𝓜𝓾𝔁𝓵𝓲𝓼𝓪𝓛𝓪𝓭𝔂𝓒𝓸𝓸𝓴
2.32K subscribers
1.63K photos
1.34K videos
328 links
Учебный Центр«MuxlisaLadyCook» Руководитель👩🏻‍💼Повар 5 го разряда👩🏻‍🍳
@muxlisaladycook
Филиал Ассоциации поваров Узбекистана!
Download Telegram
Oshpazlik qadimiy kasblardan biri. Birinchi oshpazlar Qadimgi Misr zodagonlari uchun taom tayyorlagan.
Yaqinda Fransiyada eng qiyin kasblar haqidagi hisobot maqola chop etildi. Unda birinchi o‘rin «Oshpazlik» kasbiga nasib qildi. Mazkur kasb yuqori darajadagi stress, mehnatning yuqori zichligi, shovqin va yoqimsiz hidlar, noqulay ish jadvali bilan ajralib turishi tan olindi.
Bilamizki eng yaxshi oshpazlar erkaklar, degan fikr juda keng tarqalgan. Ko‘pgina mutaxassislar buni turli xil holatlar bilan izohlaydi. Ayollar qo‘lining harorati erkaklarnikiga qaraganda ikki daraja yuqori ekani fanda isbotlangan. Shuning uchun, Yaponiyada ayollarga sushi va pishiriqlar tayyorlashga ruxsat berilmaydi.
Ammo bularning hech biri erkaklar va ayollarning oshpazlik kasbida teng ravishda katta natijalarga erishishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Shu oʻrinda mening kechagi ijodimga ham baxo bersangiz🥰
#chef #chefs #повар #кондитер #карвинг #сервировкастола #мояработа #ташкент #узбекистан #muxlisaladycook👩🏻‍🍳
“Zarli kotletchalar”

1-kg qiyma
1ta katta piyoz
100 gr talqon
1 dona tuxum
Ta’bga koʻra tuz.
1ch.q shirin qizilcha (paprika)
Hohlasangiz azgina achchiq paprika ham qoshing
1ch q quritilgan ukrob yoki svejiy ukrob
1-2zubchik chesnok
16ta bedana tuxum(suvda pishgan)

Yoniga “Картошка по-деревенски” qilamiz

5-6dona kartoshka
1ch q dan Tuz,quritilgan ukrob,razmarin,paprika
3-4ow q olivka yog’

💁🏻‍♀️Tayyorlanishi:

Idishga qiyma+talqon+piyozni mayda tishli qirg’ichdan chiqarib suvi bn birga solinadi+tuxum+tuz,ziravorlarni solib qoʻlda yaxshilab aralashtirib,yaxshilab idish ichida urib,pishitiladi.
Eslatma❗️Qiymani yaxshilab urib pishitmasangiz pishganda ochilib ketadi!
Razmeri hohishga qarab boʻlinadi.Man 16ta kotlet yasab oldim.Har bir kotlet ichiga 1tadan bedana tuxum solib,forma beriladi.Maxsus shisha idishga tegiga azgina yog’ solib,kotletlarimizni terib chiqamiz va oldindan qizdirilgan duxovkaga 180’ga 30-daqiqaga qoʻyib pishirib olamiz.
Pishgach zarga (falgaga) oʻrab,konfet qilib oʻrab chiqamiz.

Kartoshkani 6-8 boʻlakka boʻlib,idishga solamiz va ustidan olivka yog’ va tuz,ziravorlarni solib,yaxshilab aralashtirib,duxovka uchin moʻljallangan maxsus shisha idishga solib,qizigan duxovkaga 180’ ga 20-25daqiqada pishirib olamiz.
P/s:
Картошка по-деревенски aslida kartoshka ustidagi poʻchog’i bilan qilinadi.Biz artib qildik,sababi hozir kartoshkalarimizni poʻsti qalin.

Taomni dasturxonga taqdim etishdan oldin albatta chiroyli qilib bering,bu xoʻrandani yanayam ishtaxasi ochadi.Yasatish esa hohishga koʻra☺️

Albatta tayyorlab,oila a’zolaringizni mehmon qiling.
Menga esa mehrli❤️va izoxlar yozib qoldiring🙋🏻‍♀️

Yoqimli ishtaha tilab @muxlisaladycook 👩🏻‍🍳🌸

#котлеты #котлетыдомашние #котлетывдуховке #котлетырецепт #котлетыизговядины #картошкаподеревенски #картошка #картошкавдуховке #кулинария #кулинарныйблог #повар #chef #cooking
Vinegret ham bayram dasturxoni, ham kundalik tamaddilar uchun juda mos keladigan salat. Barchaga ma’lumki, salatning asosini sabzavotlar tashkil etadi va bu organizm uchun juda foydalidir. O’simlik moyi bu holda mayonez o’rnini yaxshi bosa oladi. Vinegret tayyorlash hatto yosh bekalarda ham qiyinchilik chaqirmaydi.
💁🏻‍♀️Demak, marhamat.

VINEGRET SALATI TAYYORLASH

Kerakli masalliqlar:

Lavlagi – 2 dona
Sabzi – 2 dona
Kartoshka – 2 dona
Tuzlangan karam – 100 g;
Tuzlangan bodring (yoki marinadlangan) – 4-5 dona
Yashil no’xat (konservalangan) – 200 g;
O’simlik moyi – 50 ml;
Ta’bga ko’ra tuz, murch,

P/s: hohishga qarab piyoz qôshsangiz ham bôladi.

