Huquqiy targ`ibot
7.78K subscribers
1.84K photos
560 videos
11 files
2.38K links
Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot
Download Telegram
#Prezident_Farmoni

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuniga tayinlandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️2023-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim tashkilotlari yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunchiligiga muvofiq o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to‘liq qoplab beriladi

“Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023-y.) qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladi.

⚠️ Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi nishonlanadi

Prezident tomonidan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to'g'risida" (12.05.2023-y.) PF—70-son Farmon imzolandi.

Farmon bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

📆2023-yildan boshlab har yili 1—10-dekabr kunlari mamlakatimizda "Inson huquqlari" o'n kunligi etib belgilandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi

“Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–76-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi

🔢 Farmonga ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlar va servislar ko‘rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

➡️ Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.

🏢 2023-yil 1-dekabrgacha fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.

☑️ 2024-yil 1-yanvargacha raqamli xizmat va servislar, elektron to‘lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta’minot shakli joriy etiladi.

📲 2023-yil 1-sentabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari “edo.ijro.uz” tizimiga o‘tkaziladi.

2024-yil 1-maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga to‘liq o‘tkaziladi.

🗓 2023-yil 1-avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️“Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” umummilliy harakati tashkil etiladi

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan davlat o‘rmon fondi uchastkalari faqat “E-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi.

🚫 2023-yil 1-iyuldan chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi.

🔰 2023-yil 1-dekabrdan quyidagi yerlarda elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalari barpo etiladi:

▫️Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlar hududlaridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, sig‘imi 100 avtomobildan ortiq bo‘lgan avtoturargohlar hamda bozorlar hududida;

▫️“O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori avtomagistral yo‘llarida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, savdo va ko‘ngilochar markazlari hududida.

💰“O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorining cho‘l va sahro qismida quyosh elektr stansiyalarini qurgan holda birinchi 50 ta elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 mln so‘m subsidiya sifatida ajratiladi.

🗓 2023-yil 1-iyuldan “Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” (O‘zPlogging) umummilliy harakati tashkil etiladi.

🔘 Shuningdek, farmonga ko‘ra:

🔹“Tabiatga mehr” innovatsion va intellektual loyihalar tanlovi o‘tkaziladi;
🔹“Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni) uchun tanlov e’lon qilinadi;
🔹“Yosh ekologlar” harakati ko‘krak nishoni ta’sis etiladi;
🔹maktablarning Milliy o‘quv dasturiga “ekosoat” darslari kiritiladi.

☑️ 2024-yil 1-yanvardan Nukus shahrida:

🔸ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi;
🔸yil yakuniga ko‘ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylar rag‘batlantiriladi;
🔸g‘olib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o‘rnatib beriladi.

Mazkur tajriba 2025-yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.

🏢 Farmonga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) tashkil etildi.

🌐 2023-yil 1-iyulgacha Respublikada tashkil etiladigan ekologik aksiyalar maxsus platformasi ishga tushiriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️Davlat granti uchun qo'shimcha 3 000 ta o'rin ajratildi

Davlat rahbarining Farmoni (PF–107-son, 03.07.2023 y.) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

🔰 Prezidentning tegishli Farmoniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o'quv yilida davlat granti asosida qo'shimcha 3 000 ta o'rin ajratildi.

Bunda soha va tarmoqlarning oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan ehtiyoji aniqlanib, oliy ta'lim muassasalari va ta'lim yo'nalishlari kesimidagi takliflar O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasiga 2023-yil 20-iyulgacha taqdim etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
❗️Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga ham qo'shimchalar kiritildi.

Xususan, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha imtihon markazlarida, ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yo‘nalishlarda va faoliyat manzillarida ta’lim berish, shuningdek imtihon olish holatlarini tekshirish Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga kiritildi.

⚠️Bunda, mazkur turdagi tekshiruvlar Ichki ishlar vazirligini xabardor qilgan holda 10 kundan oshmagan holda o'tkazilishi belgilandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️"O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.

