrology_uz
Ism: Abdulvosit
Yosh: 25
Manzil: Andijon Viloyati Andijon tuman Serfayz MFY 304 uy
Mavzu: Varikasel

Savol:
Assalomalekum Doktor men besh kun bo’ldi vorikasel opertasiyasini qilib oldirib yubordim,lekin chap tomondegi tuhumda yana qaytalanib qolgandek tuyildi.Meni savolim nima sabablardan bunday bo’lishi mumkin ?Faqatgina hojathonaga hohlaganda turildi boshqa vaqt turilmadi o’rnimdan.

Javob:
varikosele operatsyani natijasini kamida 3oydan keyin qayta tekshirishiz mumkin. 

@andrology_uz
#фойдали_маслаҳатлар 🏥

Qizbolalar ham orgasm his qila oladimi?

Qizbolalar hali orgasm qilishi tibbiy taraflama mumkin emas. Jinsiy aloqa qilmaganligi, jinsiy hayotni boshlamaganligi uchun organizmi gormanal tarafdan tushda yoki masturbatsiyada orgasm his qilishga tayor emas. Orgasm bu tibbiyot taraflama aytilganda to'ydan keyin o'z turmush o'rto'gi bilan er-hotinlik munosabatlari boshlanib jinsiy hayotga kirib borgandan so'ng his qilaoladi, ba'zi yosh kelinlar 3-6-9-12oydan so'ng ba'zi holatlarda birinchi farandini dunyoga keltirgandan keyin his qila boshlaydilar.

Qizbola bo’lsangiz hozirch to’xtab turing. Orgasm his qilaman deb qaltis xarakat qilib qo’ysangizda bokiralik qizlik pardaga zarar yetkazib qo’yadigan bo’lsangiz keyinchalik shaxsiy hayotingizda turmush oldi muammolarida duch kelasiz.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
💡Miya qarishini sekinlashtirishning yetti usuli

• jismoniy faollik - jismoniy faollik miya uchun foydali.

• sogʻlom uyqu - sutkasiga yetti soatdan kam uxlamaslik kerak.

• yaxshi ovqatlanish ham muhim o‘rin tutadi.

• ortiqcha vazndan qutulish.

• ichak mikroflorasi to‘g‘risida ham qayg‘urish kerak.

• oila a'zolari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish muhim hisoblanadi - chunki miya sog‘lomligiga oiladagi yaxshi muhit ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

• butun umr davomida yangi narsalarni o‘rganishga intilish - chunki bu miyada yangi hujayralar paydo bo‘lishiga olib keldi.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#кулгитерапия 😂

Ayollar bilan hazillashib yurmanglar 😉

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Хурмонинг фойдали хусусиятларини биласизми?

Хурмо саратон, ўпка ҳамда сийдик йўли аъзолари тош касалликлари профилактикасида катта роль ўйнайди. Сийдик ҳайдовчи ва тетиклаштирувчи хусусияти ҳам бор, бундан ташқари асаб бузилиши ҳамда ёмон кайфиятда ижобий таъсир кўрсатади.

Бошқа фойдали жиҳатларини ҳам кўриб чиқамиз:

📍 Кўз нурини яхшилайди ва организмни эрта қаришининг олдини олади. Айтишларича, хурмони севувчилар узоқ умр кўрувчилар бўлишади.

📍 Нонуштага тановул қилинган хурмо ақлий фаолиятни яхшилайди. Бу маҳсулотни вазн ташлашни хоҳловчиларга тавсия қилиш мумкин. Ширин таъмли бўлишига қарамай, ўзида кам калория сақлайди.

📍 Хурмо қоқиси сийдик тутолмасликни даволашда қўлланилади. 1 ош қошиқ хурмо қоқисини 1 стакан қайнаган сувга солиб, 10 дақиқа қайнатилади ва 1 соатга тиндириб қўйилади. Стаканнинг 3/1 қисмдан 1 кунда 2 маҳалдан қабул қилинади
📍Ochlik - moʼjiza yaratadi

🌀1 kunlik ochlikka asoslangan ilmiy ishi uchun yapon olimi Yoshinori Ohsumi Nobel mukofotini olgan. U ochlik vaqtida hujayralar oʻzida toʻplaydigan qoldiq moddalarni parchalashini isbotlagan.