💁🏻‍♀️Tayyorlanishi:

Kartoshka, lavlagi va sabzi qaynatib olinadi, sovutib, po’stidan tozalanadi.
Kartoshka, lavlagi, sabzi va bodring kubik shaklida to’g’raladi.
Lavlagidan tashqari barcha sabzavotlar idishga solinadi.
Lavlagi alohida idishga solib, unga o’simlik moyi (manda zaytun yog’i) qo’shib, aralashtiriladi. Bu holda yuzasi yog’langan lavlagining rangi boshqa sabzavotlarga o’tmaydi. Biroq, to’q qizil rangli salatni xohlasangiz, lavlagini ham boshqa sabzavotlar bilan birgalikda aralashtirishingiz mumkin.

Lavlagi boshqa sabzavotlarga qo’shib, aralashtiriladi. Vinegret salati tayyor. Yoqimli ishtaha!😋

💁🏻‍♀️🥰TAVSIYALAR

Sabzavotlarni po’stlog’i bilan birga qaynating. Bu holda ularda ko’proq vitamin saqlanib qoladi. Sabzavotlarni qaynab turgan suvga solish kerak.
Agar barcha sabzavotlarni birga qaynatadigan bo’lsangiz, dastavval suvga lavlagini soling, chunki u eng qiyin pishadi (taxminan 60 daqiqa), keyingi o’rinda sabzi (40 daqiqa), so’ng kartoshka (30 daqiqa). Sabzavotlar tayyor bo’lgach, ularni boshqa idishga soling, suvda aslo qoldirmang. Aks holda ularning ta’mi buziladi va eziluvchan bo’lib qoladi.
Salat tayyorlashdan oldin sabzavotlarni sovuting. Issiq yoki iliq sabzavotlardan tayyorlangan vinegret sifati tezroq buziladi.
Dasturxonga tortiq qilish. Salatni tortiq qilishdan oldin uni 30-60 daqiqa sovutgichga qo’yib olish tavsiya etiladi.

#salad #salat #salatatarifleri #food #салаты #винегрет #кулинария #повар #ташкент

https://t.me/MuxlisaLadyCookchanel
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: “Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlang va Siz bir umr ishga bormaysiz !”
Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har kuni ertalab o’zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.

#Iloveyou #myjob❤️ #cook #chef #ladycook #повар #5разряд

https://t.me/MuxlisaLadyCookchanel
Бизнинг булажак ошпазларимиз👩🏻‍🍳

«Начинающий повар» курсимиз айнан эндигина ошхонага кизикаётган фарзандларимиз учун ташкил этилди

Бу курсдан 8 ёшдан 15 ёшгача булган кизлар ва угил болаларни 0 дан яьни пичок ушлашдан бошлаб таом,ширинлик,сомса,салат,ичимликлар тайёрлашни ургатамиз ва охирги дарс ургатилган рецептлар буйича имтихон киламиз.

Агарда Сизнинг хам фарзандингиз нарсалар пиширишга кизикаётган булса бизга юборинг😊

#начинающийкондитер #начинающийповар #кулинария #учебныйцентр #повар #cooking #cook #juniorchef #chef #love #ilike #kitchen #desert #cake
👩🏻‍🍳 Tayyorlanishi:

1️⃣Tovuq filesini tozalab,ikkala tarafiga ta’bga koʻra tuz,qora muruch,shirin,achchiq paprika sepib ustiga 3-4 osh q yog’ solib qoʻlda yaxshilab ishqalab olamiz.Quruq tavaga qoʻyib ustidan 1 st (200 ml) suv solib gazga qoʻyamiz.Ustidagi yomon koʻpiklarini olib oʻrta olovda 2 tafarini aylantirib dimlab pishirib olamiz.Suvi qurigach oxirgi yog’iga qovurib olamiz.

2️⃣Baton nonni oʻrtacha yirikroq toʻg’rab,5 osh q yog’ga 1 choy q oregana,1 choy q shirin paprika solib aralashtirib,cho’tka yordamida 1 tarafiga nomiga surib gaz pechida 5-10 daqiqa qotirib olamiz.

3️⃣Hamma maxsulotlarni toʻg’rab,ayzberg karamini yuvib,quritib,qoʻlda yulib qoʻyamiz.

4️⃣ Mayonezli sous 🥣

Mayonez ustiga 1 dona maydalangan chesnok,ozgina qora muruch,1 choy q limon suvi va tovuqdan qolgan yog’ni solib aralashtiramiz

5️⃣Ayzberga karam ustiga mayonezli sousdan solib qoʻlda qorishtiramiz va ustiga hohishga koʻra qolgan mahsulotlarni solib yana qoʻlda qorishtirib,likobchaga solib bezatamiz va ustidan parmezan sir sepamiz.

Mazzali Sezar salatimiz tayyor.
Man shu usulda tayyorlayman va darsda qizlarga ham aynan shu retsept asosida oʻrgataman.Va nechchi yildirki hamma oʻrgangan oʻquvchilarim faqat shu retsept asosida tayyorlashadi va har doim «Ustoz Shu retseptizni mazzasi zoʻrde!😋» deyishadi.

Siz ham tayyorlab koʻring🤚🏻
Mazasini esa faqat oʻzingiz tayyorlab koʻrib yeb koʻrsangiz bilasiz😋👩🏻‍🍳

#салат #салатцезарь #салатцезарьскурицей #этооченьвкусно😋 #кулинария #повар #приготовте_попробуйте #muxlisaladycook #muxlisa_ladycook #salad #sezar #chef #kitchen #cook #cooking #yummy