🔰Farmon bilan quyidagi ichki ishlar organlari xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi:
🎖“Mardlik” ordeni bilan
🔸Abdullajonov Nodir Boqijonovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xizmat boshlig‘ining o‘rinbosari;
🔸Baybutayev Kamoliddin Isroilovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili;
🔸Boliyev Umar Usmonovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazi boshlig‘i;
🎖“Do‘stlik” ordeni bilan
🔸Pak Stanislav Yurevich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ekspert kriminalistika markazi boshlig‘i;
🎖“Jasorat” medali bilan
🔸Agzamov Farxod Akmalovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi katta tezkor vakili;
🔸Bobonazarov Muzaffar Komiljonovich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
🔸Mustafoqulov Ilxom Samardinovich - Surxondaryo viloyati Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili;
🎖“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
🔸Bekchonov Shuxrat Sultonmurodovich - Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
🔸Bobaraxmatov Maxmudjon G‘ulomovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri;
🔸Jo‘rayev Maxmudjon Maxamadjonovich - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
🔸Iminov Ziyod Galibovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
🔸Qodirov Xayrulla Baratovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni bo‘linma komandiri;
🔸Mirazimov Mirzoxid Mirsaidovich - Namangan viloyati Pop tumani ichki ishlar bo‘limi tezkor vakili;
🔸Mirzayev Shavkatjon Ahadaliyevich - Farg‘ona shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori;
🔸Normuxammedov Mirmuxsin Murtozayevich - Navoiy viloyati Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori;
🔸Paxratdinov Maxsudjan Maxmudjanovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili;
🔸Taymuratova Gulchexra Amonovna - Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori;
🔸Turdiyev G‘olib Mustafoyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i;
🔸Ungarbayev Iskander Orunbasarovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi safdor-xodimi;
🔸Eshankulov Musratilla Mardankulovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Samarqand” xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash alohida bataloni guruh komandiri;

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

Davomi...
🎖“Shuhrat” medali bilan
🔸Abdusottarov Azizjon Xusanovich - Jizzax viloyati Arnasoy tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
🔸Arabboyev Sardorbek Turgunovich - Andijon viloyati Oltinko‘l tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
🔸Jalolov Mansurjon Shamsiddinovich - Buxoro viloyati Qorako‘l tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
🔸Jo‘raboyev Ozodbek Abduqaxxorovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i;
🔸Qosimov Sherzod Sarimsoqovich - Jizzax viloyati Do‘stlik tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
🔸Kuliboyev Adxam Niyozovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
🔸Mirzabayev Sardor Xudayberdiyevich - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari;
🔸Muminov Nodirbek Abduqaxarovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni bo‘linma komandiri;
🔸Tairov Alisher Ziyadullayevich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor-xodimi;
🔸Urakov G‘ayrat Xalilovich - Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori.
#Prezident_farmoni

⚡️Qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan bir guruh shaxslar afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida" farmon imzolandi.

🇺🇿Farmon bilan sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 286 nafar shaxslar afv etildi.

Afv etilganlarning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 30 nafarini chet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni tasdiqlandi.

@iiv_huquqiy_targibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_farmoni

🌳 “Yashil to'lov” platformasi joriy qilinadi

“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–199-son, 23.11.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda:

Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag'larning kamida 50 foizi “yashil bog'lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog'im” loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

Bunda aholi tashabbusi bilan “yashil bog'lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo'yicha maydon manzili va rasmlari ko'rsatilgan holda qiymati 250 mln so'mdan oshmagan tashabbus bildiriladi.

🗒 “Mening bog'im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o'tkaziladi.

☑️ Farmonga muvofiq, avtomobil, temir yo'l, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (o'rmon fondi yerlari bundan mustasno) “yashil bog'lar” ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida 10 yilgacha tegishli shartlarda to'g'ridan-to'g'ri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi.

➡️ Yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bog'” barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.

🔘 Shuningdek, har yili “Eng yashil mahalla” tanlovi o'tkazilib, natijalar bo'yicha g'olib bo'lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan:

▫️mahallaning tegishli jamg'armasiga daraxtlar ekish va sug'orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so'mdan o'tkazib beriladi;

▫️o'zini o'zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari ko'riladi.

2024-yilda o'rmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko'chat yetishtirish ishlarini yo'lga qo'yish orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta'minlanadi.