✔️ Qisqa vaqt davom etadigan ochlik organizm zaxirasini faollashtiradi va qarish jarayonida terida yigʻiladigan pigmentlar, eskirgan hujayralar parchalanishni boshlaydi. Parchalangan qismlarning oqsil zarrachalaridan yangi hujayralar paydo boʻladi.

🔷 Ochlik davrida organizmda yalligʻlanishni faollashtiradigan mediatorlar kamayadi. Yuzdagi husnbuzar, psoriaz, allergiya kabi kasalliklar keskin qisqaradi.

🚨Onkologik hujayralar odam organizmida doim mavjud. Ular kun davomida paydo boʻladi va yoʻqoladi. Bunday hujayralarning parchalanishi ochlik davomida jadallashadi.

🟣 Ochlik davrida nerv toʻqimalarining oʻsish faktori ajraladi. Nerv hujayralari tarmoqlanishni boshlaydi. Yaʼni nerv toʻqimalari oʻsadi. Nerv hujayrasining boshqa hujayralar bilan aloqalari koʻpayadi.

@andrology_uz 🚑
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Varikosele operatisiyasidan so'ng

-Nechchi kun o'tgandan keyin jinsiy aloqaga ruhsat beriladi
-Qachon sport bilan shug'illansa bo'ladi
-Qachondan boshlab og'ir ko'tarish mumkin

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#Мулохаза_учун 📌

Умрага бориб келгач, ҳаётингиз ижобий томонга ўзгармаса, ҳаётингизда бўлмаган суннат кириб келмаса, қалбингиз нопок хислатлардан узоқлашиб гўзаллашмаса, сиз Умрага расмга тушгани борибсиз.

Муҳаммад Одил Ҳамид.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#фойдали_маълумотлар 🚑

Nosda so‘ndirilgan ohak, kul, yelim va o‘simlik yog‘i mavjud. Rang berish uchun tut yoki boshqa daraxtning bargini quritib, yanchib qo‘shiladi. O‘simlik yog‘idan tashqari, nosga qo‘shilgan moddalarning hammasi zaharli ta’sirga ega. Nos tarkibidagi tamaki, ohak va kulning zaharli moddalari so‘lakka aralashgach, qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushib, shilliq pardasini yallig‘lantiradi. Natijada surunkali gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalliklari paydo bo‘ladi.
Til ostidan qonga so‘rilgan nos kukuni avvalo bosh miya, yurak, jigar, buyrak kabi hayotiy muhim a’zolarni zararlaydi. Nosdagi tamaki, ohak va kulning ko‘p yillar davomidagi zaharli ta’siri natijasida chekuvchilar ba’zan og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach va me’da saratoni kasalligiga duchor bo‘lishadi.
Birinchi marta nos chekkanda, tarkibidagi zaharli moddalar ta’siriga nisbatan odam organizmida himoya reaksiyasi paydo bo‘ladi. Chekuvchining ko‘ngli ayniydi, qusadi, boshi aylanadi, yurak urishi tezlashadi, sovuq ter bosadi, mast odamdek gandiraklaydi. Bunday yoqimsiz holat tufayli ko‘pchilik o‘smirlar nos chekish odatidan voz kechadilar.
Ayrim o‘smirlar nosga o‘rganib qoladilar. Natijada asta-sekin nosning zaharli ta’siriga nisbatan organizmning himoya reaksiyasi susayib, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi kabi nohush belgilar yo‘qoladi. Shundan so‘ng odam har gal nos chekkanda kayfiyati ko‘tariladi, chehrasi ochiladi, ko‘p gapiradi, yuzlari qizaradi.
O‘smir nosni avvaliga 1-2, keyinchalik 10-20 daqiqa tili ostiga tashlaydi. Boshlanishida kuniga 1-2 marta, asta-sekin 10-20 martagacha chekadigan bo‘ladi. Oqibatda nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avvalo, miya nerv hujayralari zararlanadi. Shu tufayli kashandaning kayfiyati buziladi, ayniqsa, nos xumor qilgan paytlarda sal narsaga jahli chiqadi.

Chekuvchilarda fikrlash, aqliy mehnat qobiliyati, xotira ham yomonlashadi, o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan narsalar esda qolmaydi, o‘zlashtirish pasayadi. Oylar, yillar o‘tishi bilan ruhiy buzilishlarga jismoniy xastalik belgilari qo‘shiladi. Kashandaning yuragi, o‘pkasi, jigari, buyraklari zararlanishi tufayli harakat qilganda nafasi qisadi, yuragi o‘ynaydi, arterial qon bosimi ko‘tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko‘karadi. Jigar sohasida (o‘ng qovurg‘a ostida ham) og‘riq paydo bo‘ladi. Buyraklari kasallanishi sababli o‘smir ertalab uyqudan turganda ko‘zlarining osti, kechqurun esa oyoqlari shishadi.
Ko‘p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo‘qotadi, vaqtidan ilgari keksayadi, nogiron bo‘lib qolishi ham mumkin. Shunday ekan, nos chekishdek zararli illatdan yuz o‘girish salomatlik sari qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#операция 🔞

Мояк операцияси гидроцеле, ёрғоқ ҳалтага тўпланган cувни олиш операцияси.

Ҳомиладорлар ва юраги бўшлар кўрмасин.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#фойдали_маълумотлар 🏥

Jinsiy yaqinlik me’yori haqida gapirish mumkinmi yo u har bir juftlikning individual xususiyatlariga bog‘liqmi?

— Bu albatta individual va har ikki tomonning roziligi asosida ro‘y berishi kerak. Ammo 19-25 yoshli yigit giperseksuallik davrini boshidan kechiradi. Shunga bog‘liq ravishda 30 yoshgacha har kuni-kunora ham jinsiy yaqinlik bo‘lishi tabiiy. 30 yoshdan keyin 45 yoshgacha oilaviy hayotga, yagona sherikka ko‘nikish tufayli haftasiga 2-3 marta, yosh o‘tishi bilan (50 yoshdan keyin) esa haftasiga 1-2 marotaba jinsiy yaqinlik bo‘lishi mumkin. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, erkaklar jinsiy xarakter jihatidan ham 3 guruhga bo‘linadi: kuchli, o‘rta va qoniqarli. Kuchli erkaklar har kuni, qayta-qayta jinsiy yaqinlikka ehtiyoj sezsa, qoniqarli toifadagi erkaklarga oyda bir marotaba qovushish ham yetarli bo‘ladi. Bu ham hech qanday kasallik yoki patologiya emas va ushbu o‘rinda talab, ehtiyojlar borasida er-xotin murosa qilishi kerak.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#кулгитерапия 😂

1706-yillarni sindirish bandasigamas 😉

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#фойдали_маълумотлар 🚑

Ovulyasiya nima?

Ovulyatsiya — gormon darajalari o’garishi tufayli tuxumdon tuxum hujayrani chiqarishi jarayoni;

Homilador bo’lish uchun spermatozoid tuxum hujayrani uchratishi va uni urug’lantirishi kerak;

Ovulyatsiya odatda lyuteinlovchi gormon (LG) keskin ko’tarilishidan 24-36 soat o’tib sodir bo’ladi, shuning uchun LG ko’tarilishini aniqlash sizga ovulyatsiya qachon boshlanishini tushunishga yordam beradi;

Spermatozoidlar besh kungacha faol qolishi mumkin, shuning uchun juftliklar tuxum hujayra ozod qilinishidan oldin jinsiy aloqa qilgan bo’lishsa ham homiladorlik sodir bo’lishi mumkin.

Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va sperma uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.

Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada ortishiga sabab bo’ladi. LGning birdan ko’tarilishi tuxumdondan tuxum hujayralarning ozod bo’lishiga olib keladi, bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi.

Tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin faqatgina 24 soat ichida urug’lantirilishi mumkin. Agar u urug’lantirilmasa, bachadon qobiq shilliq qavati rad etilishi sodir bo’ladi (tuxum hujayra bilan birga) va ayolda hayz boshlanadi. Ushbu vaqtda navbatdagi hayz sikli boshlanadi.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