Huquqiy targ`ibot
7.9K subscribers
1.84K photos
559 videos
11 files
2.37K links
Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot
Download Telegram
#Prezident_farmoni

Davomi...
🎖“Shuhrat” medali bilan
🔸Abdusottarov Azizjon Xusanovich - Jizzax viloyati Arnasoy tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
🔸Arabboyev Sardorbek Turgunovich - Andijon viloyati Oltinko‘l tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
🔸Jalolov Mansurjon Shamsiddinovich - Buxoro viloyati Qorako‘l tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
🔸Jo‘raboyev Ozodbek Abduqaxxorovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i;
🔸Qosimov Sherzod Sarimsoqovich - Jizzax viloyati Do‘stlik tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
🔸Kuliboyev Adxam Niyozovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori;
🔸Mirzabayev Sardor Xudayberdiyevich - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari;
🔸Muminov Nodirbek Abduqaxarovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni bo‘linma komandiri;
🔸Tairov Alisher Ziyadullayevich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor-xodimi;
🔸Urakov G‘ayrat Xalilovich - Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori.
#Prezident_farmoni

⚡️Qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan bir guruh shaxslar afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida" farmon imzolandi.

🇺🇿Farmon bilan sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 286 nafar shaxslar afv etildi.

Afv etilganlarning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 30 nafarini chet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni tasdiqlandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Xalqaro shartnoma tasdiqlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2023-yil 8-iyunda Rim shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida ichki ishlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi

“Aholiga pensiya tayinlash bo'yicha ko'rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–353-son qaror (31.10.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan:
🔸fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qo'shimcha ravishda ularning xohishiga ko'ra DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;

🔸fuqarolar pensiya tayinlanganidan so'ng shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'larini YIDXP yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin bo'ladi.

Bunda, Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limlari tomonidan shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.

☑️ 2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunda belgilangan yoshga to'lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg'armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma'lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.

Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.

📲 2025-yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga ta'sir qiluvchi qo'shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

⚡️Favqulodda vaziyatlar vazirligiga portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini nazorat qilish vazifasi yuklandi

“Yonish va portlash xavfi yuqori bo'lgan kimyoviy moddalar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-357-son, 06.11.2023-y.) qabul qilindi

🏢 Qarorga ko'ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yonish va portlash xavfi yuqori bo'lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo'q qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu sohada belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklandi.

📁 Vazirlikda yonish va portlash xavfi yuqori bo'lgan kimyoviy moddalar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'limi hamda bo'linmalari tashkil etiladi.

🗓 2024-yil 1-yanvardan:
🔹 respublikaga olib kirilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilgan kimyoviy moddalar va ularni olib kiruvchi subyektlar to'g'risidagi ma'lumotlar Bojxona qo'mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Vazirlikka real vaqt rejimida taqdim etib boriladi;

🔹 kimyoviy moddalar faqat favqulodda vaziyatlarning (yong'inlarning) oldini olish va sanoat xavfsizligi talablariga javob beradigan omborlarda saqlanishiga ruxsat beriladi.

🌐 Respublikaga kimyoviy moddalarni olib kiruvchi subyektlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilgan kimyoviy moddalar va ularni saqlash joylari to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish imkoniyatiga ega bo'lgan axborot platformasi yaratiladi.

🗒 2024-yil 1-yanvardan O'zbekistonga kimyoviy moddalarni olib kirish, tashish, saqlash, ulardan foydalanish va yo'q qilishda belgilangan talablarga rioya etilishini doimiy nazorat qilishning quyidagi tartibi joriy etiladi, jumladan:

Bojxona qo'mitasi kimyoviy moddalarni bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazadi hamda 1 kun muddatda Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kimyoviy moddalar turi, miqdori va ularni olib kiruvchi subyekt to'g'risidagi ma'lumotlarni Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markaziga taqdim etadi;

kimyoviy moddalarni olib kiruvchi subyektlar ushbu moddalar bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilgan kunning o'zida axborot platformasi orqali kimyoviy moddalarning saqlanadigan joyi (ombor) haqidagi ma'lumotlarni Milliy markazga taqdim etadi.

@iiv_huquqiy_targibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_farmoni

🌳 “Yashil to'lov” platformasi joriy qilinadi

“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–199-son, 23.11.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda:

Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag'larning kamida 50 foizi “yashil bog'lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog'im” loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

Bunda aholi tashabbusi bilan “yashil bog'lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo'yicha maydon manzili va rasmlari ko'rsatilgan holda qiymati 250 mln so'mdan oshmagan tashabbus bildiriladi.

🗒 “Mening bog'im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o'tkaziladi.

☑️ Farmonga muvofiq, avtomobil, temir yo'l, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (o'rmon fondi yerlari bundan mustasno) “yashil bog'lar” ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida 10 yilgacha tegishli shartlarda to'g'ridan-to'g'ri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi.

➡️ Yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bog'” barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.

🔘 Shuningdek, har yili “Eng yashil mahalla” tanlovi o'tkazilib, natijalar bo'yicha g'olib bo'lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan:

▫️mahallaning tegishli jamg'armasiga daraxtlar ekish va sug'orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so'mdan o'tkazib beriladi;

▫️o'zini o'zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari ko'riladi.