🖥 Jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta ko'chatlarini ekishni tashkillashtirishni qo'llab-quvvatlash maqsadida elektron to'lov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa iste'molchilar tomonidan ixtiyoriy xayriya o'tkazmalari bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi “Yashil to'lov” platformasi joriy qilinadi.

🍀 Shuningdek, 2024–2026-yillarda Toshkent shahri atrofida jami 441 gektar maydonda “yashil belbog'”lar barpo etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️“Haj”ga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to'g'risidagi ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtiriladi

"Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Prezident Farmoni qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

🔹har chorakda davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu jinoyatlar ko'rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik xodimlari ishtirokida ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritib boradi;

🔹har yarim yilda jinoyatlarning oldini olish hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish bo'yicha ko'rilayotgan choralar Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig'ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.

🗓 2023-yil 1-dekabrdan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro'yxati quyidagi ma'lumotlar bilan to'ldiriladi:

hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to'g'risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo'yilgan sana va ro'yxatdagi tartib raqami) ma'lumotlar;

bolalarni davlat bog'chalariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro'yxati) to'g'risidagi (ariza navbatga qo'yilgan sana, ro'yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma'lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo'riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);

markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo'yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo'lgan hujjatlar to'g'risidagi ma'lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma'lumotlar, shu jumladan, g'olib bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma'lumotlar.

Shuningdek, quyidagi jarayonlarni internet orqali jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:

🔸falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o'tkaziladigan dissertasiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

🔸o'rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik liseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

🔸OTMlar bazasidagi harbiy ta'lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

◽️umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

◽️chaqiriqqacha boshlang'ich tayyorgarlik dasturi bo'yicha bilim darajasini baholash.

📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish vazifasi yuklatiladi.

🏢 Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlashga mas'ul xodimlarini ochiqlik sohasidagi milliy qonunchilik va xalqaro standartlar talablari bo'yicha o'qitishga qaratilgan onlayn malaka oshirish tizimi elektron platforma asosida yo'lga qo'yiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

🖥Ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinadigan ma'lumotlar soni ko'paydi

"Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF—200-son farmon (27.11.2023-y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2023—2024-yillarga mo'ljallangan davlat dasturi tasdiqlandi.

🔰2023-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagilar to'g'risida ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi belgilandi:

🔸"Haj" tadbiriga borish uchun navbatlar;

🔸davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi navbatlar;

🔸davlat xaridlarini amalga oshiruvchi komissiyalar faoliyati to'g'risidagi idoraviy hujjatlar;

🔸bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari, qo'yiladigan talablar va zarur hujjatlar;

🔸davlat tashkilotlari tomonidan NNTga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari va ularning g'oliblari, bajargan ishlari haqidagi hisobotlar.

🖥Quyidagilar internet tarmog'i orqali jonli efirga uzatiladi:

🔹falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun o'tkaziladigan dissertatsiya himoyasi;

🔹o'rta-maxsus va professional ta'lim mussasalarining test sinovlari;

🔹OTM bazasidagi harbiy kafedralarga qabul qilishdagi umumjismoniy tayyorgarlik va chaqiriqqacha boshlang'ich tayyorgarlik dasturi bo'yicha bilimlarini baholash.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish vazifasi yuklatiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️334 nafar shaxs afv etildi

"Jazo muddatini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

🔰Farmonga ko'ra, jami 334 nafar shaxs afv etildi, jumladan:

🔸34 nafari asosiy jazodan to'liq ozod etildi;

🔸249 nafari jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;

🔸6 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Shuningdek, 45 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosi muddatlari qisqartirildi.

🔢 Afv etilganlarning 18 nafarini chet el fuqarolari, 23 nafarini ayol, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar hamda 88 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2023-yil 21-dekabrdagi PF–208-son Farmoni qabul qilindi.

🏛Farmonga muvofiq, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida mavjud Bosh vazir o‘rinbosari shtati negizida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Kanalga ulanish👇
@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

2024-yil 1-sentabrga qadar mehnat migrantlariga yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan Call-markaz faoliyati tashkil etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot