Huquqiy targ`ibot
7.9K subscribers
1.84K photos
559 videos
11 files
2.37K links
Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_qarori

⚡️Tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

⚡️ Korrupsiya haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘maklashganlar mukofotlanadi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

💵 a) korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning uch baravari miqdorida;

💵 b) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning o‘ttiz baravarigacha bo‘lsa:

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning besh baravari miqdorida;

uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning yetti baravari miqdorida;

og‘ir jinoyat uchun — BHMning

o‘n baravari miqdorida;

o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning o‘n besh baravari miqdorida;

💵 v) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lsa:

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun-BHMning o‘n baravari miqdorida;

uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning o‘n besh baravari miqdorida;

og‘ir jinoyat uchun — BHMning yigirma baravari miqdorida;

o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning yigirma besh baravari miqdorida;

💵 g) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:

ancha miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatining o‘n besh foizi miqdorida;

ko‘p yoki juda ko‘p miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatining o‘n foizi miqdorida.

@iiv_huquqiy_targibot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_boʻling

‼️Hurmatli fuqarolar hozirgi kunda avj olayotgan kiber jinoyatlardan ogoh bo‘ling.

Kiber jinoyat qurboniga aylanib qolmang!

@iiv_huquqiy_targibot
#Yuridik_lugʻat

BENIFITSIAR– majburiyatni taʼminlash usullaridan biri bo‘lgan kafolatda qatnashuvchi taraflardan biri.

https://t.me/iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

✔️Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini har qanday turdagi ma'muriy javobgarlikka tortish mumkin emas faqatgina...

🔰Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya
oddiy askarlari, boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 16-moddasiga muvofiq:

🔹ijro hujjatini ijro etmaganligi;

🔹sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni;

🔹yo‘l harakati qoidalarini;

🔹ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini,

🔹bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar.

@iiv_huquqiy_targibot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshimiz

❗️Pora olish, berish, olish-berishda vositachilik qilish javobgarlikka sabab boʻladi!

@iiv_huquqiy_targibot
Mazkur yo'l belgisi o'rnatilgan yo'lda ovozli signallardan foydalanishga ruxsat beriladimi?
Anonymous Quiz
75%
Ruxsat berilmaydi
5%
Quvib o'tishni amalga oshirishda ruxsat beriladi
21%
To'qnashuv oldini olishda ruxsat beriladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

Ijara huquqini rasmiylashtirish kimlarga nasib qiladi?

✔️ Qonunda 2018-yil 1-maygacha qurilgan binolarga bo‘lgan huquq tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

@iiv_huquqiy_targibot
#Dolzarb

‼️Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinishi nazarda tutilayotgan forumda nimalar muhokama etiladi.

🔹 Joriy yilning 13-14-may kunlari Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik majmuasining Kongress-markazida o‘tkaziladigan “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumiga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
🔹 Forumni o‘tkazish tashabbusi mamlakatimiz Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida mintaqa mamlakatlari yetakchi ayollarining bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish borasida tajriba almashish maqsadida ilgari surilgan edi.
🔹Forumda “Yashil” iqtisodiyotni targ‘ib qilish, iqlim o‘zgarishining mintaqadagi gender muammolarga taʼsiri masalasida hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ilg‘or tajribasi va innovatsion yondashuvlari ham ko‘rib chiqiladi.
🔹Forum yakuni bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasining qabul qilinishi nazarda tutilgan.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident tashrifi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев давлат ташрифи билан Душанбе шаҳрига келди. Пойтахт аэропортида олий мартабали меҳмонни Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон кутиб олди.

Давлатимиз раҳбари “Дўстий” майдонига ташриф буюриб, Исмоил Сомоний ҳайкали пойига гул қўйди.

@iiv_huquqiy_targibot
🌐Yuridik_lugʻat

💡Tabiiy huquq– insonning tabiatidan kelib chiqadigan va shu tufayli muayyan davlatda ularning qonuniy tan olinishi yoki olinmasligiga bog‘liq bo‘lmaydigan prinsiplar, qoidalar, huquq va qadriyatlar yig‘indisi.
Tabiiy huquq huquqiy normalar manbaini qonun chiqaruvchining irodasida (yuridik pozitivizm vakillari kabi) emas, balki tabiatning o‘zida ko‘radigan eng qadimgi va eng keng tarqalgan huquqiy doktrinalardan biridir, shu sababli huquq va qonun nafaqat mos kelmasligi, balki bir–biriga zid bo‘lishi ham mumkin.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

✔️Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qanday huquqlari bor ?

🔰O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 294-moddasida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning quyidagi huquqlari mavjud :

🔹 ish materiallari bilan tanishib chiqishga;
🔹 izohlar berishga;
🔹dalillar keltirishga;
🔹o‘z iltimosini bayon etishga;
🔹ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga;
🔹o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga;
🔹 ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.

@iiv_huquqiy_targibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐Yuridik_lugʻat

Alibi-(ot lat. alibi – boshqa joyda)– ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchini jinoyat sodir etilish vaqtida jinoyat joyida bo‘lmaganligini va u bu vaqtda boshqa joyda bo‘lganligini tasdiqlovchi fakt.

@iiv_huquqiy_targibot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshimiz

‼️Pora olish, berish yoki vositachilik qilishdan oldin farzandlaringizni ko‘z oldingizga keltiring.

@iiv_huquqiy_targibot
#Qonun

‼️O'zbekiston va Eron o'rtasida mahkumlarni topshirish haqidagi qonun qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi o'rtasida mahkumlarni topshirish to'g'risidagi shartnomani (Tehron, 2023-yil 18-iyun) ratifikatsiya qilish haqida"gi O'RQ-924-son qonuni qabul qilindi.

@iiv_huquqiy_targibot
#ESLATMA

Soxta tadbirkorlikni amalga oshirish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasi

@iiv_huquqiy_targibot