2024-yilda o'rmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko'chat yetishtirish ishlarini yo'lga qo'yish orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta'minlanadi.

🖥 Jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta ko'chatlarini ekishni tashkillashtirishni qo'llab-quvvatlash maqsadida elektron to'lov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa iste'molchilar tomonidan ixtiyoriy xayriya o'tkazmalari bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi “Yashil to'lov” platformasi joriy qilinadi.

🍀 Shuningdek, 2024–2026-yillarda Toshkent shahri atrofida jami 441 gektar maydonda “yashil belbog'”lar barpo etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️“Haj”ga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to'g'risidagi ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtiriladi

"Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Prezident Farmoni qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

🔹har chorakda davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu jinoyatlar ko'rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik xodimlari ishtirokida ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritib boradi;

🔹har yarim yilda jinoyatlarning oldini olish hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish bo'yicha ko'rilayotgan choralar Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig'ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.

🗓 2023-yil 1-dekabrdan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro'yxati quyidagi ma'lumotlar bilan to'ldiriladi:

hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to'g'risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo'yilgan sana va ro'yxatdagi tartib raqami) ma'lumotlar;

bolalarni davlat bog'chalariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro'yxati) to'g'risidagi (ariza navbatga qo'yilgan sana, ro'yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma'lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo'riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);

markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo'yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo'lgan hujjatlar to'g'risidagi ma'lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma'lumotlar, shu jumladan, g'olib bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma'lumotlar.

Shuningdek, quyidagi jarayonlarni internet orqali jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:

🔸falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o'tkaziladigan dissertasiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

🔸o'rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik liseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

🔸OTMlar bazasidagi harbiy ta'lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

◽️umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

◽️chaqiriqqacha boshlang'ich tayyorgarlik dasturi bo'yicha bilim darajasini baholash.

📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish vazifasi yuklatiladi.

🏢 Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlashga mas'ul xodimlarini ochiqlik sohasidagi milliy qonunchilik va xalqaro standartlar talablari bo'yicha o'qitishga qaratilgan onlayn malaka oshirish tizimi elektron platforma asosida yo'lga qo'yiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

🖥Ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinadigan ma'lumotlar soni ko'paydi

"Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF—200-son farmon (27.11.2023-y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2023—2024-yillarga mo'ljallangan davlat dasturi tasdiqlandi.

🔰2023-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagilar to'g'risida ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi belgilandi:

🔸"Haj" tadbiriga borish uchun navbatlar;

🔸davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi navbatlar;

🔸davlat xaridlarini amalga oshiruvchi komissiyalar faoliyati to'g'risidagi idoraviy hujjatlar;

🔸bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari, qo'yiladigan talablar va zarur hujjatlar;

🔸davlat tashkilotlari tomonidan NNTga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari va ularning g'oliblari, bajargan ishlari haqidagi hisobotlar.

🖥Quyidagilar internet tarmog'i orqali jonli efirga uzatiladi:

🔹falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun o'tkaziladigan dissertatsiya himoyasi;

🔹o'rta-maxsus va professional ta'lim mussasalarining test sinovlari;

🔹OTM bazasidagi harbiy kafedralarga qabul qilishdagi umumjismoniy tayyorgarlik va chaqiriqqacha boshlang'ich tayyorgarlik dasturi bo'yicha bilimlarini baholash.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish vazifasi yuklatiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️334 nafar shaxs afv etildi

"Jazo muddatini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

🔰Farmonga ko'ra, jami 334 nafar shaxs afv etildi, jumladan:

🔸34 nafari asosiy jazodan to'liq ozod etildi;

🔸249 nafari jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;

🔸6 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Shuningdek, 45 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosi muddatlari qisqartirildi.

🔢 Afv etilganlarning 18 nafarini chet el fuqarolari, 23 nafarini ayol, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar hamda 88 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2023-yil 21-dekabrdagi PF–208-son Farmoni qabul qilindi.

🏛Farmonga muvofiq, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida mavjud Bosh vazir o‘rinbosari shtati negizida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Kanalga ulanish👇
@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

🚰Suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratiladi

“Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 05.01.2024-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko'ra:
🔹suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlar bekor qilinadi;

🔹Suv xo'jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo'limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;

🔹Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.

🔹suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

📅2024-yildan:
🔸suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;

🔸suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o'zida to'liq miqdorda ajratiladi.

💵Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.

🌳Sug'oriladigan yerlarda yangi bog'lar, uzumzorlar va boshqa ko'p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_qarori

“Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 05.01.2024-y.)

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident_farmoni

2024-yil 1-sentabrga qadar mehnat migrantlariga yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan Call-markaz faoliyati tashkil etiladi.

@iiv_huquqiy_targibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_qarori

⚡️Tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident tashrifi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев давлат ташрифи билан Душанбе шаҳрига келди. Пойтахт аэропортида олий мартабали меҳмонни Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон кутиб олди.

Давлатимиз раҳбари “Дўстий” майдонига ташриф буюриб, Исмоил Сомоний ҳайкали пойига гул қўйди.

@iiv_huquqiy_targibot
#Prezident

⚡️Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2024 йил 22 апрелдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди.

@iiv_huquqiy_targibot